Davrda pulning vujudga kelishiga nima sabab bo'lgan? A. Ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishi


Download 55.24 Kb.
bet1/2
Sana05.02.2023
Hajmi55.24 Kb.
#1167431
  1   2
Bog'liq
ISLOM


davrda pulning vujudga kelishiga nima sabab bo'lgan?
A. Ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishi

B. Tovar-pul munosabatlarininig rivojlanishi


C. Ishlab chiqaruvchilarning foyda olishga bolgan harakati
D. Mehnat taqsimotining rivojlanishi
ANSWER: A
Ayirboshlash munosabatlarining faollashishiga nimalar turtki bo‘ldi?

A. Jamiyatdagi ayirboshlash jarayoni

B. Ishlab chiqaruvchi subyektlarning bir-biriga o‘zaro bogliqligining vujudga kelishi
C. Ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi
D. Ishlab chiqarishning natural xo'jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o'tilishi
ANSWER: A
Pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor uning:

A. Qiymat shaklining rivojlanishiga qaratiladi

B. Evolyutsion nazariyasiga qaratiladi
C. Ayriboshlash xususiyatiga qaratiladi
D. Sotib olish qobiliyatiga qaratiladi
ANSWER: A
Pulning qiymat shakli nechta ko'rinishda namoyon bo'ladi?

A. 5 ta
B. 4 ta

C. 3 ta
D. 2 ta
ANSWER: A
Dastlabki tangalar qachon zarb etilgan?

A. Eramizdan avvalgi VII asrda

B. Eramizdan avvalgi X asrning boshlarida
C. Eramizdan avvaligi V asrda
D. Eramizdan avvalgi III asrda
ANSWER: A
Dastlabki tangalar qayerda zarb etilgan?

A. Xitoyda

B. Misrda
C. Liviyada
D. Hindistonda
ANSWER: A
Qog‘oz pullar muomalaga qachon chiqarilgan?

A. X asrning oxiri XI asrning boshlari

B. IX asrning oxiri va X asrning boshlari
C. XII asrda
D. XIII asrda
ANSWER: A
Qog'oz pullar muomalaga qayerda chiqarilgan?

A. Xitoyda

B. Hindistonda
C. Misrda
D. Qadimgi Rimda
ANSWER: A
O'zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan?

A. Miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan

B. XIII asrda Arablar tomonidan
C. Miloddan avvalgi 320-327 yillarda makedoniyalik Iskandar tomonidan
D. IX asrda Somoniylar tomonidan
ANSWER: A
G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temur nomi bitilgan necha turdagi oltin va kumush tangalar muomalaga chiqarilgan?

A. 120 dan ortiq

B. 100 dan ortiq
C. 70 dan ortiq
D. 150 dan ortiq
ANSWER: A
O'zbekiston hududida qog'oz pullar dastlab qachon muomalaga chiqarilgan?

A. 1918 yilda

B. 1912 yilda
C. 1920 yilda
D. 1922 yilda
ANSWER: A
Buxoro amirligining qog'oz pullari nechanchi yil bekor qilingan?

A. 1920 yilda

B. 1917 yilda
C. 1922 yilda
D. 1924 yildi
ANSWER: A
Pulning mohiyati nimada aniq namoyon bo'ladi?

A. Pulning funksiyalarida

B. Pulning ayirboshlash jarayonida
C. Hisob-kitob jarayonida
D. Pul aylanmasida
ANSWER: A
Anglo - amerikalik iqtisodchilar pulning nechta funksiyasini e’tirof etadi?

A. 3 ta
B. 2 ta

C. 4 ta
D. 5 ta
ANSWER: A
Rossiyalik iqtisodchi olimlar pulning nechta funksiyasi maujudligini ta’kidlaydi?

A. 5 ta
B. 4 ta

C. 3 ta
D. 6 ta
ANSWER: A
Pulning muomala vositasi funksiyasi qachon namoyon bo'ladi?

A. Sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasida ayirboshlash bir vaqtda bajarilsa

B. Tovar va xizmatlar uchun to'lov ma'lum muddatdan keyin amalga oshirilsa?
C. Sotilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lov oldindan amalga oshirilsa
D. To'lov ma'lum muddatga kechiktirilsa
ANSWER: A
Vaqtincha foydalanilmayotgan pullar qanday funksiyani bajaradi?

A. Jamg'arma vositasi funksiyasini

B. Muomala vositasi funksiyasini
C. To'lov vositasi funksiyasini
D. Qiymat o'lchovi funksiyasini
ANSWER: A
Mehnat taqsimoti jarayonida pulning roli nimada namoyon bo'ladi?

A. Tovarlarni ayirboshlashda

B. Ishlab chiqarishda
C. Mahsulot taqsimotida
D. Mehnatni tashkil etishda
ANSWER: A
Tovar xo'jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?

A. Milliy valyutaning barqarorligi

B. Monopol ishlab chiqarishning mavjudligi
C. Import hajmining ortishi
D. Pul massasining ortib borishi
ANSWER: A
Iqtisodiyotning markazdan boshqarish sharoitida pulning nechta funksiyasi e’tirof etilgan?

A. 5 ta
B. 3 ta

C. 4 ta
D. 6 ta
ANSWER: A
Xorijiy iqtisodchi olimlar pulning qanday funksiyalarini inkor etadi?

A. To'lov vositasi

B. Qiymat o'lchovi
C. Muomala vositasi
D. Jamg'arma vositasi
ANSWER: A
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va mahsulotlarning qiymati qanday aniqlanadi?

A. Bozordagi talab va taklif asosida

B. Ishlab chiqaruvchining foyda miqdori asosida
C. Tovar va mahsulotning tannarxi asosida
D. To'lanadigan soliq stavkalari asosida
ANSWER: A
Metallar qachondan boshlab pulning funksiyasini bajara boshlagan?

A. Miloddan oldingi VII - VI asrlarda

B. Miloddan oldingi VI - V asrlarda
C. Miloddan oldingi V - IV asrlarda
D. I va II asrlarda
ANSWER: A
Dastlabki qog'oz pullar qachon muomalaga kiritilgan?

A. XI va XII asrlarda

B. XII asrning oxirida
C. X va IX asrlarda
D. XI asrning boshida
ANSWER: A
Plastik kartochkalar qachon pulning vazifasini bajara boshlagan?

A. XX asrning ikkinchi yarmidan

B. XVIII asrning oxiridan
C. 2000 yildan
D. 2002 yildan
ANSWER: A
Natural shakldagi pullarni guruhlanishi qaysi javobda to'g'ri keltirilgan?

A. Hayvonlar, buyumlar va o'simliklar shaklida

B. Hayvonlar, toshlar va mevalar shaklida
C. Oziq-ovqat, toshlar va o'simliklar shaklida
D. Hayvonlar, mevalar va o‘simliklar shaklida
ANSWER: A
Haqiqiy pullarning xossalari qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

A. Ularning muomalada amal qilishini nazorat qilish zarurligi

B. Qiymatning qadrsizlanmasligi
C. Ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi
D. Nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi
ANSWER: A
Xitoyning ayrim provinsiyalari va Rossiyada qanday natural pullar juda keng tarqalgan?

A. Buqa
B. Tuz

C. Tamaki
D. Jun
ANSWER: A
Natural pullardan foydalanishga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

A. Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi

B. Mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi
C. Odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo'lgan buyumlar
D. Uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi
ANSWER: A
Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishiga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto‘g‘ ri keltirilgan?

A. Natural pullar o'zining qiymatini yo'qotganligi

B. Davlatchilikning paydo bo'lishi
C. Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi
D. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi
ANSWER: A
“Emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” terminlari mа’nosi jihatidan bir-biridan farq qiladimi?

A. Tubdan farq qiladi

B. Deyarli farq mavjud emas
C. Qisman farq qiladi
D. Qo'llanilishida farq mavjud
ANSWER: A
Plastik kartalarning qulayligi qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan?

A. Banklarning xarajat qiladigan mablag'lari tejaladi

B. Yo'qotib qo'ysangiz ham pulingiz saqlanib qoladi
C. Olib yurishda va foydalanishda qulay
D. Istalgan miqdorda va paytda naqdlashtirish mumkin
ANSWER: A
Pulning nazariyasi iqtisodiy kategoriya sifatida nechta guruhga ajratib o'rganiladi?

A. 2 ta guruhga

B. 3 ta guruhga
C. 4 ta guruhga
D. 6 ta guruhga
ANSWER: A
Pulning metallik nazariyasi qanday davrlarda vujudga kelgan?

A. XVI - XVII asrlarda

B. XIV - XV asrlarda
C. XV - XVI asrlarda
D. XVII - XVIII asrlarda
ANSWER: A
Pulning metallik nazariyasi qanday tuzumda vujudga kelgan?

A. Kapitalistik tuzumda

B. Natural - feodal tuzumida
C. Quldorchilik tuzumida
D. Sotsialistik tuzumda
ANSWER: A
Pulning nominal nazariyasi qachon vujudga kelgan?

A. XVII - XVIII asrlarda

B. XIV - XV asrlarda
C. XV - XVI asrlarda
D. XVI - XVII asrlarda
ANSWER: A
Pulning nominal nazariyasi davrini shakllanishiga qanday omillar ta’sir qilgan?

A. Muomalaga haqiqiy bo'lmagan metall pullar kiritilganda

B. Muomalaga kumush va oltin tangalar kiritilganda
C. Muomalaga qog'oz pullar kiritilganda
D. Muomalaga banknotalar va monetalar kiritilganda
ANSWER: A
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining kamchiligi nimada?

A. Pulning qiymatini davlat belgilashini e’tirof etishadi

B. Oltinni haqiqiy qiymat sifatida e’tirof etishadi
C. Kumushni to'lov vositasi sifatida e’tirof etishmaydi
D. Qog'oz pullar qiymati talab va taklif asosida belgilashini e’tirof etishadi
ANSWER: A
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qobiliyati:

A. Talab va taklif asosida belgilanadi

B. Tovar va mahsulotlar hajmi asosida belgilanadi
C. Davlatning tegishli qarorlari asosida belgialandi
D. Markaziy bankning qarori asosida belgilanadi
ANSWER: A
Pulning miqdoriylik nazariyasi haqidagi ta’limot qachon va kim tomonidan ilgari surilgan?

A. XVI-XVII asrlarda, D.Yum tomonidan

B. XV-XVI asrlarda, Dj.Mil tomonidan
C. XVII-XVIII asrlarda, J.Boden tomonidan
D. XVIII-XIX asrlarda, Sh.Monteske tomonidan
ANSWER: A
Miqdoriylik pul nazariyasining “tranzaksion varianti” ta’limoti asoschilari kimlar?

A. M.Fridman, K.Brunner va A.Melttser

B. A.Marshall va L.Valras
C. A.Smit, G.Kassel va B.Xansen
D. J.Boden, D.Yum va Dj.Mil
ANSWER: A
Miqdoriylik pul nazariyasida “kassa qoldig‘i” haqidagi ta’limotni ilgari surgan nazariyachi kim?

A. A.Pigu

B. D.Yum
C. Dj.Mil
D. J.Boden
ANSWER: A
O'zbekiston tijorat banklarida elektron to`lov tizimi qachon joriy etildi?

A. 1997 yil martda

B. 1996 yil aprelda
C. 1995 yil dekabrda
D. 1998 yil mayda
ANSWER: A
Quyidagilardan qaysi biri naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish qoidalari hisoblanmaydi?

A. Bank mijozning hisob varag`idan uning xabari bo`lmagan hollarda memorial order bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin

B. Mijozning hisob varag'idan mablag`larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qat'iy belgilangan to`lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitiarni to'liq to`ldirilgan holda amalga oshiriladi
C. Naqd pulsiz hisob-kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisob varaqlari mavjud bo`lishi lozim
D. Bank mijozning pul mablag`larini o`tkazish haqidagi topshirig`ini uning hisob varag`ida mablag' bo`lgandagina qabul qiladi
ANSWER: A
To‘lov topshiriqnomasi bu:

A. Sotib oluvchining bankka o‘z hisob varag`idan mablag'ni sotuvchi hisobiga o`tkazib berish haqidagi yozma topshirig`i

B. Sotuvchi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag'ni talab qilishi haqidagi hujjat
C. Bankning sotuvchiga to'lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi yozma topshirig`i
D. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi shartnomaga ko'ra to`lovni amalga oshirish bo'yicha mablag' oluvchining yozma topshirig'i
ANSWER: A
To'lov talabnomasi bu:

A. Sotuvchi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag'ni talab qilishi haqidagi hujjat

B. Sotib oluvchining bankka o‘z hisob varag`idan mablag'ni sotuvchi hisobiga o`tkazib berish haqidagi yozma topshirig`i
C. Bankning sotuvchiga to'lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi yozma topshirig`i
D. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi shartnomaga ko'ra to`lovni amalga oshirish bo'yicha mablag' oluvchining yozma topshirig'i
ANSWER: A
Akkreditivning shakllari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?

A. Qoplangan va qoplanmagan

B. Kreditlanadigan va kreditlanmaydigan
C. To'lanadigan va to'lanmaydigan
D. Daromadli va daromadsiz
ANSWER: A
Akseptli to‘lov talabnomalarda:

A. Bank dastlab belgilangan muddatda mijozning roziligini oladi, so'ng to'lovni amalga oshiradi

B. Bank dastlab to'lovni amalga oshiradi so'ng mijozning roziligini oladi
C. Bank belgilangan muddatda to'lovni amalga oshirib bu haqda mijozga xabar beradi
D. Bank hujjat kelib tushgan zahoti to'lovni amalga oshiradi va bu haqda mijozga xabar beradi
ANSWER: A
Akseptsiz to‘lov talabnomalarda:

A. Bank dastlab to'lovni amalga oshiradi so'ng mijozning roziligini oladi

B. Bank dastlab belgilangan muddatda mijozning roziligini oladi, so'ng to'lovni amalga oshiradi
C. Bank belgilangan muddatda to'lovni amalga oshirib bu haqda mijozga xabar beradi
D. Bank hujjat kelib tushgan zahoti to'lovni amalga oshiradi va bu haqda mijozga xabar beradi
ANSWER: A
Banklarda ikkinchi kartoteka qanday hollarda yuritiladi?

A. Mijozning hisobvarag'ida mablag'lar mavjud bo'lmagan yoki yetarli bo'lmagan hollarda kirim qilinadi

B. Bank keladigan barcha to'lov hujjatlarini to'lovdan oldin dastlab kirim qiladi
C. Mijozning topshirig'iga asosan ayrim hujjatlar kirim qilinadi
D. To'lovlar vaqtincha kechiktirilganda ayrim to'lov hujjatlari mijozning roziligi bilan kirim qilinadi
ANSWER: A
Inkasso topshiriqnomasi:

A. Bankka to`lovchining hisob varag`idan so‘zsiz tartibda mablag`larni hisobdan chiqarish huquqini beradi

B. Mijozning hisob varag`iga uning roziligisiz mablag`larni kirim qilish huquqini beradi
C. Mijozning o‘z hisob varag`idan mablag‘ni so'zsiz ko'chirish haqidagi topshirig`i hisoblanadi
D. Mablag' to'lovchi o‘z hisobidan to`lovlarni amalga oshirish bo`yicha topshirig`i
ANSWER: A
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning eng ko‘p qo'llaniladigan shakli bu:

A. To`lov topshiriqnomasi

B. Akkreditiv
C. To'lov talabnomasi
D. Inkasso topshiriqnomasi
ANSWER: A
Naqd pul muomalasida pul harakatining nechta oqimi mavjud?

A. 2 ta
B. 3 ta

C. 4 ta
D. 5 ta
ANSWER: A
Muomalaga pullarni emissiya qilish qanday bank zimmasiga yuklatilgan?

A. Markaziy bank

B. Moliya Vazirligi
C. Xalq banki
D. Tijorat banki
ANSWER: A
Naqd pullar:

A. Yuqori likvidlik qobiliyatiga ega hisoblanadi

B. Likvidligi past to'lov vositasi hisoblanadi
C. Yuqori darajada daromad keltiradigan aktivlar hisoblanadi
D. Xarajatsiz va xavfsiz darajasi yuqori mablag'lar hisoblanadi
ANSWER: A
Naqd pullar bo'yicha talablarni bajarishning asosiy majburiyati:

A. Tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan

B. Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan
C. Hukumat zimmasiga yuklatilgan
D. Moliya Vazirligi zimmasiga yuklatilgan
ANSWER: A
Naqd pul muomalasini tartibga solishning asosiy vazifasi nimadan iborat?

A. Muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim bo`lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iborat

B. Banklar va aholi o‘rtasidagi o'zaro aloqalarni ta’minlashdan iborat
C. Muomaladagi naqdsiz pullar hajmini oshirish
D. Muomaladagi yaroqsiz pullarni qaytarib olish
ANSWER: A
Pul massasi bu:

A. Muomaladagi naqd va naqd pulsiz oborotidagi pullar yig`indisi

B. Muomaladagi naqdsiz pullar yig`indisi
C. Muomaladagi naqd pullar yig`indisi
D. Muomaladagi tanga pullar yig'indisi
ANSWER: A
O'zbekistonda qanday pul agregatlari amal qiladi?

A. MO, Ml, М2, М3

B. MO, Ml, М2, М3, M4
C. Ml, М2, М3, L
D. MO, Ml, М2
ANSWER: A
“Pul fetishizmi” qanday mа’noni anglatadi?

A. Pulga sig'inish

B. Pulni muomaladan chiqarish
C. Pulni asrash
D. Pulni jamg'arish
ANSWER: A
Bimetalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang

A. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi

B. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida bitta metallni (odatda faqat oltin) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
C. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida uchta metallni (odatda oltin, kumush va mis) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
D. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni chegaralanmagan miqdorda erkin muomalaga chiqarishga ruxsat beradi
ANSWER: A
Pul tizimi deganda nima tushuniladi?

A. Pul tizimining asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi

B. Pul tizimining asosini xorijiy valyuta (odatda AQSh dollari) tashkil etadi va xorijiy valyuta orqali tartibga solinadi
C. Pul tizimining asosini erkin konvertirlanadigan valyutalar tashkil etadi va xalqaro valyuta fondi orqali tartibga solinadi
D. Pul tizimining asosini oltin tashkil etadi va oltin fondi orqali tartibga solinadi
ANSWER: A
Haqiqiy pullar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang

A. Oltin va kumush tangalar

B. Kredit pullar
C. Elektron pullar
D. Qog'oz pullar
ANSWER: A
Monometalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang

A. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida bitta metallni (odatda oltin yoki kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi

B. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
C. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida uchta metallni (odatda oltin, kumush va mis) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
D. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to'lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni chegaralanmagan miqdorda erkin muomalaga chiqarishga ruxsat beradi
ANSWER: A
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang

A. Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to'lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi

B. Muomalada oltin tangalarning to'lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi
C. Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi
D. Erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi
ANSWER: A
Oltin quyma standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang

A. Muomalada oltin tangalarning to'lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi

B. Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to'lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi
C. Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi
D. Erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi
ANSWER: A
Oltin deviz standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang

A. Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi

B. Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to'lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi
C. Muomalada oltin tangalarning to'lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi
D. Erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi
ANSWER: A
Oltin tanga standartidan voz kechilishining asosiy sabablari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang

A. Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo'ldi

B. Ikkinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo'ldi
C. 1929-1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi
D. AQSh dollarining jahon puli sifatida tan olinishi
ANSWER: A
Nechanchi yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob-kitoblarda qog‘oz-kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi?

A. 1930 yillardan

B. 1940 yillardan
C. 1920 yillardan
D. 1950 yillardan
ANSWER: A
Qaysi standartda oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to’xtatildi?

A. Oltin quyma

B. Oltin deviz
C. Oltin tanga
D. Oltin tanga va oltin quyma
ANSWER: A
Pul tizimini asosiy tartibga soluvchi organ qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan?

A. Emission banklar

B. Tijorat banklari
C. Investitsion banklar
D. Davlat banklari
ANSWER: A
Banknotalar qaysi organ tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi?

A. Markaziy bank

B. Davlat banki
C. Tijorat banki
D. Investitsion bank
ANSWER: A
Xazina biletlari qanday maqsadlar sharoitida muomalaga chiqariladi?

A. Davlat budjeti taqchilligi va qo'shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida

B. Markaziy bank daromadini oshirish va xarajatlarini qoplash
C. Tijorat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qoplash
D. Davlat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qoplash
ANSWER: A
Qaysi davrda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog'oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi?

A. 1971-1973 yillarda

B. 1969-1971 yillarda
C. 1975-1977 yillarda
D. 1973-1975 yillarda
ANSWER: A
O'zbekistonda 100 so‘m necha tiyinga teng?

A. 10000 tiyin

B. 1000 tiyin
C. 100000 tiyin
D. 1000000 tiyin
ANSWER: A
O‘zbehtistonda 1991-1993 yillarda nima uchun mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirishning imkoni yo‘q edi?

A. Milliy valyuta joriy etilmaganligi tufayli

B. Muomalada Sobiq Ittifoq va Rossiya rubllari yetishmaganligi sababli
C. Bank tizimi rivojlanmagan edi
D. Pul-kredit siyosati ishlab chiqilmagan edi
ANSWER: A
O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shartli ravishda nechta bosqichga ajratish mumkin?

A. 3 ta
B. 2 ta

C. 4 ta
D. 5 ta
ANSWER: A
O'zbekiston pul tizimining tashkil topishini birinchi bosqichi qaysi davrni o‘z ichiga oladi?

A. 1991 yil sentabrdan 1993 yil noyabrgacha bo'lgan davr

B. 1993 yil noyabrdan 1994 yil 1 iyulgacha bo'lgan davr
C. 1994 yil 1 iyuldan 1994 yil 31 iyulgacha bo'lgan davr
D. 1991 yil sentabrdan 1994 yil iyulgacha bo'lgan davr
ANSWER: A
Oraliq “so‘m kupon”lar qachon muomalaga kiritildi?

A. 1993 yil 15 noyabrdan

B. 1993 yil 1 oktabrdan
C. 1993 yil 1 yanvardan
D. 1994 yil 1 iyuldan
ANSWER: A
Oraliq “so'm kupon” muomalada qachongacha to'lov vositasini bajardi?

A. 1994 yil 1 iyulgacha

B. 1994 yil 1 avgustgacha
C. 1994 yil 1 yanvargacha
D. 1995 yil 31 iyungacha
ANSWER: A
Milliy valyuta so'm va oraliq so‘m kuponlar qanday nisbatda almashtirildi?

A. 1ga 1000 nisbatda

B. 1ga 100 nisbatda
C. 1ga 10000 nisbatda
D. 1ga 10 nisbatda
ANSWER: A
O'zbekiston hududida qanday davrda uch turdagi valyuta muomalada to'lov vositasini bajardi?
A. 1993 yil dekabr

B. 1994 yil iyul


C. 1993 yil noyabr
D. 1994 yil sentabr
ANSWER: A
Sobiq Ittifoq respublikalari qachondan milliy valyutalarini muomalaga kirita boshladi?

A. 1992 yil may-iyun

B. 1992 yil yanvar-fevral
C. 1993 yil iyul-avgust
D. 1992 yil iyul-avgust
ANSWER: A
Rossiya Federatsiyasining yangi namunadagi banknotalari to‘lov vositasi sifatida amal qilishi qachon bekor qilindi?

A. 1994 yil 15 apreldan

B. 1994 yil 1 iyuldan
C. 1993 yil 15 noyabrdan
D. 1991 yil avgustdan
ANSWER: A
Quyidagidlardan qaysi biri O‘zbekiston pul tizimi elementlari hisoblanmaydi?

A. Qat’iy belgilangan valyuta kursi

B. Baho masshtabi talab va taklif asosida belgilanadi
C. Markaziy bank pul muomalasini tartibga soladi
D. Pul birligi so‘m
ANSWER: A
Inflatsiyani keltirib chiqaruvchi omil qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

A. Tovar va xizmatlar bahosi pasayadi

B. Pul o'zining qadrini yo'qotadi
C. Pulning sotib olish qobiliyati pasayadi
D. Talab va taklif o'rtasidagi muvozanat buziladi
ANSWER: A
Inflatsiya tushunchasi iqtisodiy oborotga qachon kirib kelgan?

A. 1864 yilda

B. 1863 yilda
C. 1865 yilda
D. 1866 yilda
ANSWER: A
Inflatsiya bilan bog'liq muammolar qachon vujudga kelgan?

A. Qog'oz pullar to'lov vositasi sifatida amal qila boshlagandan

B. Muomalaga kumush tangalar kiritilganda
C. Muomalada oltin tangalar amal qilgan davrda
D. Oltin va kumush tangalar hajmi kamaytirilganda
ANSWER: A
Iqtisodiyotda inflatsiya sharoitida qanday holat yuz bermaydi?

A. Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi barqarorlashadi

B. Aholining xorijiy valyutalarni jamg'arishga bo'lgan iqtisodiy manfaatdorligi ortib boradi
C. Tovarlar va xizmatlar taqchilligi kuzatiladi
D. Mablag'larni ko'chmas mulklarga joylashtirish jarayoni kuchayadi
ANSWER: A
Quyidagilardan qaysi biri inflatsiyaning shakliga kirmaydi?

A. Monopol inflatsiya

B. Shiddatli inflatsiya
C. Sudraluvchi inflatsiya
D. Giperinflatsiya
ANSWER: A
Giperinflyatsiya sharoitida pul muomalasi qanday holatda bo'ladi?

A. Pul muomalasi izdan chiqadi

B. Pul muomalasi barqarorlashadi
C. Pul muomalasini tartibga solish mumkin bo'ladi
D. Pul muomalasida o'zgarish bo'lmaydi
ANSWER: A
Inflatsiyani keltirib chiqaradigan omillar qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

A. Tovar massasiga nisbatan pul massasining qisqarishi

B. Milliy valutaga nisbatan ishonchning pasayishi
C. Muomalada ortiqcha pul massasining vujudga kelishi
D. Mamlakatning nomutanosib to'lov balansi
ANSWER: A
Inflatsiyaga qarshi qanday siyosat mavjud?

A. Umumiy talabni tartibga solish siyosati

B. Muomaladagi pullarning hajmini oshirish siyosati
C. Markaziy bank tijorat banklariga kreditlarni berish siyosati
D. Majburiy zaxira siyosati stavkasini pasaytirish siyosati
ANSWER: A
Sudraluvchi inflatsiyaning yillik darajasi necha foizni tashkil etadi.

A. 6-8 foiz

B. 20-50 foiz
C. 10-15 foiz
D. 0-2 foiz
ANSWER: A
Yevrohudud uchun EMB tomonidan belgilangan inflyatsiya darajasining yillik normasini ko‘rsating

A. Yillik 2 foiz

B. Yilik 5 foiz
C. Yillik 6 foiz
D. Yillk 4 foiz
ANSWER: A
XVF ekspertlarining fikriga ko‘ra inflatsiyaning oylik darajasi necha foizdan oshishi giperinflatsiya deb hisoblanadi

A. 50 foiz

B. 100 foiz
C. 75 foiz
D. 70 foiz
ANSWER: A
Pul islohotini o'tkazishning zarurligi nimada?

A. Milliy valutaning barqarorligini ta’minlash

B. Davlatning xalqaro munosabatlarini yaxshilash maqsadida
C. Davlatning siyosiy mustaqillikka erishishi sababli
D. Metall pulning iqtisodiyotda muomalada bo'lishini ta’minlash
ANSWER: A
Pul islohotlarining qanday turlari mavjud?

A. Denominatsiya, devalvatsiya, revalvatsiya, nulifikatsiya

B. Bir metall puldan ikkinchi metall pulga o'tish, pul tizimining bir shaklidan ikkinchi shakliga o'tish, milliy valyutalarni oltinga yoki kumushga almashtirishni joriy etish
C. Urushlar davrida muomalada katta miqdordagi qog'oz pullar va banknotalarni chiqarilishi natijasida o'tkaziladigan islohot
D. Dematerilizatsiya, demonetizatsiya
ANSWER: A
Denominatsiya bu...?

A. Eski pul birligini yangi pul birligiga ma'lum nisbatda almashtirish

B. Milliy valyutaning qadrini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirish
C. Milliy valyutaning qadrini xorijiy valyutaga nisbatan oshirish
D. Muomalaga yangi xorijiy valyutalarni kiritish
ANSWER: A
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominaldagi pul birliklari muomalaga kiritilgan?

A. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so'm

B. 1, 5, 10, 25, 50, 100 so'm
C. 1, 3, 10, 25, 50, 100 so'm
D. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200 so'm
ANSWER: A
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominallardagi tiyin metall tangalar muomalaga kiritilgan?

A. 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin

B. 1, 5, 10, 20, 50 tiyin
C. 1, 3, 10, 20, 50, 100 tiyin
D. 1, 3, 5, 10, 25, 50 tiyin
ANSWER: A
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 200 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan?

A. 1997 yildan

B. 1996 yildan
C. 1998 yildan
D. 1999 yildan
ANSWER: A
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 500 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan?

A. 1999 yildan

B. 1997 yildan
C. 1998 yildan
D. 1996 yildan
ANSWER: A
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 1000 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan?

A. 2001 yildan

B. 2000 yildan
C. 1999 yildan
D. 2002 yildan
ANSWER: A
Deinflatsion siyosat o‘z ichiga qanday tadbirlarni qamrab oladi?

A. Davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko'tarish) va pul massasini cheklash

B. Davlat daromadlarini qisqartirish, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish, to‘g‘ri soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko'tarish) va М2 agregatini cheklash
C. Davlat xarajatlarini oshirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini kamaytirish, soliq yukini kamaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini kamaytirish) va pul massasini oshirish
D. Davlat daromadlarini oshirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini kamaytirish, soliq yukini kamaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini kamaytirish) va M0 agregatini oshirish
ANSWER: A
Qanday turdagi siyosatni olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko'rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo’lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni o'sishini ma'lum chegarasi o'rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo'yiladi?

A. Daromadlar siyosati

B. Deinflatsion siyosat
C. Pul-kredit siyosati
D. Fiskal siyosat
ANSWER: A
Dastlab qanday munosabat vujudga kelgan?

A. Tovar-pul munosabatlari

B. Kredit munosabatlari
C. Bank munosabatlari
D. Moliya-kredit munosabatlari
ANSWER: A
Kredit qanday munosabatlar asosida tashkil topdi?

A. Tovar-pul munosabatlarida

B. Pul-kredit munosabatida
C. Tovar-kredit munosabatida
D. Davlat krediti munosabatlarida
ANSWER: A
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning qanday bo‘g‘inlarida o’rganiladi?

A. Barcha bo'ginlarida

B. Ayrim bo‘g‘inlarida
C. Moliya bo'limida
D. Kredit b'olimida
ANSWER: A
Kreditor va kredit oluvchi o'rtasida asosiy omil nima hisoblanadi?

A. Iqtisodiy manfaatdorlik

B. Mablag'lardan samarali foydalanish
C. O'zaro yaqinlik
D. Iqtisodiy hamkorlik
ANSWER: A
Kreditning zarurligi qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

A. Banklarni moliyaviy muassasa ekanligi

B. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo'sh pul mablag'lar ssuda kapitali sifatida jamg'arilib, tegishli maqsadlarga уо'nltiriladi
C. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlanishi
D. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish siklining davriyligi
ANSWER: A
Kredit munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sababi?
A. Kapital muomalasi va aylanishi hisoblanadi

B. Savdo kapitali hisoblanadi


C. Pul kapitali hisoblanadi
D. Davlat mablag'lari hisoblanadi
ANSWER: A
Kreditning mohiyatiga iqtisodchi olimlarning qarashlari

A. Bir-biridan keskin farq qiladi

B. Yagona yondashuvga ega emas
C. Yagona yondashuvga ega
D. Bir-biriga aynan o‘xshaydi
ANSWER: A
Kreditning subyektiv mohiyati nimada namoyon bo'ladi?

A. Kreditor va kredit oluvchining munosabatlarida

B. Kredit oluvchining munosabatlarida
C. Pul-kredit munosabatlarida
D. Kreditor munosabatlarida
ANSWER: A
Kreditning funksiyalari qaysi javobda to'liq keltirilgan?

A. Qayta taqsimlash, muomala jarayonini tezlashtirish, pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish, pul kapitalini jamg'arish va markazlashuvini jadallashtirish funksiyalari

B. Muomala jarayonini tezlashtirish, pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish, pul kapitalini jamg'arish va markazlashuvini jadallashtirish funksiyalari
C. Qayta taqsimlash, muomala jarayonini tezlashtirish va pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish funksiyalari
D. Qayta taqsimlash, muomala jarayonini tezlashtirish, pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish funksiyalari
ANSWER: A
Kreditning tamoyillari qaysi javobda to‘liq keltirilgan?

A. Maqsadlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlik, to'lovlilik tamoyillari

B. To'lovlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlik, maqsadlilik tamoyillari
C. Muddatlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlik, maqsadlilik tamoyillari
D. Muddatlilik, to'lovlilik, qaytarishlik, maqsadlilik tamoyillari
ANSWER: A
Kreditning shakllari qaysi javobda to‘liq va aniq keltirilgan?

A. Tovarli kredit, pulli kredit, aralash kredit

B. Tovarli kredit, aralash kredit
C. Ipoteka krediti, pulli kredit, aralash kredit
D. Aralash kredit, tovarli kredit, davlat krediti
ANSWER: A
Kredit shakllari ichida ko'proq qaysi biri qo'llaniladi?

A. Aralash kredit

B. Pulli kredit
C. Tovarli kredit
D. Davlat krediti
ANSWER: A
Bank krediti muddatiga ko'ra qanday kreditlarga bo'linadi?

A. Qisqa va uzoq muddatli

B. O'rta va uzoq muddatli
C. Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli
D. Yaqin va uzoq muddatli
ANSWER: A
Qaysi iqtisodchilar ssuda va kredit o'rtasidagi farqni ajratib berishga harakat qilganlar?

A. Rimlik huquqshunoslar

B. Amerikalik iqtisodiy nazariyachilar
C. Qadimgi Gretsiya iqtisodchilari
D. Xitoylik moliyachilar
ANSWER: A
Kreditning qanday turlari mavjud?

A. Bank, davlat, tijorat, iste’mol, xalqaro kreditlar

B. Bank, tijorat, ishlab chiqarish, xalqaro, davlat kreditlar
C. Bank, tijorat, iste’mol, ishlab chiqarish, davlat kreditlari
D. Bank, tijorat, iste’mol va xalqaro kreditlar
ANSWER: A
Bank kreditida kreditning obyekti nima hisoblanadi?
A. Pul kapitali

B. Savdo kapitali


C. Tovar kapitali
D. Davlat mablag'lari
ANSWER: A
Dastlab kreditning qanday shakli vujudga kelgan?

A. Tovarli kredit

B. Aralash kredit
C. Pulli kredit
D. Bank krediti
ANSWER: A
Xalqaro amaliyotda tijorat krediti asosan qanday qimmatli qog'oz vositasida beriladi?

A. Vekselda

B. Oddiy aksiyalar
C. Aksiyalar yordamida
D. Imtiyozli aksiyalarda
ANSWER: A
Davlat kreditining asosiy belgisi nimadan iborat?

A. Kredit berish va olishda davlat bevosita ishtirok etadi

B. Faqat davlat kredit oladi
C. Kreditlar tovar ko'rinishida beriladi
D. Kredit berish va olishda davlatning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmaydi
ANSWER: A
Iste’mol krediti qanday maqsadlarga beriladi?

A. Asosan jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo'lgan tovar va buyumlarni sotib olishga

B. Yuridik va jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo'lgan tovar va buyumlarni sotib olishga
C. Asosan jismoniy shaxslarga ishlab-chiqarishni rivojlantirishga
D. Asosan yuridik shaxslarga ishlab-chiqarishni rivojlantirishga
ANSWER: A
Kredit marjasi nimani anglatadi?

A. Kredit summasi va uni qaytaradigan summasi o‘rtasidagi farq

B. Kreditning summasi va uning ta’minoti o'rtasidagi farq
C. Kreditning boshlang'ich foizi va suzib yuruvchi foizi o'rtasidagi farq
D. Bankning krediti bo'yicha foiz stavkasi va Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi o‘rtasidagi farq
ANSWER: A
Qaysi foizlarni hisoblash asosiy qarzning qoldiq summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi

A. Oddiy foiz stavkasida

B. Diskont foiz stavkasida
C. Murakkab foiz stavkasida
D. Aralash foiz stavkasida
ANSWER: A
Qaysi foiz stavkalari hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldig‘iga qo‘shilib hisoblanadi

A. Murakkab foiz stavkasida

B. Diskont foiz stavkasida
C. Oddiy foiz stavkasida
D. Aralash foiz stavkasida
ANSWER: A
Kreditlar bo'yicha qaysi foiz stavkasida inflatsiya darajasi hisobga olinadi?

A. Real foiz stavkasida

B. Oddiy foiz stavkasida
C. Murakkab foiz stavkasida
D. Nominal foiz stavkasida
ANSWER: A
Qanday turdagi foiz stavkasi rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida inflatsiya yuqori bo'lgan sharoitda kreditlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida qo'llaniladi?

A. Antisipativ

B. Oddiy
C. Murakkab
D. Dekursiv
ANSWER: A
Kredit bahosining funksiyalari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang
A. Taqsimlash, rag'batlantirish, tartibga solish, himoyalash

B. Qiymat, muomala, to'lov, xalqaro


C. Bankrotlikdan himoya qiluvchi, zarur mablag‘, ta’minot, rivojlanish regulyatori
D. Maqsadlilik, foizlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlilik
ANSWER: A
Tijorat banklari operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari, xizmat haqi va komission to'lovlar qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq banklar tomonidan qanday belgilanadi?

A. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasiga ko'ra

B. Mustaqil ravishda
C. Yirik kreditlar oVtacha foiz stavkasiga ko'ra
D. Depozitlar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasiga ko'ra
ANSWER: A
Qaysi qonunchilik hujjatiga muvofiq banklar kredit operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar?

A. “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun

B. “Banklar va bank faoliyati to'g‘risida”gi Qonun
C. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
D. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
ANSWER: A
"Praym-rayt" stavkasi qaysi bozor stavkasi o'zgarishi natijasiga asoslanadi?

A. Pul bozori

B. Moliya bozori
C. Fond bozori
D. Depozit bozori
ANSWER: A
LIBOR stavkasining mazmuni nima?

A. London banklararo foiz stavkasi

B. Lyuksemburg banklararo foiz stavkasi
C. Lixtenshteyn banklararo foiz stavkasi
D. Latviya banklararo foiz stavkasi
ANSWER: A
UZIBOR stavkasining mazmuni nima?

A. O'zbekiston banklararo depozit stavkasi

B. Ukraina banklararo depozit stavkasi
C. Urugvay banklararo depozit stavkasi
D. AQSh (USA) banklararo depozit stavkasi
ANSWER: A
Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi:

A. Aniq ma'lumotlar mavjud emas

B. Miloddan ilgarigi III asrga to'g'ri kelishi ta'kidlanadi
C. Angliya sanoat to‘ntarishidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi
D. Buyuk inqirozdan keyingi davrga to‘g‘ri keladi
ANSWER: A
Banklarning vujudga kelishi haqida fikr yuritgan iqtisodchi olimlarni necha guruhga ajratish mumkin?

A. Uchta guruhga

B. To'rtta guruhga
C. Beshta guruhga
D. Ikkita guruhga
ANSWER: A
Tarixiy manbalarga ko'ra, dastlabki banklar qayerda tashkil topgan?

A. Gretsiyada

B. Rimda
C. Angliyada
D. Stokgolmda
ANSWER: A
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklar:

A. Ibodatxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi

B. Karvon saroyda tashkil etilganligi qayd etiladi
C. Korxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi
D. Uylarda tashkil etilganligi qayd etiladi
ANSWER: A
Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan banklarning dastlabki kо‘rinishlari qayerda va qachon vujudga kelgan?

A. Angliyada, XVI asrda

B. Rimda, XV asrda
C. Gretsiyada, XIX asrda
D. Italiyada, XVIII asrda
ANSWER: A
“Bank” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

A. Qadimgi fransuzcha “banque” va italiyancha “banca” so'zlaridan paydo bo'lgan bo'lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi

B. Qadimgi nemischa “banque” va italiyancha “bansa” so'zlaridan paydo bo'lgan bo'lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi
C. Qadimgi lotincha “banque” va nemischa “bansa” so'zlaridan paydo bo'lgan bo'lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi
D. Qadimgi italyancha “banque” va fransuzcha “bansa” so'zlaridan paydo bo'lgan bo'lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi
ANSWER: A
Banklar nechta funksiyani bajaradi?

A. 5 ta
B. 4 ta

C. 3 ta
D. 6 ta
ANSWER: A
Banklarning iqtisodiyotdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi?

A. Bank operatsiyalarining zarurligi, turlari, xo'jalik yurituvchi subyektlar va aholini ularga ehtiyojida

B. Bajaradigan funksiyalari va aholining ularga bo'lgan ehtiyojida
C. Muomalaga pul chiqarishi va to'lov aylanmasini tashkil etishda
D. Aholining ishonchi va xo'jalik yurituvchi subyektlaming ishonchsizlik bildirishida
ANSWER: A
Banklarning o'ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo'ladi?

A. Xo'jalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o'rtasida hisob-kitoblar tashkil etish va nazoratni amalga oshirish

B. Tijorat faoliyati va moliyaviy muassasaligida
C. Korxona va tashkilotlarga moliyaviy yordam berishida, shuningdek, turli komission operatsiyalarni amalga oshirishida
D. Vakillik hisobvaraqlari mavjudligi, aholiga va korxonalarga naqd pullarni yetkazib berishi va muomaladagi naqd pullarni qaytarib olishida
ANSWER: A
Mulkiy jihatdan banklar tasniflanishi qanday javobda to'liq va to'g'ri keltirilgan?

A. Davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma bank

B. Davlat banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo'shma bank
C. Davlat banki, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma bank
D. Davlat banki, investitsion bank, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma bank
ANSWER: A
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan qanday tasniflanadi?

A. Emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg'arma bank

B. Emission, vositachi, qo'shma, ipotekali va jamg'arma bank
C. Emission, tijorat, investitsion va jamg‘arma bank
D. Emission, komission, savdo, ipotekali va jamg'arma bank
ANSWER: A
Banklarga bo‘lgan ishonchning pasayishiga sabab bo'ladigan omillar qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

A. Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini to'liq va muntazam ravishda bajarsa

B. Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida bajarmasa
C. Aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo'lgan talabining to'liq va o'z vaqtida qondirilmasa
D. Mijozlarning hisobvaraqlari bo'yicha mablag'lar qoldig'i va aylanmalari haqida bank sirini ta’minlamasa
ANSWER: A
Kredit uyushmalari dastlab qachon va qayerda tashkil etilgan?

A. 1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida

B. 1845 yilda Fransiyaning Parij shahrida
C. 1846 yilda AQShning Loiziana shtatida
D. 1847 yilda Germaniyaning Doychi shahrida
ANSWER: A
AQSh FZT qachon tashkil etilgan?

A. 1913 yil

B. 1911 yil
C. 1912 yil
D. 1914 yil
ANSWER: A
AQSh FZT boshqaruvchilar kengashi a’zolari soni necha kishidan iborat?

A. 11
B. 13

C. 15
D. 7
ANSWER: A
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik hisobotini taqdim etishning so'nggi muddati:

A. 15 may

B. 1 may
C. 15 mart
D. 1 iyun
ANSWER: A
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaysi organ oldida hisobdor hisoblanadii?

A. Senat
B. Vazirlar Mahkamasi

C. Konstitutsion sud
D. Hisob palatasi
ANSWER: A
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ustav kapitali miqdorini aniqlang

A. 1 trln. so'm

B. 2 trln. yevro
C. 5 trln. so'm
D. 10 mlrd. so'm
ANSWER: A
Markaziy banklar uchun ta’qiqlangan faoliyat turi

A. Tijorat bilan shug'ullanish

B. Hukumatga kredit berish
C. Qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish
D. Nobank tashkilotlarga litsenziya berish
ANSWER: A
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidaqi qonun qachon qabul qilinqan?
A. 2019 yil 11 noyabr

B. 2019 yil 25 aprel


C. 2019 yil 25 aprel
D. 2019 yil 21 dekabr
ANSWER: A
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi asosan qanday tarkibiy tuzilishga ega?

A. Bank tizimi ikki bo‘g‘indan iborat bo'ladi

B. Bank tizimi bir bo'g'indan iborat bo'ladi
C. Bank tizimi uch bo‘g‘indan iborat bo'ladi
D. Bank tizimi to'rt bo'g'indan iborat bo'ladi
ANSWER: A
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi qaysi davrga to‘g‘ri keladi?

A. 1987-1990 yillarga

B. 1980-1985 yillarga
C. 1991-1992 yillarga
D. 1993-1994 yillarga
ANSWER: A
O‘zbekistonda haqiqiy ikki pog'onali bank tizimi qachon tashkil topdi?

A. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, 1991 yilda

B. Mustaqillikdan oldin, 1988-1989 yillarda
C. Milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so‘ng
D. Markaziy bank to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng
ANSWER: A
Dastlabki Markaziy bank qayerda va qachon tashkil topgan?

A. Stokgolmda, 1650 yilda

B. Angliyada, 1621 yilda
C. AQShda, 1913 yilda
D. Rimda, 1652 yilda
ANSWER: A
Dastlabki emission banklar qayerda va qachon tashkil etilgan?
A. Angliyada, 1694 yilda

B. Germaniyada, 1652 yilda


C. Stokgolmda, 1650 yilda
D. AQShda, 1752 yilda
ANSWER: A
Dastlabki Markaziy banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan?

A. Davlat kapitali shaklida, aksiyadorlik kapitali shaklida, aralash kapital shaklida

B. Xususiy kapital shaklida, aksiyadorlik kapitali shaklida, aralash kapital shaklida
C. Davlat kapitali shaklida, xorijiy kapital shaklida, aralash kapital shaklida
D. Kredit mabl

ag'lari hisobiga, aksiyadorlik kapitali shaklida, aralash kapital shaklida


ANSWER: A
Jahon amaliyotida Markaziy banklarning asosiy maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?

A. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash

B. Muomalaga pul birliklarini emissiya qilish va ularni muomaladan qaytarib olishdan iborat
C. Tijorat banklariga kredit berish va ularning faoliyatini nazorat qilishdan iborat
D. Hukmatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash
ANSWER: A
Markaziy bankning funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri va to‘liq keltirilgan?

A. Banknotalar emissiya qilish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, banklarning banki, hukumat banki funksiyalari

B. Banknotalar emissiya qilish, mamlakatda banklarning banki va hukumat banki funksiyalari
C. Pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, mamlakatda banklarning banki va hukumat banki funksiyalari
D. Banknotalar emissiya qilish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish va hukumat banki funksiyalarini bajaradi
ANSWER: A
Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlari qaysi javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

A. Banklarning faoliyatini litsenziyalash

B. Qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi)
C. Majburiy zaxira talablari
D. Ochiq bozordagi operatsiyalash
ANSWER: A
Markaziy bank qachon va kimga hisobot taqdim etadi?

A. Keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Oliy Majlis Senatiga taqdim etadi

B. Keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi
C. Keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Prezident devoniga taqdim etadi
D. Keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Moliya vazirligiga taqdim etadi
ANSWER: A
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kim tomonidan kiritildi?

A. 1991 yilda V.Grilli

B. 1992 yilda A.Grinspen
C. 1991 yilda Tabellini
D. 1992 yilda U. Dadli
ANSWER: A
Mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan Markaziy bankni ko'rsating

A. Germaniya markaziy banki

B. Angliya banki
C. Yevropa Markaziy banki
D. AQSh FZT
ANSWER: A
AQSh FZT raisi kim tomonidan taqdim etiladi?

A. AQSh Prezidenti tomonidan

B. AQSh G'aznachiligi tomonidan
C. AQSh Kongressi tomonidan
D. AQSh davlat departamenti tomonidan
ANSWER: A
AQSh FZT raisining vakolat mudddati necha yil?

A. 8 yil
B. 4 yil

C. 7 yil
D. 5 yil
ANSWER: A
YEMBning vakolatlari qaysi shartnomaga muvofiq о‘zgartirilishi mumkin?
A. Maastrixt shartnomasi

B. Bazel shartnomasi


C. Vena shartnomasi
D. Gaaga shartnomasi
ANSWER: A
Tsukerman indeksi bo'yicha Markaziy bank mustaqilligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar nechtani tashkil qiladi?

A. 16
B. 15

C. 14
D. 18
ANSWER: A
AQSh FZT kimga hisobdor hisoblanadi?

A. AQSh Kongressiga

B. AQSh G'aznachiligiga
C. AQSh Prezidentiga
D. AQSh davlat departamentiga
ANSWER: A
GMT indeksi bo'yicha MBning siyosiy mustaqillik koeffitsientining maksimal darajasi necha ballni tashkil etadi?

A. 8 ball

B. 7 ball
C. 10 ball
D. 6 ball
ANSWER: A
GMT indeksi bo'yicha MBning iqtisodiy mustaqillik koeffitsientining maksimal darajasi necha ballni tashkil etadi?

A. 7 ball

B. 6 ball
C. 10 ball
D. 8 ball
ANSWER: A
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining vakolat mudddati necha yil?

A. 5 yil
B. 6 yil

C. 7 yil
D. 8 yil
ANSWER: A
“Bank Kengashi” yana qanday nomlanadi?

A. Kuzatuv kengashi

B. Tijorat kengashi
C. Boshqaruv kengashi
D. Nazorat kengashi
ANSWER: A
Bankning oliy boshqaruv organi bu?

A. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi

B. Bank kengashi
C. Taftish komissiyasi
D. Bank boshqaruvi
ANSWER: A
Aksiyadorlari 1000 kishidan ortiq bo'lgan tijorat banklari Kengashi kamida necha a’zodan iborat bolishi kerak?

A. 9 nafar

B. 5 nafar
C. 7 nafar
D. 11 nafar
ANSWER: A
Yangi tashkil qilinayotgan xususiy banklar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori qancha bo'lishi lozim?

A. 100 mlrd. so'm

B. 10 mln. yevro ekvivalentida
C. 50 mlrd. so'm
D. 10 mln. dollar ekvivalentida
ANSWER: A
Tijorat banklari qaysi funksiyasini amalga oshirishida pul mablag'lari ishtirok etmaydi?

A. Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlar berish

B. Yuridik va jismoniy shaxslami kreditlash
C. Vaqtinchalik bo'sh pul mablaglarini jamg'arish
D. Valyuta ayirboshlash
ANSWER: A
Tijorat banklari uchun xos bo'lmagan funksiyani ko‘rsating

A. Mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash

B. Muomalaga naqd pullarni chiqarish
C. To'lovlarni amalga oshirishda vositachilik qilish
D. Vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini jamg'arish
ANSWER: A
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining nechanchi bo‘g‘inida faoliyat yuritadi?

A. Ikkinchi bo‘g‘inida

B. Birinchi bo‘g‘inida
C. Uchinchi bo'ginida
D. To'rtinchi bo‘g‘inida
ANSWER: A
Hozirgi kunda tijorat banklari mijozlarga necha turdagi xizmatlarni ko'rsatadi?

A. 300 dan ortiq

B. 200 dan ortiq
C. 100 dan ortiq
D. 400 dan ortiq
ANSWER: A
Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi dastlabki qonun qachon qabul qilingan?

A. 1991 yil

B. 1989 yil
C. 1993 yil
D. 1995 yil
ANSWER: A
Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi uchinchi tahrirdagi qonun qachon qabul qilindi?
A. 2019 yil 25 noyabr

B. 2019 yil 25 fevral


C. 2019 yil 25 yanvar
D. 2019 yil 25 iyun
ANSWER: A
Tijorat banklari riskli aktiv operatsiyalari natijasida:

A. daromad oladi;

B. xarajat qilishga majbur bo'ladi;
C. mablag'larni jalb qiladi;
D. kapitalini oshiradi
ANSWER: A
Banklarning daromadlari qanday tarkibdan tashkil topadi?

A. Foizli va foizsiz

B. Foizsiz
C. Foizli
D. Qiymatli va qiymatsiz
ANSWER: A
Mikromoliyalash tashkilotlari bank tizimining qaysi bo‘g‘iniga kiradi?

A. Ikkinchi bo‘g‘iniga

B. Birinchi bo'g'iniga
C. Uchinchi bo'g'iniga
D. To'rtinchi bo‘g‘iniga
ANSWER: A
O'zbekiston qonunchilik hujjatlari asosida mikromoliyalash tashkilotlari tarkibi qaysi javobda to'liq keltirilgan?

A. Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari

B. Banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari
C. Banklar, kredit uyushmalari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari
D. Banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari
ANSWER: A
Qanday tashkilot mikromoliyalash tashkilotlari tarkibida asosiy moliya muassasasi hisoblanadi?

A. Kredit uyushmalari

B. Mikrokredit tashkilotlari
C. Lombardlar
D. Jamg'arma kassalari
ANSWER: A
Kredit uyushmalarining passiv operatsiyalari:

A. Ularga daromad keltiradi

B. Ularni xarajat qilishga undaydi
C. Riskli operatsiyalar hisoblanadi
D. Aktiv operatsiyalar hisoblanadi
ANSWER: A
Lombardlar qanday moliya muassasasi hisoblanadi?

A. Ixtisoslashgan tijorat tashkiloti

B. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilot
C. Vositachi - moliyaviy muassasa hisoblanadi
D. Tijorat - moliyaviy muassasa
ANSWER: A
Lombardlar faoliyatini qaysi tashkilot ro‘yxatga oladi va litsenziyalaydi?

A. Markaziy bank

B. Adliya vazirligi
C. Moliya vazirligi
D. Banklar asotsiatsiyasi
ANSWER: A
Bank inqirozining qaysi shaklida banklarning ko‘pchilik qismi to‘lovga layoqatsiz bolsalarda faoliyatlarini davom ettiraveradilar?

A. Yashirin inqiroz

B. Tizimli bank inqirozi
C. Inqirozning ochiq shakli
D. Global bank inqirozi
ANSWER: A
Banklardan yoppasiga omonatlarni olish bilan bog'liq bo'lgan holatlar bank inqirozining qaysi shakliga xos?

A. Inqirozning ochiq shakli

B. Yashirin inqiroz
C. Global bank inqirozi
D. Tizimli bank inqirozi
ANSWER: A
Bank tizimining aksariyat qismi to'lovga layoqatsizligini anglatadigan inqiroz bank inqirozining qaysi shakliga xos?

A. Tizimli bank inqirozi

B. Yashirin inqiroz
C. Global bank inqirozi
D. Inqirozning ochiq shakli
ANSWER: A
Banklar o'rtasida korrespondent munosabatlarda qollaniladigan “loro” hisorbvaraqlar:

A. Xorijiy banklarning mahalliy banklardagi hisob varaqlari



B. Mahalliy banklarning xorijiy banklardagi hisob varaqlari
C. Hisob-kitoblarning shakli
D. Banklarning valyutadagi daromad hisobvarag'i
ANSWER: A
Download 50,68 Kb.


Download 55.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling