Iqtisodiyotga kirish


Download 252.5 Kb.
bet5/14
Sana25.02.2023
Hajmi252.5 Kb.
#1229804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1мавзу

EQD=XI/EUD*100
Ehtiyojlar qondirilish darajasi odatda iste’mol bilan taqqoslanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste’mol qilingan tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida baholanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste’mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, go‘sht, sabzavot, meva har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatgich, uy-joy maydoni va boshqalar.

asi

Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol daraj ortib, ehtiyojlar to‘laroq qondirila boradi.
Ehtiyojni qondirish usullari ham o‘zgaradi.
Iste’mol ne’matlari turi ko‘payadi.
Ehtiyojlarni qondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi. Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining ehtiyojlarini qondirilishi ularning farovon yashashi, uzoq umr ko‘rishining garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur bo‘ladi.
Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbati o‘zgarishining uch muqobil varianti mavjud bo‘ladi:

  1. Regressiv. Bu muqobil holat uzoq muddat ishlab chiqarishning tushkunlikda bo‘lishi natijasidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin. Aholi iste’moli miqdor va sifat jihatdan ham kamayib boradi. Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlarini qondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ko‘rish mumkin.

  2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab

chiqariladi va ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o‘sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (- taqsimot - ayriboshlash - iste’mol) va ehtiyojlar doira shaklini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol hozirgi paytda ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.
3.Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdori ko‘payadi, sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o‘sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qator beqarorliklarga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi.

Download 252.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling