O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Sirtqi bo’lim boshlig’i
A.Abdumalikov______________ “___” ____________ 2022 yil
RANGSHUNOSLIK
Fanidan
SILLABUS
(2022-2023-o’quv yilida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun amal qiladi)
(Sillabus Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining 2022 yil “__” avgustdagi
1-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan)
Farg’ona 2022 yil
Fanning nomi
|
Rangshunoslik
|
Fan turi
|
Tanlov
|
O’qishdavri
|
2-semestr
|
Fan kodi
|
RangT107
|
Fan hajmi
|
2 kredit
|
Fanning umumiy soati
|
54 soat
|
Auditoriy asoatlari
|
4 soat
|
Jumladan:
|
|
Amaliy mashg’ulot
|
4 soat
|
Mustaqil ta’lim
|
50 soat
|
Nazorat shakli
|
ON, YaN
|
O’qitish shakli
|
Uzb
|
Dastur mualliflari:
|
Sultonova Mahliyoxon Jo’raboy qizi – “Tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchisi.
|
E-mail:
|
Sultonovamahlish@gmail.com
|
Telefon raqami:
|
+99890 853-34-56
|
Tashkilot:
|
Farg‘ona davlat universiteti “Sirtqi bo’lim”.
Manzil: Quvasoy sh. _______ ko‘chasi -uy
|
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
|
QM1
|
“Rangshunoslik”ga oid nazariy bilimlar bo‘lajak pedagoglarga tasviriy san’at tarixini o‘quvchilarga samarali etkazish yo‘llarini, ularga hayotning san’at vositalari orqali aks etishni ko‘rsatishga yordam beradi
|
Kursga qo’yiladigan boshlang’ich talablar
|
1.
|
Fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, ijod qilish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha amaliy ishni topshirish.
|
Ta’lim natijalari (TN)
|
TN1
|
Fanni o’qitishdan maqsad - rangshunoslk tasviriy san’at turlarining qalamtasvir, rangtasvir, dekorativ amaliy san’at, grafika, xaykaltaroshlikning asosi sifatida bo‘lajak pedagog rassomlarga borliqni ko’rib-kuzatib to‘g‘ri tasvirlash, idrok etish, qo‘l, ong va sezgi organlarini shakllantirish hamda bo‘lajak rassom-pedagoglarni tasviriy san’at asoslariga o‘rgatishni maqsad qilib qo’yadi.
|
TN2
|
O’quvchilarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishning mazmuni va xususiyatlari, tasviriy san’atga o‘rgatishning didaktik tamoyillari;
|
TN3
|
tasviriy san’atga o‘qitish jarayonida qalamtasvirning ishlash mazmuni, metod va texnologiyalari;
|
TN4
|
milliy va jahon tasviriy san’at tarixiga oid ma’lumotni bilish, tasviriy san’at tarixi va nazariyasi, rangshunoslik qonuniyatlari, rang xarakteristikasini o’rganish;
|
TN5
|
rangshunoslikni o‘qitish jarayonida talabalarni estetik jihatdan tarbiyalash haqida;
|
TN6
|
oddiy ranglardan boshlab murakkab ranglarni tasavvuriga ega bo‘lishi; (bilim)
|
TN7
|
Rangshunoslik darslarida tasviriy san’at asarlarini yaratishda qalamchizgining ahamiyati, mashg‘ulotlarni tashkil etishda san’at asarlarini tahlil eta olish; maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyatga o‘rgatish, maktablarda tasviriy san’at darslari uchun ishlanmalar tayyorlashni kabi bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma).
|
TN8
|
Rangshunoslikdan yaxshi o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan individual darslar olib borish, tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonini taxlil etish, o‘quvchilar ijodiy ishlarini baholay olish, insonning to‘liq qomatini tasvirlay olishgacha bo‘lgan ijodiy jarayonni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak(malaka).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |