Mavzu-22: Quyosh radiatsiyasi Reja


Download 490.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi490.99 Kb.
#1035816
  1   2   3
Bog'liq
22-MA\'RUZA



Mavzu-22: Quyosh radiatsiyasi 
Reja: 
1. Quyosh radiatsiyasi va uning tarkibi. 
2. Quyoshning doimiyligi. Quyosh issiqligining tarqalishi va uning geografik 
kenglikka bog’liqligi
3. Yerning radiatson va issiqlik muvozanati. 
4. Atmosferaning va Yer yuzasining issiqlik me’yori.
Tayanch iboralar: Quyosh radiatsiyasi, Quyosh doimiyligi, Quyosh doimiyligi, To’g’ri 
radiatsiya, tarqoq radiatsiya, yalpi radiatsiya, effektiv nurlanish, qarshi nurlanish, 
al’bedo
Issig’lik va yoriug’lik sayyoramizning geografik qobig’i uchun eng muhim 
omildir. Yer yuzasidagi issiqlik va yorug’likning asosiy manbai – Quyoshdir. Yerning 
ichki issig’ligi esa Quyosh issig’ligidan 5 ming marta kam. Demak, Yer yuzasining 
issiqlik balansida Quyosh hal qiluvchi rol o’ynaydi. Yer yuzasi Quyoshdan bir yilda 
1,37x10
24
J energiya oladi. Quyosh radiatsiyasi atmosfera, gidrosfera, biosfera va 
litosferani ustki qismida bo’ladigan hamma jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. 
Quyosh nurining ma’lum yuzaga sochilish intensivligi nurning tushish burchagiga va Yer 
bilan Quyosh orasidagi masofaga bog’liq. Yer yuzasiga fazodan Quyosh va boshqa 
osmon jismlari issiqligi keladi. Fazodan keladigan issiqlikning 97% ni Quyoshdan 
keladigan issiqlik tashkil qiladi. Mazkur issiqlik Quyoshning elektromagnit nurlarini 
taratishi natijasida vujudga keladi. Yer yuzasining 1 sm
2
maydoniga 1 mn. davomida 
tushadigan Quyosh issiqligining miqdori Quyosh doimiyligi deb ataladi (1,98 kkal/sm
2

min.). Quyoshdan keladigan elektromagnit nurlari turli xil uzunlikdagi to’lqinlardan 
iborat (ultraqisqa to’lqinli, uzun to’lqinli, olis ultrabinafsha, yorug’lik va yaqin infraqizil 
nurlar). Ultraqisqa to’lqinli radiatsiya (<0,1027 mkm) atmosferaning 100-200 km. 
balandlikdagi qatlamlarigacha kirib keladi va molekulalarni ionlashishiga olib keladi. 
Uzunroq to’lqinlar (0,1027-0,24 mkm) atmosferaning 70-80 km balandlikdagi 
qatlamigacha tushib keladi va molekulyar radiatsiyalarni hosil bo’lishiga olib keladi, 
natijasida radikal ionlar vujudga keladi. Olis ultrabinafsha to’lqinlar (0,2424-0,2900 
mkm) 15-25 km balandlikda ozon qatlami tomonidan to’la yutiladi. Mazkur nurlar 
molekulyar kislorodni dissotsiatsiyani keltirib chiqaradi, ozon hosil bo’lishiga olib keladi 
va stratosferani qizitib yuboradi. Ular ionosfera va ozonosferani hosil qiladigan asosiy 
omil bo’lib hisoblanadi. Yaqin ultrabinafsha to’lqinlar (0,029-0,40 mkm), yorug’lik 
nurlari va infra qizil nurlari Yer yuzasiga bevosita yetib keladi va geografik qobiqdagi 
fotoximik va termoximik reaktsiyalar hamda radio to’lqin nurlanishni keltirib chiqaradi. 
Yer yuzasiga fazodan Quyosh va boshqa osmon jismlari issiqligi keladi. Fazodan 
keladigan issiqlikning 97% ni Quyoshdan keladigan issiqlik tashkil qiladi. Mazkur 
issiqlik Quyoshning elektromagnit nurlarini taratishi natijasida vujudga keladi. Yer 
yuzasining 1 sm
2
maydoniga 1 min. davomida tushadigan Quyosh issiqligining miqdori 
Quyosh doimiyligi deb ataladi (1,98 kkal/sm
2
. min.). Quyoshdan keladigan elektromagnit 
nurlari turli xil uzunlikdagi to’lqinlardan iborat (ultraqisqa to’lqinli, uzun to’lqinli, olis 
ultrabinafsha, yorug’lik va yaqin infraqizil nurlar). Ultraqisqa to’lqinli radiatsiya 
(<0,1027 mkm) atmosferaning 100-200 km. balandlikdagi qatlamlarigacha kirib keladi va 
molekulalarni ionlashishiga olib keladi. Uzunroq to’lqinlar (0,1027-0,24 mkm) 
atmosferaning 70-80 km balandlikdagi qatlamigacha tushib keladi va molekulyar 
radiatsiyalarni hosil bo’lishiga olib keladi, natijasida radikal ionlar vujudga keladi. Olis 
ultrabinafsha to’lqinlar (0,2424-0,2900 mkm) 15-25 km balandlikda ozon qatlami 
tomonidan to’la yutiladi. Mazkur nurlar molekulyar kislorodni dissotsiatsiyani keltirib 


chiqaradi, ozon hosil bo’lishiga olib keladi va stratosferani qizitib yuboradi. Ular 
ionosfera va ozonosferani hosil qiladigan asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Yaqin 
ultrabinafsha to’lqinlar (0,029-0,40 mkm), yorug’lik nurlari va infra qizilnurlari Yer 
yuzasiga bevosita yetib keladi va geografik qobiqdagi fotoximik va termoximik 
reaktsiyalar hamda radio to’lqin nurlanishni keltirib chiqaradi. Quyosh nuri 
perpendikulyar tushsa, joy eng ko’p radiatsiya oladi, chunki bunday holatda Quyoshning 
bir to’p energiyasi kichik maydonga tushadi, aksincha, u yotiq tushsa, o’sha bir to’p nur 
energiyasi kattaroq maydonga tarqaladi. Quyosh nurining qancha burchak hosil qilishi,
joyning geografik kengligi hamda Quyoshning gorizontdan qanchalik baland turishiga 
bog’liq. Quyosh nuri 23
0
30
,
shimoliy kenglik bilan xudi shu darajadagi janubiy kenglik 
orasidagi maydonga eng katta 90
0
burchak hosil qilib tushadi. Yer yuzasining qolgan 
kengliklarida esa Quyosh nurining tushuish burchagi 90
0
dan kam bo’ladi. Demak, 
Quyosh nurining tushish burchagi qanchalik yotiq bo’lsa, Quyosh radiatsiyasining 
intensivligi shunchalik kam bo’ladi. Masalan, agar tush paytida radiatsiya kuchini 
ekvatorda 1 deb olsak, 60
0
kenglikda 0,5 ga, qutbda esa 0 ga barobar bo’ladi. Yerning 
sharsimonligi va o’qi orbita tekisligiga og’ganligi natijasida Quyosh nurining tushish 
burchagi yil davomida o’zgarib turadi. Yerning radiatsiya orqali oladigan energiyasining 
miqdori faqat nurning tushish burchagiga emas, balki Quyoshning yoritish davrining 
uzun va qisqa bham bog’liqdir. Quyosh nurining tushish burchagi singari, uning yoritish 
davri ham yil fasllariga qarab o’zgaradi. Ekvator atrofida kun bilan tunning uzunligi 
yilning hamma fasllarida deyarli teng bo’lsa, o’rtacha va qutbiy kengliklarda tun bilan 
kunning nisbati yil fasllarida keskin o’zgaradi. Masalan 70
0
sh.k.da Quyosh yozda 65 
sutka, qutbda esa 180 sutka mobaynida botmaydi. Qutbda yozda Quyoshning uzoq faqt 
yoritib va isitib turishi issiqlikning etishmasligini birmuncha qoplaydi. Qish faslida esa 
Quyosh butunlay chiqmaydi, oqibatda radiatsiya miqdori 0
0
ga barobar bo’ladi.Ana 
shuning uchun ham qutbda Quyosh radiatsiyasining yillik o’rtacha miqdori 
ekvatordagidan 3-3,5 marta kam bo’ladi. Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga etib 
kelishiga yana atmosfera ham ta’sir ko’rsatadi. Chunki atmosfera quyoshdan kelayotgan 
nurning bir qismini yutadi: Quyoshdan kelayotgan nurning bir qismini suv bug’lari yutsa, 
qisqa to’lqinli ultra binafsha nurni esa ozon yutadi. Korbanat angidrid esa uzun to’lqinli 
nurni ushlab qoladi. Shunday qilib, Quyoshdan kelayotgan yorug’likning bir qismi (15%) 
atmosferada sarflanadi (yutiladi), natijada Yerga kelayotgan Quyosh radiatsiyasi 
kuchsizlanib qoladi. Quyosh radiatsiyasining atmosferada sochilib, yutilib susayishi 
Yerning turli kengliklarida turlichadir. Chunki Quyosh nurining tushish burchagi katta 
bo’lsa, u atmosfera orqali qisqa, aksincha, tushish burchagi kichik bo’lsa, uzoq yo’l bosib 
o’tadi. Agar Quyosh zenitda tursa, nur tik tushadi va atmosferaning eng yaqin va qisqa 
yo’l bilan kesib o’tadi, natijada Quyosh radiatsiyasi Yer yuzasida kuchli bo’ladi. Quyosh 
nurining tushish burchagi 90
0
bo’lganda, uning atmosferadan o’tadigan yo’lining uzunligi 
1,0 deb olsak, shunda radiatsiyaning susayish darajasi 25% bo’ladi. Quyosh nurining 
tushish burchagi 50
0
bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’li 1,30 ga teng, 
radiatsiyaning susayish darajasi 31% ga etadi. Quyosh nurining tushish burchagi 30
0
bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’li 2,0 ga teng, radiatsiyaning susayish darajasi
44% , 10
0
burchak hosil qilib tushganda esa, atmosferadan o’tadigan nur yo’lining 
uzunligi 5,56, radiatsiyaning susayish darajasi 80% ga teng, Quyosh nurining tushish 
burchagi 0
0
bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’lining uzunligi 35,40, 
radiatsiyaning susayish darajasi 100% bo’ladi. 
Yerning shakli sharsimon bo’lganligi tufayli turli kengliklarda Quyosh nurlarining 
Yer yuzasiga tushish burchagi turlicha. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning miqdori 


nurlarning tushish burchagi qancha katta bo’lsa shuncha ko’p bo’ladi. Quyosh nurlari tik 
tushadigan hududlarda, issiqlik tushayotgan nurlarning ko’ndalang kesimi maydoniga 
teng maydonda tarqaladi. Quyosh nurlari qiya tushgan hududlarda ma’lum miqdordagi 
issiqlik kattaroq maydonda (v) taraladi, shuning uchun maydon birligiga to’g’ri keladigan 
issiqlik miqdori kam bo’ladi
Quyosh issiqligining sur’atini nurlarni tushish burchagiga bog’liqligini 
quyidagicha ifodalash mumkin. S

Download 490.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling