Iqtisodiyotga kirish
Download 252.5 Kb.
|
1мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy faoliyat.
М A V Z U: Iqtisodiyotga kirish REJA: 1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. 2. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi 3.Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. 4. Doiraviy aylanish va uning modellari 5.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi. Insonlarning talab-ehtiyojlari ko’p va turlichadir. Biologik nuqtai- nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim- kechak va oddiy boshpana bo’lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda insonlar o’z turmush-tarzini va yashash-sharoitlarini yaxshilash uchun ko’proq xizmatlar va mahsulotlarga talab sezadilar. Endi insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki suv idishlardagi chiroyli qadoqlangan suv, salqinlantiruvchi ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Insonlar o’rmonlardan maymunjon va yong’oqlarni terib yemay, balki hushho’r salatlar, mazali taomlar va anvoiy yeguliklarni xohlaydilar. Kiyinish borasida ham avvalgi ibtidoiy jamiyatdagi kabi eng sodda kiyim- kechaklarni emas, balki qimmatbaho kiyim- kechaklar, bejirim kostyumlar va paltolarni kiyishni xohlaymiz, albatta. Avvalgidek insonlar chaylalarda emas, balki ko’p qavatli binolarda, hashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Inson ehtiyojini chek- chegarasi yo’q. Shuningdek, biz o’zimizda kundalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yordam beradigan uy jihozlariga, ta’lim olishga, havfsizlikka, uyali telefonlarga, sog’likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz. Insonni baxtiga yer, foydali qazilma boyliklar, ish qurollari, texnika, mehnat qilish va boshqaruvchilik salohiyati kabi ishlab-chiqrish resurslari mavjuddir. Huddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qo’llanilib, bizga mahsulotlarni ishlab chiqarishda va ko’pgina iqtisodiy talablarimizni qondirishda yordam beradi. Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizning iqtisodiy talablarimizni qondirish uchun bizdagi mavjud resurslar chegaralangan. Endi biz tanlashga majburmiz. Shu achchiq haqiqat iqtisodiyot iborasini tushunishga yordam beradi va o’z o’rnida, iqtisodiyot termini hom-ashyo va resurslar insonlarni butun ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lmaganligidan1 Boshqacha aytganda iqtisodiyot - bu zaruriy hayotiy ne’mat va vositalarni yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi. Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy- iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun iqtisodiyot deganda uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushinilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik xususiy va jamoa xo‘jaliklari, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklari, moliya va bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, qo‘shma korxonalar, hamda ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lgan, juda murakkab tuzilma hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyat. Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.Kishilaming yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Takror ishlab chiqarish. Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya’ni jamiyat uchun zarur bo‘lgan ne’mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi. Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me’yorda, o‘zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko‘payib borish tartibida takrorlanadi. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ich bo‘g‘ini ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari, tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi. Ayirboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklaming ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa, ya’ni - ayirboshlash jarayoni pul va unga tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi. Download 252.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling