М a V z u: Iqtisodiyotga kirish


Download 77.12 Kb.
bet1/15
Sana13.10.2023
Hajmi77.12 Kb.
#1701144
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Iqtisodiyotga kirish-fayllar.org


Iqtisodiyotga kirish
  1. М A V Z U: Iqtisodiyotga kirish


REJA:



1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari.
2. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi
3.Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi.
4. Doiraviy aylanish va uning modellari
5.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.


Insonlarning talab-ehtiyojlari ko’p va turlichadir. Biologik nuqtai- nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim- kechak va oddiy boshpana bo’lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda insonlar o’z turmush-tarzini va yashash-sharoitlarini yaxshilash uchun ko’proq xizmatlar va mahsulotlarga talab sezadilar. Endi insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki suv idishlardagi chiroyli qadoqlangan suv, salqinlantiruvchi ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Insonlar o’rmonlardan maymunjon va yong’oqlarni terib yemay, balki hushho’r salatlar, mazali taomlar va anvoiy yeguliklarni xohlaydilar. Kiyinish borasida ham avvalgi ibtidoiy jamiyatdagi kabi eng sodda kiyim- kechaklarni emas, balki qimmatbaho kiyim- kechaklar, bejirim kostyumlar va paltolarni kiyishni xohlaymiz, albatta.
Avvalgidek insonlar chaylalarda emas, balki ko’p qavatli binolarda, hashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Inson ehtiyojini chek- chegarasi yo’q. Shuningdek, biz o’zimizda kundalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yordam beradigan uy jihozlariga, ta’lim olishga, havfsizlikka, uyali telefonlarga, sog’likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz.
Insonni baxtiga yer, foydali qazilma boyliklar, ish qurollari, texnika, mehnat qilish va boshqaruvchilik salohiyati kabi ishlab-chiqrish resurslari mavjuddir. Huddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qo’llanilib, bizga mahsulotlarni ishlab chiqarishda va ko’pgina iqtisodiy talablarimizni qondirishda yordam beradi. Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizning iqtisodiy talablarimizni qondirish uchun bizdagi mavjud resurslar chegaralangan. Endi biz tanlashga majburmiz. Shu achchiq haqiqat iqtisodiyot iborasini tushunishga yordam beradi va o’z o’rnida, iqtisodiyot termini hom-ashyo va resurslar insonlarni butun ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lmaganligidan1
Boshqacha aytganda iqtisodiyot - bu zaruriy hayotiy ne’mat va vositalarni yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyot bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi.
Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy- iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun iqtisodiyot deganda uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari
tushinilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot faqat uy xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik xususiy va jamoa xo‘jaliklari, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklari, moliya va bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, qo‘shma korxonalar, hamda ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lgan, juda murakkab tuzilma hisoblanadi.

Download 77.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling