Analizatorlarning yosh xususiyatlari reja
Download 10.54 Kb.
|
Analizatorlarning yosh xususiyatlari reja-kompy.info
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taktil analizatorlari.
Analizatorlarning yosh xususiyatlari reja ANALİZATORLARNİNG YOSH XUSUSİYATLARİREJAHid bilish analizatori Ko’rish analizatori Ta’m bilish analizatori Eshitish analizatori. Taktil analizatorlari. Taktil analizatorlari.Taktil analizatorlari. Sezgi a’zolariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar va muskullar, qon tomirlar devoridagi retseptorlar va boshqalar kiradi. Analizatorlarning miya po’stlog’idagi qismi shikastlansa yoki olib tashlansa, ta’sir murakkab analiz va sintez qilinmaydi. Masalan, miya po’stlog’idagi eshitish analizatorlari joylashgan chekka qismi olib tashlansa, ta’sirning nozik tabaqalanishi yo’qoladi. Asab tizimining faoliyati uchun tashqi mo’hit omillari va boshqa ta’sirotchilar doimiy ravishda butun organizmga ta’sir qilib turishi kerak. Ko’pgina sezgi organlarining shikastlanishi natijasida ta’sirning ular orqali bosh miyaga yetarli kelmasligi tufayli odam aktiv faoliyatini yo’qotadi, doimo uxlaydi, bunday odmani saqlanib qolgan sezgi organlariga ta’sir etish bilangina uyg’otish mumkin. Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, sensor ta’sirotning yo’qolishi diqqatni to’plash, mantiqiy fikrlash, aqliy mehnat qilish xususiyatlariga salbiy ta’sir etadi. Sezgi a’zolari orqali ta’sirni tashqi muhitdan, ichki organlardan retseptorlar bo’ylab qabul qilinishi tufayli organizmning tashqi va ichki muhiti haqidagi ma’lumotlar bosh miyaga yetib boradi. Axborotning retseptorlardan bosh miyaga borishi natijasida organizm o’z-o’zini boshqaradi. Masalan, qonning tarkibi o’zgarsa, shunga yarasha qon tomirlar devorida qo’zg’alish, tormozlanish vujudga keladi. Organizmning sensor tizimlari yoki analizatorlariga ko’rish, eshitish, vestibulyar apparat, ta’m bilish, hidlash, teri va ichki organlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni qabul qiladigan interoretseptorlar yoki visseral sensor tizimlar kiradi. Download 10.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling