Ilgarilari insonlarning fikricha yer shunchalik kattaki biz xohlasak ham atrof
Download 1,15 Mb.
|
document-merge63fe3e242cdcf
KirishIlgarilari insonlarning fikricha yer shunchalik kattaki biz xohlasak ham atrof muhitga oz bo’lsada ta’sir eta olmaymiz. Qachonlardir shunday bo’lgan lekin hozir emas va hozir shunday emasligining asosiy sabablaridan biri ekologik tizimning eng zaif qismi atmosferadir. U ingichka bo’lgani uchun zaifdir. Amerikalik astronom Karl Saganning fikriga ko’ra Iqlim o’zgarishi hozirgi kunning eng katta muammolariga aylanib bormoqda. Bundan 20-30 yil avval iqlim o’zgarishi ilmiy doiralarda muhokama qilingan bo’lsa, hozirgi kunga kelib bu muammo butun dunyo hamjamiyatiga ma’lum bo’ldi. Iqlim o’zgarishi planetamizning uzoq geologik o’tmishida ham tabiiy omillar ta’sirida sodir bo’lgan. XXI asrga kelib iqlim o’zgarishi antropogen omillar ta’sirida yuzaga kelayotlanligi isbotlab berildi. Hozirgi kunda ta’sirning uchta asosiy mexanizmi aniqlangan. Atmosferada issiqxona effektini hosil qilivchi gazlar konsentratsiyasining ko’payishi, energiya ishlab chiqarishning o’sishi va atmosfera tarkibidagi aerazollarning miqdori, tarkibi o’zgarishidan iborat. Buning natijasida yer sharining o’tgan 100 yil davomida planetamizning o’tacha havo harorati 10 C ga ortdi. Haroratning ko’tarilishi tabiatda tabiiy muozanatning izdan chiqishiga sabab bo’lmoqda: qutb muzliklarining erishi, dunyo okeani suv sathining ko’tarilishi, cho’llanish, suv toshqinlari va dovullar tez-tez sodir bo’lmoqda. tayyor emasmiz. Boshqa global ekologik muammolar bilan taqqoslaganda, iqlim muammosi ayniqsa murakkab ko‘p komponentli tabiat bilan ajralib turadi. Bu inson faoliyatining barcha sohalariga u yoki bu darajada ta’sir qiladi va turli sohalarda ishlaydigan mutaxassislar iqlim o’zgarishi va uning oldini olishga oid bilimga ega bo‘lishlari va iqlim o‘zgarishi jihatlarini hisobga olishlari kerak. O‘quv qo’llanmaning mazmuni 60730100 Ekologiya va atrof muhit muhofazsi yo’nalishi talabalari uchun iqlim o‘zgarishi, oqibatlari, yumshatish, moslashish" o‘quv fani uchun dasturiga mos keladi. So‘nggi yillarda ko‘plab ilmiy maqolalar nashr etilganiga qaramay respublikamizning ta’lim muassasalarida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shu munosabat bilan tavsiya etilgan o‘quv qo’llanma nashri quyidagilarga qaratilgan:
Download 1,15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling