Biologiya 9 – sinf 11-14


Download 364.43 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi364.43 Kb.
#1197129
  1   2
Bog'liq
BIOLOGIYA 9 – SINF 11-14



BIOLOGIYA 9 – SINF 11-14
1. Quyidagi hujayralardan qaysi bir(lar)i yulduzsimon tuzilgan?
A) biriktiruvchi to`qima hujayralari
B) nerv xo`jayralari
С) tuxum va yog` hujayralari
D) leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to`qima hujayralari.

2.Hujayralar bajaradigan vazifalari va shakliga qarab turlicha bo’ladi.To’g’ri fikrni aniqlang? 1.yumaloq (tuxum va yog‘ hujayralari), 2.yumaloq (nerv hujayralari), 3.yulduzsimon (biriktiruvchi to‘qima hujayralari), 4.yulduzsimon (nerv to‘qima hujayralari), 5. o‘simtasimon (nerv hujayralari), 6.amyobasimon, ya’ni shaklini o‘zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to‘qima hujayralari) 7.amyobasimon, ya’ni shaklini o‘zgartiruvchi (leykotsitlar va tuxum to‘qima hujayralari) A)1,3,7 B)3,5,6 C)2,4,5 D) 2,3,5
3.To’g’ri fikrni toping ? 1) eukariot yunoncha “eu” — haqiqiy,
“karion” — vakuol degan ma’noni anglatadi 2)Eukariotlarga sodda hayvonlar, zamburug‘lar,o‘simlik va hayvonlar kiradi 3)Har bir eukariot hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va yadrodan iborat 4)taqqoslash -tirik organizmlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlarini tariflashda ko’p qo’llaniladi 5)qizil qon tanachalari og’irligi 0.0000000001 g ga teng 6).protoplazmani B Braun aniqlagan .7)Eng katta hujayralarga qushlarning tuxumi misol bo‘ladi. A)1.4.7 B)2.5.7 C)2.3.7 D)3.4.5
4. To’g’ri fikrni aniqlang?.

1. Nerv hujayrasi;
2. Epitelial hujayra;
3. Biriktiruvchi hujayr
4. Tuxum hujayra;
5. Muskul hujayrasi.


A)1-F,2-B,D,E ,3- A, 4- G, 5- H
B)1-B,2-A,D,E ,3- F, 4- G, 5- H
C)1-A,2-B,D,E ,3- F, 4- G, 5- H
D)1-F,2-B,A,E ,3- D, 4- H, 5- G

5. Plazmatik membrananing tuzilishi haqida to’g’ri fikrni aniqlang? 1. hujayra qobig‘ining asosiy qismini plazmatik membrana tashkil etadi. 2. u himoya, to‘siq, moddalarni tanlab o‘tkazish,retseptorlik vazifasini ham bajaradi 3. yunoncha “fageo” – yemoq, hazm qilmoq degan so‘zlardan olingan) 4.Plazmatik membrana yuksak pishiqlikka va elastiklikka ega. 5. “pino” – ichaman degan so‘zdan olingan) deyiladi 6. Plazmatik membrana barcha hujayralar uchun universal bo‘lgan – biologik membranadir A)1.2.6 B)2.3.4 C) 1.4.5 D) 3.4.6
6. Pinositoz organizmlarni aniqlang? 1.bakteriyalar, 2. Viruslar 3.zamburug‘lar, 4.leshayniklar 5.ko’k-yashil o‘simliklar 6. O’simliklar 7. hayvonlar A)1,2,3,6 B) 1,3,4,5 C) 1,3.6,7 D) 2,3,4,5
7. Fagositoz hos hususiyatni aniqlang ? 1. bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar hujayrasida amalga oshadi 2. yunoncha “fageo” – yemoq, hazm qilmoq degan so‘zlardan olingan. 3. Fagositoz hayvonot olamida keng tarqalgan 4.Fagositoz o’simliklar olamida keng tarqalgan 5. amyoba fagositoz yo‘li bilan oziqlanadi 6. Leykotsitlar ham fagositoz xususiyatiga ega 7. “pino” – ichaman degan so‘zdan olingan A) 1.3.6 B) 2.5.6 C) 2.6.7 D) 3.5.7
8. Hujayra qobig‘ida maxsus teshikchalar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari bir-biri bilan tutashgan qaysi organizmlarda bo‘ladi? 1.machin 2. Suvayg’ri 3. Yapon saforasi 4. Gulmoyi 5.oyoqsiz kaltakesak 6.kanakunjut 7.volfiya A) 2.4.5 B)1.3.4.6.7 C)1.3.6.7 D)2.4.5.6
9. Endoplazmatik to‘rga xos bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsating.
1) o‘simlik hujayrasining endoplazmatik to‘rlari bir-biri bilan tutashgan; 2) membranali organoid; 3) vakuola hosil qiladi; 4) golji majmuasidan hosil bo‘ladi; 5) moddalar almashinuvi jadal borayotgan hujayralarda ko‘p uchraydi; 6) ribosomalar bilan hamkorlikda ishlaydi;
7) donador endoplazmatik to‘rda glikogen hosil bo‘ladi; 8) invaginatsiya gipotezasiga ko‘ra yadrodan paydo bo‘lgan; 9) kanallari membranasida fermentlar joylashgan
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 3, 5, 9 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 2, 4, 8
10.Umumiy ichki aylanma tizimi bo‘lib, uning kanallari orqali moddalar tashiladigan organoidga hos xususiyatni toping? A) Erkin yoki endoplazmatik to‘rning tashqi yuzasiga birikkan holda joylashishi mumkin B) Birinchi marta nerv hujayralari tarkibidan
topilgan C) moddalar almashinuvi jadal borayotgan hujayralarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi D) asosiy vazifasi energiya hosil qilish, ya’ni ATFni sintezlashdi
11.Golji majmuasi hos xususiyatni aniqlang? A) Golji majmuasi faoliyati tufayli yadro yangilanib turadi va o‘sib boradi B) Birinchi marta nerv hujayralari tarkibidan
topilgan C) moddalar almashinuvi jadal borayotgan hujayralarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi D) asosiy vazifasi energiya hosil qilish, ya’ni ATFni sintezlashdi
12. Hujayrada oqsil sintezini amalga oshiruvchi organoid bo‘lib, membranasiz organoidlar qatoriga kiradigan organoidni aniqlang? A) Golji majmuasi B) Endoplazmatik to‘r C) Sitoplazma D) Ribosomalar
13. Umumiy organoidlar misollar keltirilgan? 1.mitoxondriya, 2.hujayra markazi, 3.kiprikchalar 4.golji majmuasi, 5.ribosoma,6. evglena va spermatozoiddagi xivchinlar 7. endoplazmatik to‘r, 8. plastidalar 9. neyrofibrillalarni misol bo‘ladi. 10. lizosoma A)1.2.3.4.5.9 B)2.3.4.5.7.9
C)1.2.4.5.7.8 D) 1.4.5.7.10

Download 364.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling