Ilmiy texnikaviy mahsulot ishlab chiqarish


Download 66 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi66 Kb.
#1384427
Bog'liq
Shartnoma Setora 2022


Ilmiy – texnikaviy mahsulot ishlab chiqarish va uni joriy qilish uchun
Sh A R T N O M A
№ ____________ “ ____ “ _____ 2022-yil

Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “Bajaruvchi” deb ataladigan shaxs orqali rektor O.Sh.Bazarov mavjud qoidalar asosida bir tomondan va “Ravshanov Boymurot” fermer xo‘jaligi “Buyurtmachi” deb ataladigan shaxs Ravshanov Boymurot Ochilovich mavjud qoidalar asosida ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar asosida tuzishdi.




1. Shartnoma bayoni
1.1. “Buyurtmachi” buyuradi (qabul qiladi) “Bajaruvchi” esa o‘ziga qabul qiladi (beradi)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun quyosh havo qizdirish qurilmasi
1.2. Shartnomadagi ishni topshirish muddati: “31” dekabr 2022-yil


2. Ishning qiymati va hisoblash tartibi
2.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlar, xizmat uchun “Buyurtmachi” shartnoma bayonida kelishilgandek pul ko‘chiradi: Shartnoma yakunlangandan so‘ng
2.2. Shartnomaning umumiy summasi 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘m


3. Ishni qabul qilish va topshirish
3.1. Bajarilgan ishlarni topshirish bo‘yicha hujjatlar: Bajarilgan ishlar hisoboti, bildirishnoma va dalolatnoma.
3.2. “Bajaruvchi” ish bajarilgandan keyin 5 kun davomida ishni qabul qilinganligini xabar berish kerak.


4. Taraflarning majburiyatlari
4.1. “Bajaruvchi”ning majburiyatlari:
4.1.1. “Buyurtmachi” bilan kelishilgan shartnomaga muvofiq ishlarni bajarish va belgilangan muddatda. “Buyurtmachi”ga topshirish;
4.1.2. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan talablarga rioya etish;
4.1.3. Ushbu shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarish uchun jalb qilinayotgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan yordamchi pudrat shartnomalari tuzilganligi haqida “Buyurtmachi”ni xabardor qilish va yordamchi Bajaruvchilar ishlarining bajarilishini nazorat qilish;
4.1.4. Ushbu shartnoma singari boshqa asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda alohida huquqlar yo‘qligi haqida “Buyurtmachi”ga kafolat berish;
4.2. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:
4.2.1. Shartnomada belgilangan miqdorda va muddatda shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan ishlarni qabul qilib olish va bajarganlik uchun Bajaruvchiga haq to’lash;
4.2.2. Bajaruvchiga ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni taqdim etish.
5. Majburiyatlarni bajarish tartibi va muddatlari
5.1. Bajaruvchi “Buyurtmachi”ning roziligi bilan ushbu shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
5.2. Bajaruvchi ushbu shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan ishlarini “Buyurtmachi” tomonidan shartnomada belgilangan muddatlarda bajaradi;
5.3. Shartnomaning amal qilish muddati:
Boshlanishi – 2022-yil 01-noyabr
Tugashi – 2022-yil 31-dekabr


6. Taraflarning javobgarligi
6.1. Taraflar shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddatlarini buzgan taqdirlarida, aybdor taraf ikkinchi tarafga har bir kechiktirilgan kun uchun shartnoma bahosining 5% dan oshmagan miqdorida penya to’laydi;
6.2. Bajaruvchi shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun buyurtmachining ishlar qiymati doirasida ko‘rilgan zararni qoplashi shart.
6.3. Zararning qoplanganligi taraflarni o‘z majburiyatlarni bajarish yoki kamchiliklarni bartaraf etishdan ozod etmaydi.
6.4. Mazkur shartnoma bilan nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


7. Tomonlarning yuridik manzilgohlari



Buyurtmachi
“Ravshanov Boymurot” fermer xo‘jaligi
Manzili: Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Ibn Sino MFY
X/R:
STIR: 308035836 MFO: 00181

Bank nomi: Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani Agrobank filliali


Rahbar ____________ B.O.Ravshanov


10-noyabr 2022-yil

M.O‘.


Bajaruvchi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Qarshi shahri Mustaqillik shoh ko’chasi, 225-uy
shxv: 400110860104017094100079005
STIR: 200666914 MFO: 00014


Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gaznachiligi
X/R 23402000300100001010
STIR: 201122919 MFO: 00014


Rektor ___________ O.Sh.Bazarov

“____”____________ 2022-yil


M.O‘.


Ma’sul ijrochi Safarova Setora Ulug‘bek qizi
Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling