• Основные стратегические варианты
6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, MARKETING
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni
80 6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, MARKETING NAZORATI 6.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir. Quyidagi rasmda strategik rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.1- rasm). 6.1- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni Strategik rejalashtirish, bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat. F. Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: «Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni qo‘llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi Tashkilotning vazifalarini aniqlash Strategik xo‘jalik bo‘limlarini vujudga keltirish Marketing maqsadlarini belgilash Holat tahlili Marketing strategiyasini ishlab chiqish Taktikani amalga oshirish Natijalarni kuzatish 81 maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi» 1 . Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, mijozlar uchun qadrli tomonlari, korxona istiqboli haqidagi ma’lumotlarni oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turishi kerak. Korxona dasturi maqsad qo‘yishga, uning ahamiyatini oshirishga ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi. Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu doiraning chegarasi bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti kengroq bo‘lishi kerak. Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichida har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi. O‘z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir. Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa, unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko‘paytirish esa, tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o‘z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish, korxonaga tegishli har bir tovar bo‘yicha konyunkturani o‘rganish va xulosa chiqarish jarayoni bajariladi. Korxona xo‘jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xo‘jalik faoliyatining bosh yo‘nalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko‘ra uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak bo‘ladi. Yuqori rentabellik tovarlarga ko‘proq moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlarni rejalashtiriladi. Quyidagi rasmda korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.2-rasm). 1 Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. – М.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – с.56 . Korxona bo‘yicha umumiy rejalashtirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling