6. Janubiy-Sharqiy Osiyoning geografik rayonlari Hindixitoy yarim oroli


Download 23.08 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi23.08 Kb.
#1240004
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Janubiy-Sharqiy Osiyoning geografik rayonlari


6. Janubiy-Sharqiy Osiyoning geografik rayonlari
Hindixitoy yarim oroli. Hindixitoy yarim oroli Yevrosiyoning eng janubi-sharqiy qismida joylashgan tabiiy geografik o ’lka. Uning maydoni 2 mln. km2 atrofida bo’lib, sharqiy va janubiy qirg’oqlarini Tinch okean dengizlari, g ’arbiy qirg’oqlarini Hind okeanining dengiz va qo’ltiq suvlari yuvib turadi. Hindixitoy yarim oroli materikning janubiy qismida joylashgan yarim orollardan qirg’oqlarining kuchli kesilganligi, geologik strukturasining murakkabligi va yer usti tuzlishining xilma-xilligi bilan farq qiladi. O’lka hududida Vetnam, Laos, Kampuchiya, Tailand, Birmaning katta qismi va Malayziya joylashgan. Hindixitoy yarim orolining markaziy qismi eng qadimiy Hind-Sina kristall massividan, sharqiy qismi mezozoy burmali va g ’arbiy qismi kaynozoy burmali strukturadan tarkib topgan. Tog’ tizmalarining yo’nalishi submeridional yo’nalishga ega.
Yer yuzasining umumiy qiyaligi shimoldan janubga tomon pasayib boradi. Shimoliy va markaziy qismlarida tog’liklar va platolar, janubiy qismida allyuvial pastekisliklar joylashgan. O’lkaning barcha tog’ tizmalari va tog’liklari shimoldan 455 janubga tomon cho’zilgan g ’arbiy, markaziy va sharqiy orografik mintaqalarga bo ’linadi. Yarim orolning g ’arbiy chekka qismida Rokxayn yoki Arakan tog’ tizmasi Bengal qo’ltig’i qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan. Uning janubiy davomi Andaman, Nikobar, Sumatra va Yava orollarigacha kirib boradi. Arakan tog’lari parallel tizmalardan iborat bo’lib, aksariyat qismi paleogen davrining yotqiziqlaridan tuzilgan. Uning eng baland nuqtasi Viktoriya cho’qqisida 3053 m ga yetadi. Arakan tog’ tizmasidan janubda balandligi 1898 m bo’lgan Sun tog’i, sharqiy tomonda baland nuqtasi 800 m ga ko’tarilgan Pegu past tog’lari joylashgan. Arakan va Pegu tog’ tizmalarini bo ’ylama cho’zilgan Iravadi vodiysi va shu nomli allyuvial pastekislik ajratib turadi.
G ’arbiy mintaqadan sharqroqda joylashgan markaziy orografik mintaqa shimolda Shan to g ’ligidan boshlanib, Malakka yarim orolining janubiy qismigacha davom etadi. Shan tog’ligi va uning janubiy davomi bo ’lgan tizmalar kembriydan oldingi qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan. Ulam ing ustki qismi paleozoyning ohaktoshlari va qumtoshlari bilan qoplangan. Bu qadimiy burmalangan zona mezozoy va kaynozoyda vertikal tektonik harakatlar natijasida qaytadan ko’tarilib burmali-palaxsali tog`lariga aylangan. Shan tog` ligi chuqur vodiylar va tog’oralig’i botiqlari bilan kuchli parchalangan. Uning g’arbiy ohaktoshli pastroq qismida karst relef shakllari yaxshi rivojlangan.
Sharqiy qismi tik yonbag’irli va dengiz sathidan 2000-2500 m baland ko’tarilgan. Ular Saluin daryosining chuqur vodiysi orqali ajralib turadi. Shan tog’ligidan janubda Tanentaunji (Intixanon cho’qqisi, 2595 m) va Bilau tizmalari joylashgan. Malakka yarim orolida markaziy m intaqa ancha kengayib balandligi orta boradi. Malakkaning shimoliy qam bar qismini Punet (1465 m) va Luang (1793 m) tog’lari, janubiy kengaygan qismini Taxan (2187 m) va Korbu (2183 m) to g iari egallagan. Hindixitoyning markaziy qismida maydoni 160000 km2 atrofida bo’lgan Korat platosi joylashgan. Uning balandligi 150-500 m dan 1000 m gacha boradi. Korat platosi bilan Pasak vodiysi oralig’ida meredian bo’ylab Dongpxrayafay tizmasi (Miang cho’qqisi, 2320 m), janubi-sharq tomonda Kravan (Kardamon) tog’i cho’zilgan bo’lib, baland nuqtasi Samkax cho’qqisida 1744 m ga yetadi. Hindixitoyning sharqiy qismidagi sharqiy orografik mintaqa shimoldan janubga dengiz qirg’og'i bo’ylab yo’nalgan. Uning shimoliy 456 qismidagi kuchli parchalangan tog’likda yarim orolning eng baland nuqtasi Fansipan cho’qqisi dengiz sathidan 3143 m k o ’tarilgan. Undan janubga tomon cho’zilgan Chionshon tizmasidagi Saylayleng tog’ida maksimal balandlik 2711 m ga, Raoko tog’ida 2286 m ga yetadi.
Sharqiy mintaqa tog’lari janubga tomon pasayib boradi. Iravadi, Menam va Mekong daryolarining quyi qismlarida allyuvial pastekisliklar katta maydonlami egallagan. Hindixitoyning janubi-sharqiy qismida yuzasi yassi tekis bo’lgan Dongrek botig’i joylashgan. Daryo vodiylari va pastekisliklar aholi eng zich joylashgan va maksimal o ’zlashtirilgan yerlar hisoblanadi. O ’lkaning qadimgi burmali strukturalardan tarkib topgan markaziy tog’ mintaqasi foydali qazilmalarga boy. Shan tog’ligidan qo’rg’oshin, rux, volfram, qalay, kumush va boshqa rudalar qazib olinadi. Malakka yarim orolidagi tog’larda, Annam tog’ida oltin, volfram, qalay konlari joylashgan. Sharqiy mintaqaning kaynozoy yotqiziqlarida neft konlari bor. Kravan (Kardamon) tog’lari sapfir, yoqut kabi qimmatbaho toshlarga boy.
Hindixitoy yarim orolining katta qismi subekvatorial mintaqada va janubiy (Malakka yarim oroli) qismi ekvatorial mintaqada joylashgan. Mintaqalar o’rtasidagi chegara taxminan 10° sh.k. dan o’tadi. Subekvatorial iqlim mintaqasida harorat, yog’in va musson sirkulyatsiyasining fasliy o’zgarishi aniq ifodalangan. Bundan tashqari o’lka hududida tog’ tizmalarining meredianal yo’nalishi qish oylarida shimoldan kontinental sovuq havoning kirib kelishiga to’sqinlik qila olmaydi.
Hindixitoyning shimoliy qismida Janubi-Xitoy dengizidan esadigan janubi-sharqiy mussonlar harakat qiladi. Bu yerda ham yog’inning asosiy 457 qismi yoz fasliga to’g’ri keladi. Dengiz tomonidan tropik tayfunlar kelib turadi. Yarim orolning sharqiy qirg’oqlariga yomg’ir shimoli-sharqiy yo’nalishdagi qishki mussonlar keltiradi. Maksimum yog’in kuz va qish oylarida kuzatiladi, yozda esa g’arbiy mussonlar sharqiy qirg’oqlarga orografik to’siq tufayli yetib bora olmaydi va u yerlar yoz faslida quruq bo’ladi. Hindixitoy yarim orolining barcha yirik daryolari Tibet tog`ligidan va Himolayning sharqiy qismidagi tog’lardan boshlanadi. Ular yuqori oqimida tog’ tizmalarini va tog’liklarni kesib o ’tib, quyi oqimida keng allyuvial pastekisliklar hosil qiladi. Kichik daryolar o’lka hududidagi tog’liklardan va tizmalardan boshlanadi. Barcha daryolar uchun musson rejim xarakterli.
Mekong daryosi faqat Hindixitoyda emas, balki Yevrosiyoda eng uzun daryolardan biri bo’lib, uzunligi 4500 km, havzasining maydoni 810 000 km2, maksimal suv sarfi 30000 m3/sek. ga, minimali 1500 m3/sek. ga teng. Mekong Tibetning Tangla tizmasidan boshlanib, Tinch okeanning Janubi-Xitoy dengiziga quyiladi. Quyi oqimida Mekongning suv rejimini Tonlesap ko ’li boshqarib turadi. Uzunligi jihatidan ikkinchi o ’rinda Saluin daryosi turadi. Uning uzunligi 3200 km, havzasining maydoni 325 000 km2, bu daryo ham Tangla tizm asining 4000 m balandligidan boshlanib, Hind okeanining Andaman dengizidagi Martaban qo’ltig’iga quyiladi.
Malay ayig’i, yo`lbars, qoplon, karkidon, yovvoyi mushuk, bug’u, jayra, bambuk kalamushi ko’pchilikni tashkil etadi. Suvda va quruqlikda 459 yashovchi hayvonlardan timsohlar uchraydi. Qushlardan jannat qushlari, tustovuqlar, kakliklar, to’tilar, yovvoyi tovuqlar, tovuslar ko’p tarqalgan. Malay arxipelagi. Malay arxipelagi Yer sharidagi eng yirik orollar landshaft o ’lkasi bo’lib, Osiyoning janubi-sharqida joylashgan. Uning tarkibiga Katta Zond (Kalimantan, Sumatra, Yava, Sulavesi), Kichik Zond (Bali, Lombok, Sumbava, Sumba, Flores, Lomblen, Alor, Vetar, Timor), M alukka va Filippin orollar guruhi kiradi. Maydoni 2 mln. km2 ga yaqin. Arxipelagning qirg’oq chiziqlari turli xil kesilgan. K o’pchilik orollaming g’arbiy va janubi-g’arbiy tog’li qirg’oqlari kam kesilgan, sharqiy va shimoli-sharqiy pastekislikli va botqoqli qirg’oqlari kuchli kesilgan.
Arxipelag relefida o ’rtacha baland va past tog’lar ustunlik qiladi. Barcha tog’lar alp burmalanishi jarayonida vujudga kelgan antiklinal ko’tarilmalar tizimida joylashgan. Aksariyat tog’lar mezozoy va uchlamchi davr ohaktoshlari, qumtoshlari va mergellaridan tuzilgan bo’lib, ulami vulkanik jinslar yorib chiqqan. Vulkan konuslari burmalangan poydevorlar ustida orollar shaklida alohida-alohida ko’tarilib turadi. Kalimantan va Sulavesi orollaridagi to g ’lar paleozoy jinslaridan tarkib topgan va burmali - palaxsali xarakterga ega. Sumatra, Yava va Kalimantan orollaridagi pastekisliklar sinklinal cho’kmalarda hosil bo’lgan. Malay arxipelagida vulkanlar keng tarqalgan. Sumatra orolida 15 ta harakatdagi vulkanlar mavjud. Shulardan Kerinchi vulkani dengiz sathidan 3800 m, Marapi 2891 m va Pyoetsagu 2780 m baland. Yavadagi 136 ta vulkandan 30 tasi harakatda, eng yiriklari Semeru (3676 m), Salamet (3428 m), Gede (2958 m) vulkanlaridir. Filippin arxipelagidagi eng katta vulkanlar Mindano orolidagi Apo (2954 m) va Luson orolidagi May on (2416 m) lardir. Sumatra va Yavani bir-biridan ajratib turgan Zond bo’g’izida balandligi 800 m bo’lgan mashhur Krakatau vulkanik orol joylshgan. Krakatau vulkanining eng dahshatli otilishlari 1883 va 1973 yillarda sodir b o’lgan va juda katta talofotlar keltirgan.
Malay arxipelagi orollari ichida eng kattasi Kalimantan oroli bo’lib, uning maydoni 734000 km 2. Orolning markaziy qismini janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon yirik palaxsali tog’lik massivi kesib o ’tgan. Bu massiv Shvaner, Myuller, Apo-Duat va Kroker tizmalaridan tarkib topgan. Kalimantanning eng baland nuqtasi Kroker tog’idagi Kinabalu cho’qqisida 4101 m. ga yetadi. 460 Malay arxipelagining o’rta qismi ekvatorial, shimoliy va janubiy qismlari subekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Ekvatorial mintaqadagi pastekisliklarda va tog’oldi zonalarida havo harorati yil davomida +25°,+27°S ni tashkil etadi. Tog’larning 1500-2000 m balandliklarida eng sovuq oyning o ’rtacha harorati +15°S ga, eng issiq oyniki +17°S ga teng, xuddi shunday balandliklarda harorat -2°,-3°S gacha pasayishi mumkin.
Tekisliklarda o ’rtacha yillik yog’in miqdori 1500-2000 mm ga teng. Hind va Tinch okeanlaridan esadigan mussonlarga ro’para bo’lgan tog’ yonbag’irlariga 4000-5000 mm dan 7000-8000 mm gacha yog’in yog’adi. Havo namligi o ’rtacha 80%, ayrim joylarda 95% gacha yetadi. Subekvatorial mintaqalarda mussonlaming sirkulyatsiyasida qishki qurg’oqchil va yozgi namlik davrlari aniq ifodalangan.
Malay arxipelagida daryo to’ri yaxshi rivojlangan. Daryolari sersuv, gidrologik rejimi kam o ’zgaruvchan qisqa daryolardir. Eng yirik daryolari Klimantan orolidagi Kapuas va Barito, Sumatradagi Jambi, Inderagiri va Musi, Lusondagi Kagayan, Mindanodagi Agusan daryolaridir. Botqoqlangan pastekisliklarda va daryo vodiylarida mayda ko’llar ko’p. Pastekisliklaming katta qismini o ’tloqli, o ’tloqli-botqoq tuproqlar egallagan. Malay arxipelagi Yer sharida floraga eng boy hudud hisoblanadi. Bu yerda o’simliklarning 45000 dan ziyod turi mavjud. Arxipelagning 1300-1500 m balandlikkacha bo’lgan qismida doimiy yashil nam tropik o ’rmonlar hukmronlik qiladi. Bu o ’rmonlar qalin, baland bo’yli, ko’p yarusli, liana va epifitlarga juda boy. Tuproq yuzasini orxideyalar, moxlar va lishayniklar qoplagan.
Lianalar orasida uzunligi 200-300 m ga yetadigan va atrofdagi daraxtlami o ’rab olgan rotang palmasi alohida o’rin tutadi. O’simlik qoplamida palmadoshlar oilasiga mansub bo’lgan palmalarning bir qancha turlari, bambuklar, fikuslar, panduslar, daraxtsimon paporotniklar, yovvoyi bananlar ko’pchilikni tashkil etadi.



Download 23.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling