Uy xo‘jaliklari moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari


Uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi


Download 0.61 Mb.
bet5/6
Sana24.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1653053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-такдимот

Uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish;
  • iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xo‘jaligining iste’mol fondi);
  • jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.
  • YUqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar, ko‘rinib turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlami qamrab oladi. Endi har bir yo‘nalishga tegishli bo ‘lg an uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatiari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.

3. Uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajatlari va ularning tarkibi

  • Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi.
  • Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jam i daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
  • • uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
  • • uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
  • Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o ‘zin i ta ‘m inlashga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a‘zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi.

Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:

  • shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar;
  • uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan olingan natural to‘lovlar.
  • Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi ijtimoiy transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai nazardan, bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta ‘minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo‘lolmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling