9-modul (4-soat): Marketingda tovar va tovar siyosati 11-ma’ruza: Marketingda tovar siyosatini shakllantirish Ma’ruzaning rejasi


Download 43.95 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi43.95 Kb.
#1543504
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 4 soatga

3. Tovarlar guruhlari va turkumlari.

Marketingda tovar qator belgilari bo‘yicha guruhlanadi.


Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo‘linadi:

  1. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar, sovutgichlar, mashinalar va boshqa tovarlar kiradi.

  2. Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir necha marta ishlatiladi. Bularga pivo, sovun, tuz, oziq-ovqatlarning boshqa turlarini kiritish mumkin.

  3. Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar. Bularga sartaroshxonada soch oldirish, kiyim tikish, soatlarni tuzatish kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

Bundan tashqari tovarlarga so‘nggi qo‘llanilishi nuqtai nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar.
Iste’mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan eng zarur tovarlardir. O‘z navbatida iste’mol tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar, talab juda kichik bo‘lgan tovarlar guruhlariga bo‘linadi.
Kundalik ehtiyoj tovarlari – bu iste’mol tovarlari bo‘lib, haridor uni o‘ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarlik taqqoslamasdan, tez-tez harid qiladigan tovarlardir.
Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyim-kechak, mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin.
Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar – bular tengi yo‘q tavsifga ega bo‘lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o‘ta qimmatbaho taqinchoqlar.
Talab juda kichik bo‘lgan tovarlar – bular kam iste’mol tovarlari bo‘lib, odatda haridorlar bu tovarlarni sotib olishni o‘ylamaydilar. Masalan, yangi tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun anchagina marketing harakatlarini bajarishga to‘g‘ri keladi.
Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir.




  1. Download 43.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling