Uy xo‘jaliklari moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari


Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq


Download 0.61 Mb.
bet4/6
Sana24.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1653053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-такдимот

Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq:

  • sotsio-madaniy muhit, xususan, ijtimoiy holati, bilimlilik (savodxonlik) darajasi, uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi ijtimoiy aloqalar (kontaktlar), dam olish shakllari va boshqalarga;
  • uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga ( o‘z -o‘zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan muhrlanganligiga va boshqalarga;
  • axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga-bunga fikr yuritishning o‘ziga xos xususiyatiari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va h.k.lar kiradi.

Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta ‘minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

  • dastlabki (boshlang‘ich) manbalar;
  • jamg‘ariladigan manbalar;
  • joriy manbalar.
  • Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi meros bo‘yicha yoki ko‘chmas mulk, naqd pullar, moliyaviy aktivlaming hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat.
  • Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari va investitsion quyilmalari resurslaming jamg‘ariladigan manbasini tashkil etadi.
  • Resurlaming joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, ijtimoiy transfertlar) va nodoimiy pulli daromadlar (masalan , iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.

Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari:

  • joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari-oziqovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlaming haqi va h.k.;
  • kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari-uzoq davr foydalanishga mo‘ljallangan tovariar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a ‘zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlaming (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash;
  • pul jamg‘armalari.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling