• Основные стратегические варианты


  Bozor konyunkturasi haqida tushuncha


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

7.1. 
Bozor konyunkturasi haqida tushuncha 
Konyunkturani o‘rganish marketing xizmatining ajralmas qismini tashkil 
etadi. Mamlakatimizda konyunkturani o‘rganish 20-yillarda tashkil etildi. 
«Konyunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng 
ma’noda ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‘indisidir. Bozor 
konyunkturasi, bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan taklif 
o‘rtasidagi nisbat hisoblanadi. 
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, 
ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni 
taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy 
konyunktura xizmatlariga egadirlar, ular o‘z faoliyat doirasida jahon va milliy 
miqyosda konyunktura rivojlanishini kuzatadilar. Iqtisodiy konyunktura bu 
omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o‘zaro aloqadorlikda 
talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko‘rinishdir. Bu ko‘rsatilgan 
aniqlik o‘z ichida konyunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini 
o‘zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy konyunktura predmeti ko‘rsatilgan, ya’ni 
bozor, ayirboshlash sohasidagi konyunkturani avval olib borilayotgan ishlar 
bilan bog‘laydi.
Ikkinchidan, konyunkturani faqat ayirboshlash sohasidagina emas, balki 
butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, 
muomala, iste’mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‘z ichiga 
qamrab oladi.
Uchinchidan, konyunktura dinamik o‘sish davrlarida ko‘riladi.
To‘rtinchidan, konyunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy 
sharoitlari bilan bog‘liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun 
omillar va konyunktura rivojlanishining sharoitlari mosligi o‘ziga xosdir.
Beshinchidan, uning asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining 
nisbatidir. Bir so‘z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holati va 
dinamikasini aniqlashda markaziy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Konyunktura 
tadqiqotining 2 ta obyektiga ko‘ra - ya’ni iqtisodiy konyunktura 
tushunchasidagi xo‘jalik va tovar bozori, 2 mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi
1) umumxo‘jalik konyunkturasi
2) tovar bozori konyunkturasi.
Umumxo‘jalik konyunkturani tuzilmaviy birlik deb, shunga qaramasdan 
tovar bozorlarining va ko‘plab o‘zaro munosabatlar konyunkturasini 
yig‘indisi deb qarash mumkin. Tovar konyunkturasi umumxo‘jalik 
konyunkturasini tashkil etadi, umumxo‘jalik konyunkturasi esa tovar 


92 
bozorlari konyunkturasini keltirib chiqaradi. Tovar bozorlari konyunkturasini 
umumxo‘jalik konyunkturasining elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi 
tovar konyunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo‘lmagan yangi sifatni 
beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo‘g‘inlarining belgilari o‘zaro 
ta’sirchanligi va o‘zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, 
umumxo‘jalik va tovar konyunkturasi rivojlanishini aniqlaydi. 
Bozorni, avvalo butun bozor konyunkturasini kompleks izlanishlar 
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo‘jalik 
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasligi uchun tavakkalchilikni 
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy konyunkturani izlash, faqatgina 
ayirboshlash sohasi rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining 
boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini 
o‘rganish bilan chegaralanib qolmaydi.
Tovar bozori o‘zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar 
guruhi va iste’molchilar guruhi o‘rtasida iqtisodchilar aloqalari tizimini 
o‘zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko‘rinishi 1-turi bu oldi-sotdi 
jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning 
mexanizmi orqali o‘zaro ta’sirga ega va u milliy bozorni butunlay 
shakllantiradi. Bozor munosabatlarining tarixiy rivojlanishi davomida milliy 
chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling