5-Ma’ruza. Ob-havo va iqlim. Reja


Download 345.22 Kb.
bet1/6
Sana25.02.2023
Hajmi345.22 Kb.
#1227996
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu.Ob-havo va iqlim


5-Ma’ruza. OB-HAVO VA IQLIM.


Reja:
1. Ob-havo va uning elementlari
2. Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar
3. Iqlimning tebranishi va o‘zgarishi


Tayanch iboralar:bug‘lanish, havoning namligi, kondensatsiya, sublimiatsiya, ob-havo, iqlim, yog‘in, iqlim turi, iqlim mintaqasi, iqlim o‘zgarishi.


1. Ob-havo va uning elementlari
Barcha atmosfera jarayonlari va ularning hosilalari, ya’ni meteorologik elementlar birgalikda ob-havo bilan iqlimni vujudga keltiradi.
Atmosfera jarayonlarining ma’lum bir joydagi va muayyan vaqtdagi holati ob-havo deyiladi. Ob-havo meteorologik elementlarning birgalikda olingan miqdorlari bilan belgilanadi; meteorolog‘ik elementlarga atmosfera bosimi, havo va tuproq harorati, havo va tuproq namligi, shamol, bulutlilik, ko‘rinish uzoqligi, yog‘inlar miqdori va turi, tuman, qor bo‘roni, momaqaldiroq va boshqalar kiradi.
Ob-havo kamdan-kam va qisqa vaqt davomida barqaror turadi, u odatda tez-tez o‘zgaradi, shuning uchun meteorologik elemvntlar ham tez-tez - sutkasiga sakkiz marotaba yoki muttasil o‘lchab boriladi.
Biror joydagi ob-havoning uzoq vaqt davomida ma’lum tartibda almashinib turishi shu joyning iqlimi deyiladi. Ob-havodan farq qilib, iqlim uzoq vaqt davomida olib borilgan kuzatish natijasidir: ko‘pincha 35 yoki 100 yil hisobga olinadi. Iqlim - atmosferaning xususiyatidir. Quyosh radiatsiyasi, havo va atmosfera namligi uning moddiy ifodasi hisoblanadi.
Iqlimlar yana dengiz iqlimi, kontinental iqlim va oraliq iqlimlarga bo‘linadi. Dengiz iqlimli o‘lkalarda yog‘in ko‘p yotadi, yil bo‘yi bir tekis taqsimlanadi, yozda harorat pastroq, qishda esa iliqroq bo‘ladi. Masalan, G‘arbiy Yevropaning o‘rta kengliklari, Buyuk Britaniya orollari iqlimi dengiz iqlimi. Yevrosiyoning markaziy qismlari, O‘rta Osiyo iqlimi kontinental iqlim. Yoz va qish oylari havo harorati farqi katta, yog‘in kam, O‘rta Yevropa iqlimi oraliq iqlimdir.
Iqlim makroiqlim va mikroiqlim deb ham bo‘linadi. Mikroiqlim mahalliy omillar – relef, yer yuzasi holati, suv havzasi, inson ta’sirida tarkib topadi va asosan havo harorati, yog‘in miqdorida farq qiladi.
Tog‘li o‘lkalarda iqlim balandlik va orografik tuzilish ta’sirida ham o‘zgaradi. Har 100 m ko‘tarilganda harorat 0,60 dan 1,0 gacha pasayadi1. Yonbag‘irlarning qaysi tomonga (shamollarga, quyosh nuriga nisbatan) qaraganiga qarab yog‘in miqdori ham o‘zgaradi. Masalan, yog‘in miqdori G‘arbiy Tyanshan tog‘larida har yuz metr ko‘tarilganda 40 mm gacha ko‘payadi.


        1. Download 345.22 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling