5-mavzu: korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish


Download 57.97 Kb.
bet1/6
Sana08.11.2023
Hajmi57.97 Kb.
#1758090
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu amaliy mashg\'ulot


5-MAVZU: KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL
ETISH.
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
2. Korxonalarning marketing konsepsiyasi.
3. Korxonalarda tovar siyosati va uning marketing tizimidagi o’rni.

Kalit so’zlar: marketing, bozor, bozor konyunkturasi, marketing strategiyasi, tovar, tovar siyosati.


1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
Marketing inglizcha “market” so’zidan olingan bo’lib, bozor bilan bog’liq faoliyat ma’nosini anglatadi. Marketing – bu bozor talabini o’rganish va korxonaning faoliyatini unga moslashtirish bilan bog’liq faoliyatdir.
Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX asrning boshlarida AQShda o’sha vaqtdagi yirik kompaniyalarning o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish davomida paydo bo’lgan muammolarni hal qilish yo’lida olib borgan amaliy tadqiqotlari shaklida vujudga kelgan. 1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar o’qitila boshlandi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, xaridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan Marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi.
Marketingga berilgan ko’plab ta’ruflar mavjud. Amerika Marketing Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 dan ortiq tariflar marketingning ko‘p qirrali faoliyatini to‘la-to‘kis ochib bergan. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz:
1. “Marketing – tovar, xizmat, tashkilot, hudud va g’oyalarga bo’lgan talabni oldindan bilish, boshqarish va qondirishdir”. Joel Evans, Barry Berman, AQSh, 1987
2. “Marketing – bu iste’molchilarning ehtiyoj va istaklarini aniqlash, bashorat qilish va yaratish. Kompaniyaning barcha resurslarini kompaniya va iste’molchi uchun katta foyda bilan qondirish uchun tashkil etish jarayonidir”. Berni Gudrich, AQSh, 1960
3. “Marketing – bu takliflarni yaratish va tovarlarni (g’oyalar, xizmatlar va boshqalar) almashish orqali ham jismoniy shaxslar, ham guruhlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy boshqaruv jarayoni”. Filipp Kotler, AQSh
4. “Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Ingliz marketing instituti, 1965.
Marketingning quyidagi turlari mavjud:

Download 57.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling