REJA - Uy xo‘jaliklari moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari
- Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari va uy xo‘jaligi budjeti.
- Uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajatlari va ularning tarkibi
- Moliya, uy xo‘jaligi moliyasi, uy xo‘jaliklari daromadlari, uy xo‘jaliklari xarajatlari, natural daromadlar, pul daromadlar, nominal daromadlar, ega bo‘lingan daromadlar, real daromadlar.
1. Uy xo‘jaliklari moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. - Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi.
- Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi.
- Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalaming) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi.
- Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovariar va xizmatlami iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi.
Iqtisodiy adabiyotda «uy xo‘jaligi» atamasi - «Xonadon» yoki «oila» atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
- SHunga mos ravishda «uy xo‘jaligi moliyasi» iborasining o‘rniga «xonadon moliyasi» va «oila moliyasi» iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda.
- SHu munosabat bilan «oila» yoki «xonadon»ni «uy xo‘jaligi»dan ajratmoq (farqlamoq) lozim.
- Eng avvalo, «uy xo‘jaligi» aniqlilik darajasining «oila»ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalarda, uning oilasi bololmaydi.
- Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kirolmaydi va h.k.
- Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlami ham o‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |