Analizatorlar ko'rish analizatori mavzusi yuzasidan topshiriqlar. 1-topshiriq quyidagi so’zlarga qisqa ta’rif bering. Ko’rish analizatori


Download 23.41 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi23.41 Kb.
#108163
Bog'liq
SEZGI ANALIZATORLARI


Sezgi a'zolarianalizatorlar

ko'rish analizatori mavzusi yuzasidan

topshiriqlar.

1-topshiriq quyidagi so’zlarga qisqa ta’rif bering.

Ko’rish analizatori - odam va hayvonlarda koʻrish taʼsirotlari va axbortlarni qabul qilib, idrok etadigan va taqlil qilib beradigan murakkab neyrorotseptor sistema; asosiy analizatorlardgt biri. Koʻrish analizatori 3 qismdan iborat: retseptor yoki periferik, oʻtkazuvchi yoʻllar va koʻrish markazi yoki markaziy qism.

Koʻrish analizatorining birinchi qismi toʻr pardada joylashgan. Inson koʻzi 380 dan 760 nm gacha boʻlgan uzunlikdagi yorugʻlik nurlarini qabul qiladi. Koʻzga toʻshayotgan yorugʻlik nurlari shox pardada si-vadi, qorachiq orqali oʻtib, gavharda sinib, shishasimon tanadan oʻtib toʻr pardada joylashgan kolbachasimon va tayoqchasimon hujayralarga taʼsir etadi. Bu hujayralarda yorugʻlik energiyasi nerv qoʻzgʻalishi — impulsga aylanib, multipolyar va ganglioz hujayralarga, nerv tolalariga yetib boradi. Oʻtkazuvchi yoʻllar esa toʻr pardadan boshlanib, koʻrish nervi, xiazma, koʻrish trakti va bosh miya poʻstloq osti markazidan iborat. U yerdan markaziy neyron boshlanib, koʻrish yoʻllari bosh miyaning ensa boʻlagidagi poʻstloq qismi — Koʻrish analizatorining markaziga yetib boradi va shu joyda koʻrish sodir boʻladi.



Teri analizatorlariteri va baʼzi shilliq qavatlar (ogʻiz va burun boʻshligʻi, jinsiy aʼzolar va boshqalar)ga tashqi muhitdan boʻlayotgan mexanik, issiqlik, kimyoviy taʼsirotlarni sezib, ularni tahlil hamda sintez qiluvchi anatomikfiziologik mexanizmlar majmui.

Eshitish sistemasi — tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari majmui. Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Eshitish analizatorlari hasharotlarda timpanal organ, suyakli baliqlarda suzgich pufagi hisoblanadi. Suzgich pufagining tebranishi veberov apparatiga, undan ichki quloqqa oʻtadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlarning ichki qulogʻida qoʻshimcha retseptor hujayralar (bazilyar membranalar — papillalar) rivojlanadi. Yuksak umurtqalilar, jumladan, koʻpchilik sut emizuvchilarda Eshitish analizatorlari tashqi, oʻrta va ichki quloq, shuningdek, eshitish nervi hamda ketmaket tutashgan nerv markazlaridan iborat. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimining rivojlanishi ekologik omillar va Eshitish analizatorlarining hayvonlar xattiharakatidagi ahamiyati bilan bogʻliq. Eshitish nervi tolalari chigʻanoqdan nerv markazlaridan biri — koxlyar yadrolariga boradi; chap va oʻng koxlyardan chiqadigan nerv tolalari Eshitish analizatorlarining ikki yoni boʻylab simmetrik joylashgan boʻlib, yuqori olivaga kelib tutashadi. Tovush tebranishlarini aniqlashda chigʻanoq toʻsigʻi asosiy ahamiyatga ega. Bu toʻsiq tovushni mexanik spektral analiz qiladigan, chigʻanoq toʻsigʻi boʻylab qator joylashgan filtrlasheshitish retseptorlaridan iborat. Retseptorlar 0,1 dan 10 nm diapazondagi tebranishlarni qabul qiladi. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimida joylashgan neyronlar muayyan tovush tebranishlariga sezgir. Eshitish analizatorlarining nerv elementlari tovush tebranishlari bilan birga tovush kuchi, davomiyligi va boshqalar xususiyatlariga ham taʼsirchan. Markaziy nerv sistemasi va, ayniqsa, uning yuqori qismi neyronlari tovushning murakkab belgilari (mas, tovush amplituda modulyatsiyasi chastotasi, yoʻnalishi va harakati)ga sezgir boʻladi.

Tashqi sezgi a’zolari - tashqi retseptorlar - bular tashqi muhit ta'sirini (o'zgarishlarini) qabul qiladi. Bularga ko'rish, eshitish, muvozanat, teridagi og'riqni, issiq-sovuqni, siypalashni sezuvchi, til va og'iz shilliq qavatidagi ta'm bilish, burun shilliq qavatidagi hid bilish retseptorlari kiradi

Ichki sezgi a’zolari -  ichki retseptorlar - bular odam tanasining ichki qismidagi o'zgarishlarni qabul qiladi. Bularga me'da-ichak va boshqa ichki a'zolarda, qon tomir devorlarida, tan a muskullarida, pay va bo'g'imlarda joylashgan retseptorlar kiradi.

SAVOLLAR

1 Sezgi analizatorlari nechi qisimdan iborat?

2 Analizatorlar tasirni qabul qilishiga qarab qanday turlaga bo’linadi?

3 Ko’zning “kolbachasimon va tayoqchasimon “ hujayralari qaysi qismida joylashgan?

4 Ko’rish analizatorini otkazuvchi yo’llarini ketma ketligini aniqlang.

5   Analizatorlarning ahamiyati nimada?

6. Ko’rish analizatorlari haqida tushunchangiz.

7. Eshitish analizatorlarining tuzilishi.

8. Muvozanat analizatori qanday vazifani bajaradi?

9. Harakat analizatorining funksiyasini tushuntiring.

10. Hid bilish analizatorining ahamiyatini ayting.

11. Tеri rеtsеptorlari necha xil sezuvchanlikni aniqlaydi?

12.Og’riqni sezuvchi retseptorlar soni nechta?

13.Muskullardagi proproretseptorlar qaysi qismidagilari boshashgada qaysi qismi esa qisqarganda qo’zg’aladi?

14. Suyak labirintning daxliz va yarim doira kanalchalar dеb ataluvchi qismidagi qaysi tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta'minlovchi vеstibulyar analizatorning rеtsеptorlari joylashgan?

15. O’rta quloq bo`shlig’i qaysi naychasi yordamida burun halqumiga tutashgan?



NAZIROVA LOBAR BO’M 18\1
Download 23.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling