Ilgarilari insonlarning fikricha yer shunchalik kattaki biz xohlasak ham atrof


-Mavzu: IQLIM VA OB-HAVO TUSHUNCHALARI IQLIM VA OB-HAVO


Download 1.15 Mb.
bet2/3
Sana09.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1256390
1   2   3
Bog'liq
document-merge63fe3e242cdcf

1-Mavzu: IQLIM VA OB-HAVO TUSHUNCHALARI IQLIM VA OB-HAVO


Iqlim va ob-havo o’zaro chambarchas bog‘liq, lekin ularning orasida farqlar mavjud. Aksariyat insonlar ushbu tushunchalar orasidagi tafovutni farqlay olmasliklari mumkin. Ma’lumki, ob-havo doimo turg’un bo‘lavermaydi. Ob- havoni oldindan aytish mushkul bunga sabab u doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham kuz va bahor oylarida qanday ob-havo bo’lishi mumkinligini aytish biroz qiyinchilik tug’diradi.










baholash, tahlil qilish bilan Metereologiya fani shug‘ullanadi. Ob-havo yillar davomida o‘zgarib turadi. Ob-havo iqlimga nisbatan barqaror emas. Ob-havoning ko’p yillar davomidagi ko‘rsatgichlari esa iqlimni tavsiflaydi.
Ma’lum bir geografik zonaning iqlimi haqida batafsil ma’lumotlar yer shari uzra o’rnatilgan ko’plab metereologik stansiyalar va postlar vositasida qayd etib boriladi. ularning iqlimiy sharoitlarini boshqa hududlarning iqlim sharoitidan farqlashga, bazida sodir bo’layotgan “anomal iqlimiy holatlar”, havo yo’nalishi va havo oqimi kabi ma’lumotlarni umumlashtirilgan holatda aholini, davlat boshqaruv organlari va xalqaro hamjamiyat tashkilotlarini ob-havo to’g’risidagi ma’lumotlarni bilishi, noqulay ob-havo va uning injiqliklaridan xabardor bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu kabi metereologik kuzatishlar insonlarni ob-havo sharoitiga mos tazrda ish tutishiga va tabiatdagi ob-havo o’zgarishlaridan ogoh bo‘lishga yordam beradi.






faoliyatimizda ro‘znoma, internet, televideniya, radio orqali ma’lum bir joy va vaqtda aynan ob-havo to‘g‘risidagi bir qancha ma’lumotlarni olamiz.
Iqlim- yer sirtining quyosh nurlariga nisbatan og’ishiga aloqador tarzda ob- havoning ma’lum bir hududga xos ko‘p yillik majmuaviy maromidir. Ushbu ko’p yillik geografik marom muayyan bir joyning geografik joylashuvi va statistik rejimi bilan farqlanadi. Muayyan bir hududning 30 yillik vaqt davridagi o‘rtacha ob-havo holatidan kelib chiqadi. Iqlim o’zida kam o‘zgaruvchanlikni, ob-havoga nisbatan turg’un meterologik parametrlarni mujassamlashtiradi. Iqlimning
davriylik yoki sikllilik xususiyatlari mavjud. Iqlim sharoiti aynan bir hududda doimiy ravishda bir xilda bo‘lmaydi. Davrlar o’tishi bilan iqlim ham o‘zgaradi, lekin bu o‘zgarish ob-havoga qaraganda nisbatan chegaralangan bo‘ladi va sekin- astalik bilan amalga oshadi.
Tarixan turli davrlarda iqlimga turlicha ta’rif berilgan. Qadimgi Gretsiyaliklar Yerning
boisdan ham iqlimni yunonchada “Klimatos”-“qiyalik” deb nomlashgan. Iqlim haqidagi fan esa Klimatologiya bazi adabiyotlarda metereologiya (Yu.Petrov 2010) yoki o‘zbekchada Iqlimshunoslik deya nomlanadi.
Inson hayoti va uning kelajagi uchun muhim ma’lumotlarni beradigan fanlardan bo’lganligi tufayli iqlimshunoslik muhim va ayni vaqtda dolzarb fanlardan hisoblanadi. Quyida iqlimshunoslikning asosiy vazifalari keltirilgan:
-nafaqat mahalliy, balki mintaqaviy shunidek global miqyosda ob-havoning uzoq davrlik holati va uning davriy o‘zgarishini aytib berish;
-tadqiq etish yo‘li orqali iqlimni hosil qiluvchi barcha omillar va jarayonlarning o‘zaro ta’sirini, iqlimning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish.
-iqlim o‘zgarishini, shuningdek, tabiiy va antropogen ta’sirlar natijasida kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo‘lgan iqlimga oid o‘zgarishlarini o’rganish.
-iqlimiy tizimning hosil bo’lishi va shu tizimning o‘zgarishlarini fizikaviy- matematik modellashtirish;
-iqlimning sayyora bo’yich geografik taqsimlanish qonuniyatlarini tadqiq

etish,









Mikroiqlim- hududiy jihatda uncha katta bo’lmagan geografik zonalar iqlimi. Masalan mahalla, istirohat bog‘lari, ko‘l qirg‘oqlari, sanoat korxonalari, o‘rmon atroflari, tog‘ daralari iqlimi.
Mahalliy iqlim-bu mikroiqlimga qaraganda hududiy kattaroq bo‘lgan madaniy landshaft va tabiiy hududlar, viloyatlar, shaharlar, ko‘llar, o‘rmonlar doirasidagi uzoq muddatlik iqlim statistikalarini beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Samarqand shahri yoki Qashqadaryo viloyati iqlimi.





Global iqlim – bu planetamizning iqlimi.
Mikroiqlim, mahalliy, regional, umum sayyoraviy iqlim parametrlari uzluksiz bog‘langan. Planetamizning iqlimi regional, u o‘z navbatida mahalliy va mikroiqlim ko‘rsatgichlarini jamlashtirish va tizimlashtirishdan hosil bo’ladi. Chunki kichik bir hudud miqyosida turli iqlim parametrlari asosiy o’rin tutadi. Masalan, Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi tekislik hududlarining iqlimi (Shahrisabz shahri atrofi) o‘rta yoki baland tog‘ (Hisor tizmasi) iqlimi o’rtasida ahamyatli darajada tafovut mavjud.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling