Iqtisodiyot nazariyasidan konspektlar


Download 19 Kb.
Sana19.06.2020
Hajmi19 Kb.
#120111
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariya konspektlar



Iqtisodiyot nazariyasidan konspektlar

Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bõlgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.

cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to'xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlami to‘g‘ri taqsimlash yõllarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmuni

Insonning iqtisodiyotdagi juda katta va keng rolini qisqacha qilib quyidagicha ko'rsatish mumkin:

1. Inson tabiatning bir boMagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat qiladi, tabiat ashyolarining shaklini o‘zgartirib, iste’molga yaroqli holga keltiradi, boshqacha qilib aytganda, inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi, hamma tovar va xizmatlarining iste’molchisi, ularning ishlab chiqaruvchisi va yaratuvchisidir.

2. Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga yetkazib beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa sotuvchisi rolini bajaradi. Bunda u ishlab chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi aloqaning bajaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi.

3. Inson tovar va xizmatlarning sotib oluvchisi va binobarin, ularning iste’molchisi hamdir.

4. Inson iqtisodiyotning hamma darajalarida uning tashkilotchisi, boshqaruvchisi bo'lib, uning turli omillari, boMaklari, sohalari o‘itasidagi uyg‘unlikni, aloqalarning bir￾biriga mosligini ta’minlovchi sifatida harakat qiladi.

U yoshligida va qariganida ko‘proq iste'molchi bo'lib, ya’ni boshqalar yaratgan tovarlar va xizmatlardan foydalanuvchi sifatida ko‘zga tashlansa, ishlab turgan davrida ishlab chiqaruvchi, tashkilotchi, boshqaruvchi sifatida ish ko‘radi, o'zi uchun, bolalarga va qariyalarga hayotiy ne’matlarni yaratadi va yetkazib beradi.


Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling