Mavzu-22: Quyosh radiatsiyasi Reja


Download 490.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi490.99 Kb.
#1035816
1   2   3
Bog'liq
22-MA\'RUZA

1

Co Sinh. So – nur tik tushgan paytdagi Quyosh 
radiatsiyasining sur’ati (intensivligi). S
1
- Quyosh nurlarini ma’lum bir burchak ostida 
tushgan paytdagi radiatsiya sur’ati. Quyosh nurlari faqat tropik kengliklardagina (23
o
27
1
shimoliy kenglikdan 23
o
27
1
janubiy kenglikkacha) 90
o
burchakda Yer yuzasiga tushadi. 
Boshqa kengliklarda esa u doimo 90
o
dan kam. Shuning uchun turli kengliklar turlicha 
miqdorda Quyosh issiqligini oladi. 
Turli kengliklarda teng kunlik va Quyosh turish davrlarida Quyoshning 
ufqdan balandligi 
Kengliklar 
21 mart 
22 iyunь 
23 sentyabrь 
22 dekabrь 
Shimoliy qutb 

23,5 


Shimoliy qutb doirasi 
23,5 
47 
23,5 

Shimoliy tropik 
66,5 
90 
66,5 
43 
Ekvator 
90 
66,5 
90 
66,5 
Janubiy tropik 
66,5 
43 
66,5 
90 
Janubiy qutb doirasi 
23,5 

23,5 
47 
Janubiy qutb 



23,5 
Yer yuzasiga atmosfera orqali sochilmasdan keladigan radiatsiya to’g’ri radiatsiya 
deb ataladi. Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning bir qismi atmosfera tomonidan tarqatib 
yuboriladi. Bunday radiatsiyani sochma radiatsiya deb ataladi. Yer yuzasiga yetib 
keladigan to’g’ri va sochma radiatsiya miqdori yalpi radiatsiya deb ataladi. Bulutlik 
yuqori bo’lsa sochma radiatsiya to’g’ri radiatsiyadan ko’p bo’ladi, atmosefra tiniq bo’lsa 
to’g’ri radiatsiya sochma radiatsiyadan ko’p bo’ladi. 
Tropik cho’llarda (Saxroi Kabirning sharqi, Arabiston yarim orolining markaziy 
qismlari) yalpi radiatsiya miqdori yuqori bo’ladi, mazkur hududlarda ekvator tomon 
yillik radiatsiya miqdori maydon birligiga (1 sm
2
) 120-160 kkal. ga kamayadi. Mo’tadil 
kengliklarda yillik Quyoshdan keladigan radiatsiya miqdori 80-100 kkal, Arktikada 60-
70 kkal, Antarktidada esa atmosfera tiniq bo’lganligi uchun yalpi radiatsiya 100-120 
kkal. ni tashkil qiladi. Yozda (iyun oylarida) Shimoliy yarim shar eng katta miqdorda 
yalpi radiatsiya oladi, ayniqcha bu miqdor tropik va subtropik kengliklarning ichki 
quruqlik qismlarida juda yuqori bo’ladi. Mo’tadil va qutbiy kengliklar oladigan yalpi 
radiatsiya miqdori bir-biridan kam farq qiladi, chunki Ushbu davrda kunning uzunligi 
katta. Ekvator kengliklarida havoning namligi va bulutlik yuqori bo’lganligi uchun yalpi 
radiatsiya miqdori kam. Qishda (dekabr oyida) Janubiy yarim shar ko’p issiqlik oladi. 
Antarktida Shimoliy yarim sharning yozida Arktika oladigan issiqlikdan ko’proq issiqlik 
oladi, chunki Antarktidada havo juda ham tiniq bo’ladi. Bu yerda ham tropik cho’llar 
ko’p issiqlik oladi (Kalahari, Katta Avstrliya, Ichki tekisliklar), ammo shimoliy yarim 
shardagi cho’llardan kam issiqlik oladi, chunki janubiy yarim sharning katta qismi 
suvlikdan (okeanlardan) iborat bo’lganligi uchun namlik yuqori bo’ladi. Yer yuzasiga 
kelayotgan va qaytayotgan radiatsiya o’rtasidagi farq geografik qobiqning radiatsion 
muvozanati deb ataladi. Geografik qobiqning radiatsion muvozanati Yer yuzasining va 


atmosferaning radiatsion muvozanatlari yig’indisidan iborat. Yer yuzasiga kelgan 
radiatsiyani yalpi radiatsiya tashkil qiladi, Yer yuzasidan ketayotgan radiatsiyani esa 
albedo va effektiv nurlanish tashkil qiladi. Radiatsion muvozanat quyidagi tenglik orqali 
ifodalanadi:

Download 490.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling