М a V z u: Iqtisodiyotga kirish


Download 77.12 Kb.
bet8/15
Sana13.10.2023
Hajmi77.12 Kb.
#1701144
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Iqtisodiyotga kirish-fayllar.org

Neoliberalizm (F.Xayek, Shumpeter, L.Erxard) - asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvni eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo‘nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o‘tiladi.
Hozirgi paytda bu yo‘nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDH davlatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi.
Iqtisodiy fanda turli xil maktablarning mavjud bo‘lishi va iqtisodiy jarayonlarni bilishga turlicha yondoshuvlar iqtisodiy hayotning murakkabligi, o‘zgaruvchanligi va ziddiyatli bo‘lishini tasdiqlaydi. Shu sababli hech bir nazariya doimiy va mutloq haqiqat bo‘lib qolmaydi. Ayni vaqtda bu nazariyalar o‘z rivojlanishining u yoki bu bosqichida turgan jamiyat iqtisodiy muammolarini mushohada etish va hal qilishga ma’lum hissa qo‘shadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darsliklarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishga alohida ustuvorlik berilsa, «Ekonomiks» yo‘nalishidagi kitoblarda asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyoviy buyumlarga bo‘lgan munosabatini, iqtisodiy xatti- harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilgan.

Download 77.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling