• Основные стратегические варианты
Taktik rejalashtirishning roli va o‘rni
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
6.2. Taktik rejalashtirishning roli va o‘rni Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik rejalashtirishda o‘rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‘lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. Taktik rejalarda o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar aylanmasi ko‘rsatkichidan o‘sish, ustunlikka ega bo‘lish mo‘ljallansa, bu o‘sishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag‘batlantirish, reklama va boshqalar) ham keltiriladi. Bozorda sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti, iste’molchilarning zarurati, raqobatchilar va tovar taqsimoti yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni hamisha diqqat markazida saqlashi va xavf-xatarning salbiy ta’sirini oldini olish choralarini izlashi kerak. Tovarni sotish imkoniyatlarida, avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi, raqobatchilar o‘rtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish hajmi oshayotgan bo‘lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar aylanmasi oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga bo‘lishi mumkin. Rahbariyat korxonaning bozordagi ulushi o‘zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va aksincha. Korxona rahbariyati, menejeri mijozlar munosabatiga, ularning o‘zgaruvchan ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularni yo‘qotmaslikka yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishi va hayotga tatbiq etish yo‘llarini 85 belgilashi kerak. Bu boradagi axborotlar mijozlarning imkoniyati yoki takliflari orqali fikrlari yoki maxsus to‘ldiriladigan so‘rovnomalar yordamida to‘planadi. Bozor talabi asosidagi joriy ko‘rsatkichlar mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlaridan keskin farq qila boshlasa, mo‘ljallangan rejaga tuzatishlar kiritiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling