Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy vosita va ne’matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o‘rganishdan iborat.
Iqtisodiy munosabatlar - bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlardir.
Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo‘lish shakllari qo‘ydagilar:
Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyasiya, bandlik va h.k.
Iqtisodiy jarayonlari: ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol va h.k.
Iqtisodiyot nazariyasini shartli ravishda mikro va makroiqtisodiy nazariyalaga ajratish mumkin. Agar iqtisodiyotga mikrodarajada qaralsa fanning predmeti alohida iqtisodiy birliklar (alohida iste’molchi, alohida ishlab chiqaruvchi)ning hatti - harakatini o‘rganish, alohida tovarlarga narx
Iqtisodiy
munosabatlar - bu
iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish j arayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlardir
shakllanishi, korxonalar xarajatlari va daromadlar qaror topishi va shu kabilarni tahlil qilishga qaratiladi. Iqtisodiyotga uning yirik tarkibiy qismlari (uy xo‘jaliklari, xususiy va davlat sektori) o‘zaro ta’siridagi yaxlit tizim sifatida qaralsa va davlat iqtisodiy siyosatining qonuniyatlari aniqlansa, bu makroiqtisodiy tahlil hisoblanadi. Makroiqtisodiyot shuningdek daromadlar, bandlik, narxlar darajasi, mahsulotning yalpi hajmi, milliy daromad, jami sarflar kabi jamlanma ko‘rsatkichlami ham qarab chiqadi.
Iqtisodiyotning mazkur ikki darajasi farqi faqat iqtisodiy tahlil nuqtai - nazaridan kelib chiqadiki, shu sababli iqtisodiyot nazariyasini bunday qismlarga ajratishni mutloqlashtirish ko‘pam to‘g‘ri emas. Chunki mikro va makroiqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir - biri bilan qo‘shilib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |