9-modul (4-soat): Marketingda tovar va tovar siyosati 11-ma’ruza: Marketingda tovar siyosatini shakllantirish Ma’ruzaning rejasi
Download 43.95 Kb.
|
11 4 soatga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketingda tovar tushunchasi va klassifikatsiyasi
9-modul (4-soat): Marketingda tovar va tovar siyosati 11-ma’ruza: Marketingda tovar siyosatini shakllantirish Ma’ruzaning rejasi: 1. Marketingda tovar tushunchasi va klassifikatsiyasi. 2. Tovar assortimenti, uning ko‘rsatkichlari. 3. Tovarlar guruhlari va turkumlari. 4. Raqobat va tovarlar raqobatbardoshligi haqida tushuncha. Marketingda tovar tushunchasi va klassifikatsiyasi Oddiy bozorda tovar ishlab chiaruvchi korxonaning bozor va butun xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati deb ataladi. Aynan shu sababli, ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa, unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi. Tovar – butun marketing kompleksining asosidir. Agar tovar haridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hech qanday qo‘shimcha harajatlar raqobatli bozorda uning mavqeini yaxshilay olmaydi. Endi esa marketingda tovar qanday ta’riflanishini keltiramiz. Tovar deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi «mahsulot» atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi. Marketing nuqtai nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatga ega bo‘lishi kerak. Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan xususiyatlarining majmuidan tashkil topadi. Amerikaning taniqli olimi, marketolog F.Kotlerning (F.Kotler. Osnovi marketinga. – M., 1990) tasnifiga ko‘ra tovarning uch darajasi mavjud (17-chizma). F. Kotler bo‘yicha tovarning uch darajasini o‘rganib quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 1. Tovarni yaratish g‘oyadan boshlanadi. Bu g‘oyada yaratiladigan tovar iste’molchining qanday muammosini hal qilishi va undan qanday asosiy foyda olinishi o‘z aksini topadi. 2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni, narxi, o‘rab-joylanishi, sifati, markasi qanday bo‘lishi, ya’ni real bajarilishini o‘ylab ko‘rish zarur hisoblanadi. 3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o‘rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, kafolatlar, kreditlash, rag‘batlantirish, ya’ni tovarni qo‘llab-quvvatlovchi omillar haqida ham o‘ylash kerak bo‘ladi. Tovar yaratishdagi yana bir muhim qoida shundan iboratki, tovarni loyihalashtirish «o‘rtastatistik» iste’molchilarga emas, balki potensial iste’molchilarga mo‘ljallab loyihalashtirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 43.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling