Nam havo, nam havo parametrlari
Download 170.59 Kb.
|
nam havo, nam havo parametrlari.REJA1. Asosiy tushunchalar2. Nam havoning zichligi, gaz doimiysi va entalpiyasi 3. Nam havoning hd – diagrammasiAsosiy tushunchalarKislorod, azot, karbonat angidrid va oz miqdordagi inert gazlardan (argon, neon, geliy, ksenon, kripton) iborat bo‘lgan atmosfera havosi tarkibida qandaydir miqdorda suv bug‘lari bo‘ladi. Quruq havo bilan suv bug‘i aralashmasi nam havo deb aytiladi. Nam havo texnikada, avvalo quritish jarayonlarida keng qo‘llaniladi. Nam havo gazlar aralashmasining xususiy xollaridan biridir. Dalton qonuniga muvofiq, gazlar aralashmasidagi har bir gaz o‘zini shu aralashma temperaturasida aralashmaning butun hajmini egallagandek tutadi, boshqacha qilib aytganda, gazlar aralashmasidagi gazlarning partsial bosimlari yig‘indisi shu aralashmaning umumiy bosimiga teng. Quruq havoning partsial bosimini phavo bilan, suv bug‘ining partsial bosimini pb va aralashmaning ya’ni nam bug‘ning bosimini p bilan belgilab, Dalton qonuniga muvofiq quyidagini olamiz: p=phavo+pb (6.1) Odatda nam bug‘ bosimi atmosfera bosimi (B) ga teng bo‘lgani uchun quyidagicha yozish mumkin: B=phavo+pb (6.2) Bug‘ – havo aralashmasida suv bug‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aralashmada suv bug‘ining partsial bosimi shunchalik yuqori bo‘ladi. Nam havodagi suv bug‘ining partsial bosimi pb, nam havoning mazkur temperaturadagi to‘yinish bosimidan (ps) yuqori bo‘la olmaydi, ya’ni pbps (6.3) Nam havodagi suv bug‘ining maksimal partsial bosimi ps aralashma bosimi p ga bog‘liq bo‘lmay, faqat aralashma temperaturasiga bog‘liq. pb s bo‘lgan nam havoni to‘yinmagan, pb=ps bo‘lgan nam havoni esa to‘yingan nam havo deb ataymiz. To‘yinmagan nam havodagi suv bug‘i o‘ta qizigan holatda turadi. Download 170.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling