• Основные стратегические варианты
-rasm. Marketing sohasida nazoratni asosiy vazifalari
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
6.4-rasm. Marketing sohasida nazoratni asosiy vazifalari 1974-yilda F. Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni boshqarish tizimiga ta’sir etishini ko‘rsatib o‘tgan, ya’ni tashqi va ichki muhit omillarining o‘zgarish imkoniyatiga ko‘ra, marketingni nazorat qilishni ochiq va yopiq tizimlaridir. Yopiq nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vakilini to‘g‘ri aralashuvsiz reja va haqiqiy ko‘rsatkichlarini solishtirish va ularni to‘g‘rilash amalga oshiriladi. Ochiq nazorat tizimida esa aniq ko‘rsatkichlarni kiritilayotgan o‘zgartirishlarni baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-menejment guruhi vakilining faol qatnashishi ko‘zda tutiladi. Qisqa xulosalar Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo ‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat. Marketing bo’limi faoliyat natijalarini nazorat qilish Marketing chora- tadbirlari natijalarini nazorat qilish M arketing nuqtai nazaridan aralash bo‘linmalar faoliyat natijalarini nazorat qilish Marketing xizmati xodimlari faoliyatini nazorat qilish Taksimlash tizimida faoliyat natijalarini nazorat qilish Marketing-miks samaradorligini nazorat qilish Tashqi muhit omillari nazorati Firmada marketing potensiali tavsiflari nazorati Marketing nazorati 88 Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: - maqsadga erishish darajasini belgilash; - yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; - korxona moslashuvchanligi talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash. Marketing nazoratining uch turi farqlanadi: 1. Yillik reja bajarilishini nazorat qilish; 2. Strategik nazorat; 3. Foydaga erishishni nazorat qilish; Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi. Foydaga erishishni nazorat qilish maqsadi firma nima hisobiga daromad topayotganligini va qaysi o‘rinlarda yo‘qotayotganligini aniqlashdan iborat. Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatan ham firma o‘zidagi marketing imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilayotganligi yoki foydalanilmayotganligi aniqlanadi. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Strategik rejalashtirishning maqsadi nimadan iborat? 2. Strategik rejalashtirishda korxona dasturining maqsadi nimadan iborat? 3. Korxonaning o‘sish strategiyasining qanday turlarini bilasiz? 4. Divesifikatsion o‘sish deganda nimani tushunasiz? 5. Korxona taktik rejasining maqsadi va vazifasi nimadan iborat? 6. Marketing nazorati deganda nimani tushunasiz va uning qanday turlarini bilasiz? 7. Intensiv o‘sish deganda nimani tushunasiz? 8. Integratsion o‘sish mazmunini tushuntirib bering? Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling