Nam havo, nam havo parametrlari
Nam havoning zichligi, gaz doimiysi va entalpiyasi
Download 170.59 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nam havoning hd – diagrammasi
Nam havoning zichligi, gaz doimiysi va entalpiyasiNam havoning zichligi aralashma temperaturasidagi va o‘zining partsial bosimida olingan bug‘ va quruq havo zichliklari yig‘indisiga teng. =b+h, (6.11) ya’ni =p/RT; (6.12) Nam havoning gaz doimiysini quyidagi tenglamalardan aniqlash mumkin: (6.13) Nam havo entalpiyasi quruq havo va suv bug‘i entalpiyalari yig‘indisiga teng. Nam havo entalpiyasini 1 kg quruq havoga yoki (1+d) kg nam havoga nisbatan olish mumkin. (1+d) kg nam havo entalpiyasi quyidagiga teng: h=hx+dhb (6.14) 1 kg quruq havo entalpiyasi (kJ/kg) miqdori uning temperaturasi tS qiymatiga teng, chunki p=const da quruq havo solishtirma issiqlik sig‘imi 1kJ/(kggrad) ga teng. 1 kg quruq to‘yingan bug‘ning past bosimlardagi entalpiyasi quyidagi empirik formuladan aniqlanishi mumkin: hb=2490+1,97 tT, u holda nam havo entalpiyasi: h=t+(2490+1.97tT)d bo‘ladi. Nam havoning hd – diagrammasiNam havo parametrlarini prof. A.K. Ramzin tomonidan 1918 yilda taklif qilgan hd – diagramma yordamida aniqlash qulaydir. Agar ordinata o‘qiga nam havo entalpiyasi h ni, abtsissalar o‘qiga esa havoning nam saqlami d ni qo‘yib chiqsak, u holda hd – diagramma hosil bo‘ladi. Bu diagramma yordamida nam havo bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblarni, jumladan parametrlarni aniqlash va quritish jarayonlarini tekshirish mumkin. Diagrammada turli xil chiziqlarni qulayroq joylashtirish uchun koordinata o‘qlari bir-biriga nisbatan 135 ostida joylashtiriladi. Bu qiyshiq burchakli diagrammada d=const chiziq vertikal (ordinatalar o‘qiga parallel) joylashadi. Bu qiyshiq burchakli hd – diagrammada izoentalpiyalar (6.3-rasm) d o‘qiga parallel, ya’ni o‘sha burchak ostida joylashgan. Qiyshiq burchakli tizimda temperaturalar ortishi bilan izotermalar qiyaligi ham ortadi, bunda 0S izotermaning qiyaligi nolga teng bo‘ladi. Diagramma 98 kPa barometrik bosim uchun tuzilgan. Lekin diagrammadan boshqa bosimlarda ham foydalanish mumkin, chunki atmosfera bosimini odatdagi o‘zgarishlarida h va d kam o‘zgaradi. hd – diagramma t va orqali h va d ni, d orqali pb–ni aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari hd – diagrammadan nam havoning har bir holati uchun shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Nam havoni isitish d=const da ro‘y beradi. hd – diagrammada bu jarayon AV vertikal chiziq bilan tasvirlangan. Sovitish jarayoni ham d=const da kechadi (MO to‘g‘ri chiziq). Bu jarayon havoni to‘liq to‘yinishgacha, ya’ni =100% gacha to‘g‘ridir. Havo bundan keyin ham sovitilsa, u namlik bilan o‘ta to‘yinadi va havodan namlik shudring sifatida ajralib chiqadi. Kondensatsiya jarayonini shartli ravishda =100% chiziq bo‘yicha kechadi deb hisoblash mumkin. Masalan, 0 nuqtadan С nuqtagacha kondensatsiyalanish natijasida hosil bo‘lgan suv miqdori (1kg quruq havoga nisbatan) d1–d2 ga teng. Havoni o‘zgarmas bosimda namlik bilan to‘yingan jarayoni h=const da ro‘y beradi (MС kesma). hd–diagramma yordamida shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Buning uchun havoning ma’lum holatini belgilovchi nuqtadan =100% chizig‘igacha vertikal o‘tkaziladi va kesishgan nuqtadan o‘tuvchi izoterma shudring nuqta temperaturasini (0 nuqta) bildiradi. 6.3-rasm. Nam havoning hd - diagrammasi Download 170.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling