• Основные стратегические варианты


  6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, MARKETING


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

 


80 
6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, MARKETING 
NAZORATI 
6.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari 
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, 
sotish va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. 
Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir. 
Quyidagi rasmda strategik rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.1- 
rasm). 
6.1- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni 
 
Strategik rejalashtirish, bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning 
iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va 
yangi darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik 
rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli 
bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat. 
F. Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: 
«Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi 
strategik muvofiqlikni qo‘llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik 
rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi 
Tashkilotning vazifalarini aniqlash
Strategik xo‘jalik bo‘limlarini vujudga keltirish
Marketing maqsadlarini belgilash
Holat tahlili
Marketing strategiyasini ishlab chiqish
Taktikani amalga oshirish
Natijalarni kuzatish


81 
maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish 
strategiyasiga tayanadi»
1

Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning 
mijozlari, mijozlar uchun qadrli tomonlari, korxona istiqboli haqidagi
ma’lumotlarni oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat 
markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turishi kerak. 
Korxona dasturi maqsad qo‘yishga, uning ahamiyatini oshirishga 
ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi. 
Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu 
doiraning chegarasi bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular 
ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, 
korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar sotilishini 
ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni 
boricha tovar assortimenti kengroq bo‘lishi kerak. 
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichida har bir boshqaruvchi, 
rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi. 
O‘z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir. 
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa, unga erishish uchun 
foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirish 
lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko‘paytirish esa, tovar manbalarini 
topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi.
Bulardan o‘z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar 
marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab 
etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish, korxonaga 
tegishli har bir tovar bo‘yicha konyunkturani o‘rganish va xulosa chiqarish 
jarayoni bajariladi. 
Korxona xo‘jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning 
muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xo‘jalik faoliyatining bosh yo‘nalishlari 
tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. 
Rentabellik darajasiga ko‘ra uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb 
etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak bo‘ladi. Yuqori rentabellik 
tovarlarga ko‘proq moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan 
chetlasha borishga qaratilgan ishlarni rejalashtiriladi. 
Quyidagi rasmda korxona va marketing strategiyasi darajasidagi 
rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.2-rasm).
1
Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. – М.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – с.56 . 
Korxona bo‘yicha 
umumiy rejalashtirish 


82 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling