М a V z u: Iqtisodiyotga kirish


Download 77.12 Kb.
bet2/15
Sana13.10.2023
Hajmi77.12 Kb.
#1701144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Iqtisodiyotga kirish-fayllar.org

Iqtisodiy faoliyat. Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.Kishilaming yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Takror ishlab chiqarish. Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya’ni jamiyat uchun zarur bo‘lgan ne’mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi.
Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajratiladi.
Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me’yorda, o‘zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko‘payib borish tartibida takrorlanadi.
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ich bo‘g‘ini ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari, tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.
Ayirboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklaming ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa, ya’ni - ayirboshlash jarayoni pul va unga tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi.



Download 77.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling