М a V z u: Iqtisodiyotga kirish


Download 77.12 Kb.
bet7/15
Sana13.10.2023
Hajmi77.12 Kb.
#1701144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Iqtisodiyotga kirish-fayllar.org

3.Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdori ko‘payadi, sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o‘sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qator beqarorliklarga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi.
3. Iqtisodiy fanlarning shakllanishida asosiy g’oyaviy oqimlar
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan edilar.
Iqtisodyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos»2 qonun, ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan ma’noni bildiradi. 1575­- 1621 yillarda yashab o‘tgan fransuz iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.
Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (puldan, oltindan iborat boylik) savdoda, asosan tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntiradi.
Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri-XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti-pul (oltin, kumush) ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan.
Vaqt o‘tishi bilan merkantalistlar bu tadbir o‘z-o‘zicha mamlakatning boyligini oshirmasligini tushunishgan. Keyingi merkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va faol savdo balansiga ega bo‘lishda pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lishini anglashgan. Bu holda asosiy talab tashqi savdoda pulning ijobiy qoldig‘i bo‘lishi hisoblangan, pul oqimini tartibga solish esa iqtisodiy usullar yordamida erishilishi lozim (tashqi savdoni yuqori boj tariflari bilan cheklash, tovarlar eksport uchun imtiyozli shartlarni belgilash).
Keyingi merkantlizmning Angliyadagi asosiy nazariyachisi Tomas Men (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtai nazdida davlatning ichki va tashqi siyosati asoslanadi.
Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm siyosatiga tayanadi, ya’ni davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan yuqori bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta’minlashi zarurligiga e’tibor qaratadi.
Bu ob’ektiv vujudga kelgan nazariya va siyosat kapitalning dastlabki jamg‘arilishi va shu orqali iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
«Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. Fiziokratiya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib tarjimasi “tabiat hukmronligi” degan ma’nono anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694­1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha “sof mahsulot” vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi.
Qishloq xo‘jaligida doimiy takror hosil qilinadigan boylik barcha sohalar o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, savdoning gullab yashnashi va aholi farovonligiga olib keladi, sanoatni rivojlantiradi hamda millatning kamolatini ta’minlaydi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi.
F.Kene birinchi bo‘lib ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli - mashhur “iqtisodiy jadvalni” yaratadi. Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom-ashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer mulkdoriga renta
Fiziokratlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga tegishlii bo‘lishi sababli, mazkur daromadga soliq kiritib, uni yer mulkdorlaridan undirib olish zarur deb hisoblaydi.
Adam Smit (1723­1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) asarini yozgan
Fiziokratlardan boshlab klassik maktab iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlari moddiy boylik va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va
iste’mol jarayonlarini o‘rganadi.
XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, V. Petti, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatning o‘zini tovar ishlab chiqaruvchi xodimlar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, ular boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723­1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima ishlab chiqarilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. Boylikning o‘sish shart-sharoitlari - mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir.
A. Smit qiymatning manbai mehnat deb hisoblaydi jamiyat rivojlanishi bilan mehnat bilan birga kapital va yer ham qiymat manbai bo‘lib boradi, shu sababli tovar narxi ish xaqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi bilan jamiyatning barcha sinflari daromadi o‘sib boradi, pul qiymat o‘lchovi vazifasini bajaradi degan xulosaga keladi.
A. Smit tushunishicha qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatda ustun tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘z manfaatini shaxsiy iqtisodiy faolligi natijalarini faqat boshqalar bilan o‘zaro ayriboshlash yo‘li bilan ro‘yobga chiqaradi. Shunday qilib, kishilar o‘z manfaatini ko‘zlab, bir-birlari uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor esa bir-birlarining manfaatlarini hisobga olishga majbur qiladi, ya’ni bunda kishilar beihtiyor jamiyat uchun ishlaydi.
A. Smitning “ko‘rinma qo‘l” qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab va taklif, raqobat) va ob’ektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta’siri nazarda tutiladi. U davlatning jamiyatdagi yangi sinfi - kapitalist - tadbirkorlar xo‘jalik ishlariga aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy erkinlik siyosati uning nazariyasida ilmiy asoslangan va quyidagilarni ko‘zda tutadi: ishchi kuchining erkin harakati, yer bilan erkin savdo, sanoat va savdo faoliyat qilishini davlat tomonidan reglamentlashtirishni bekor qilish.
Karl Marks (1818-1883) yiilarda yashab ijod qilgan Marks ta’limotida asosiy o‘rinni bazis va ustkurma konsepsiyasi egallaydi - unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi.
A. Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D. Rikardo hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi - qiymat qonuni yahlit iqtisodiy nazariy fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur fanning asosiy vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni ochishda deb biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb hisoblaydi hamda o‘zning taqsimlash konsepsiyasida iqtisodiy hayot jo‘shqinligini ko‘rsatadi.
D.Rikardo kapitalizmga ishlab chiqarishning mutloq ratsional tizimi, foyda normasi esa - kapitalizm jo‘shqinligining rag‘batlantuvchisi sifatida qaraydi.
Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U kapitalzmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilagan fan bo‘lmog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon, Sharl, Fure, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tizimi, tarkibiy qismlari, vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o‘rin almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur ta’limot asoschilari nemis iqtisodchisi va sitsiologi K. Marks (1818-1883) hamda uning izdoshi F. Engels (1820-1895) o‘zlarining nazariy konsepsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta ilmiy manbaaga tayanib yaratadi: A. Smit - D. Rikardoning Angliya klassik siyosiy iqtisodiyoti, Gegel - Feyrbaxning nemis klassik falsafasi va fransuz utopik sotsializmi.
K. Marks ta’limotida asosiy o‘rinm bazis va ustkurma konsepsiyasi egallaydi - unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Uning nazariyasida kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotini bozor prinsiplari buzilishiga olib kelishi to‘liq bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga tortishi qayd qilinadi. K. Marks A. Smit va D. Rikardo asos solgan qiymatning mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlaydi. Qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarishga proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali erishilishini va uning kapitalistlar tomonidan o‘zlashtmlishi ular boyligining ko‘paytirishning doimiy manbaini tashkil qilishini qayd qiladi. K. Marks fikricha kapitalning jamg‘arilish jarayoni sinfiy kurashning keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan tugaydi.
K. Marks kapital to‘g‘risidagi ta’limoti bir xil baxo olmadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bizning mamlakatda marksistik g‘oyani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. Bu uning chuqur inqiroziga olib keldi. Hozirgi kunda Marks tanqidchilari kapitalizm barbod bo‘lganligi va uning bashoratlari tasdiqlanmaganligini qayd qilishadi. Marks g‘oyasining tarafdorlari u tadqiq qilgan kapitalizm 1930 yillardagi buyuk depressiya davrida barbod bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Hozirda mavjud bo‘lib turgan bozor iqtisodiyoti jamiyat turmush farovonligi yuksalishini ta’minlashga layoqatli iqtisodiy tizim modeli ekanligini tasdiqlaydi.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab “siyosiy iqtisod” atamasi “iqtisod” tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalish “ekonomiks” (inglizcha economics - iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi. U mazmunan fan sifatida xo‘jalikni rivojlantirish qonunlarini o‘rgatishni anglatadi.
Shu sababli bu davrdan qator g‘arb mamlakatlarida yangi iqtisodiy konsepsiyalar paydo bo‘ldi va mustahkamlandi. Ularda qiymatning mehnat nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni uning ijtimoiy muammolaridan ozod qilishga urunishlar kuzatildi. Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy mazmundan mahrum qilingan bir qator umumiy prinsiplar qo‘yildi. Bular: iste’mol jarayonida iqtisodiy ne’matlar sub’ektiv nafligiga pasayib borish prinsipi; iqtisodiy muvozanatlik qoidalari va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning mavjud omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil imkoniyatlaridan tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan ozod qilingan “texnologiya” bo‘lib qoldi. Diqqat markazga iqtisodiyotning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat qilish masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyot sub’ekti imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga to‘qnash keladi. Shundan kelib chiqib, fan jamiyat cheklangan resurslardan nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish muammosini qanday hal qilish muammosini tadqiq qiladi. Ayni vaqtda iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida qolish uchun ijtimoiy va siyosiy muammolar mavjudligini ham inkor qilmasligi zarur.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “keyingi”, “qo‘shilgan” degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem Bavrek va boshqalar) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Bu oqim iqtisodiy fanda yangi yo‘nalish neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelini ishlab chiqishga harakat qildi.

Djon Meynard Keyns (1883­1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq degan qarorga kelgan


Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari deb hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik prinsiplarini qo‘llab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratish zarur. Neoklassik oqim tarafdorlari o‘zlarining tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy tashkil qilinish shaklidan qat’iy nazar “sof iqtisodiyot” va shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyoti alohida sub’etlari hatti- harakatini nazarda tutadi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912 yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Keyns (1883­1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asosladi.
Keynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi takomillashgan va o‘z - o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo‘lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi orqali ta’minlanishi mumkin.
O’tgan asrni 50 - yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xorrod, Ye. Domar, E. Xansan va boshq.) bandlik va inflyatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosining yechimini ishlab chiqadi. “Neoklassik sintez” konsepsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P. Samuelson neoklassik va keynscha nazariyani ishlab chiqarishning optimal darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq bandlikka erishilganda bozorning o‘zini - o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
XX asrning 60 - 70 yillarida yangi keynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N. Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini cheklash, inflyatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi.
Keyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori sur’atlarini ta’minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy bo‘hronlarni bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot nazariyasidagi yangi yo‘nalish - monetarizm, yangi klassik maktab va neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Monetarizm erkin raqobat va narxning erkin shakllanishini bozor iqtisodiyotining asosi va uning muozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi. Ular fikricha bozor o‘z - o‘zini tartibga soluvchi tizim bo‘lib qolaveradi, davlatning aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim.
Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi M.Fridmen o‘zining tadqiqoti negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan g‘oyani ilgari suradi. M. Fridmenning fikricha pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning tartibsiz dastagi bo‘lishi mumkin.
XX asrning 50-60-yillarida neoklassik yo‘nalishida bir qator yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari qo‘ydagilar:

Download 77.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling