6. Janubiy-Sharqiy Osiyoning geografik rayonlari Hindixitoy yarim oroli


Download 23.08 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi23.08 Kb.
#1240004
1   2   3   4   5
Bog'liq
Janubiy-Sharqiy Osiyoning geografik rayonlari

Aholisi. Vyetnam aholisining 85,7 foizi viyetlardan iborat. Shuningdek taylar (1,9 foiz), txaylar (1,8 foiz), mionglar (1,5 foiz), kxmerlar, myaolar (1,2 foiz), nunglar (1,1 foiz) va boshqa xalqlar vakillari ham yashaydi.
Rasmiy til – viyet tili. Aholining maʼlum bir qismi ingliz, fransuz va xitoy tillarida soʻzlasha oladi.
Dini. Vyetnamda asosan mahalliy tushunchalarga eʼtiqod qilinadi. Ajdodlar ruhiga sigʻinish va ulardan madad soʻrashga asoslangan bu ibodat yoʻnalishi biror-bir taʼlimotga, boshqaruv tizimiga, ibodatxonalarga va diniy konfessiya maqomiga ega emas. 1999 yilgi aholini roʻyxatga olish jarayonlarida eʼtiqodini aniq aytib berolmagan kishilarning barchasi “dahriylar” jumlasiga kiritilgan. Yana bir eʼtiborli jihat, ajdodlar ruhiga sigʻinish marosimlari budda ibodatxonalarida oʻtkaziladi. Shu sababli vyetnamliklarning sakson foizdan ortigʻi buddistlar degan yanglish tushuncha paydo boʻlgan.
Vyetnam musulmonlarining koʻpchilik qismi tyam millatiga mansub. Islom dini bu mamlakatga arab savdogarlari sababli kirib kelgan. Malakka sultonligi oʻz yerlarini kengaytirib, 1471 yili Tyampa davlatini tor-mor etgach, mamlakat aholisi orasida musulmonlar soni bir qadar koʻpaydi. Biroq Islom tyam elati orasida asosan XVII asr oʻrtalarida yoyildi. XIX asr oʻrtalarida koʻplab musulmon tyamlar Kombojadan Mekong vodiysiga koʻchib oʻtdi. Natijada Vyetnam musulmonlari soni sezilarli darajada oʻsdi.
Mamlakatdagi eng katta masjid 2006 yili Dongnay viloyatining Suanlok tumanida ishga tushdi. U asosan Saudiya Arabistonidan yuborilgan xayriya mablagʻlari evaziga qurildi.
2005 yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Vyetnamda 66 mingdan ortiq musulmon bor. Ularning 77 foizdan ortiqrogʻi mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida, 34 foizi Nintxuan, 24 foizi Bintxuan, 9 foizi Hoshimin viloyatlarida, qolgan 22 foizi esa Mekong vodiysida yashaydi.
XULOSA
Janubi-sharqiy Osiyo subregion tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g‘arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km2 bo‘lib, umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholisi soni 630mlnga yaqin.
Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o‘ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo‘l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko‘proq xalqaro aloqalarda muhim o‘rin tutadi.
Janubiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning to'lib-toshgan daryolari vodiylarida ko'plab kichik ko'llar mavjud, ammo ular juda katta maydonlarni egallaydi. Ularning eng yiriklari Tonle Sap, Dongtinghu, Poyangxu. Xorijiy Osiyo ko'llarining suvni tartibga soluvchi roli unchalik katta emas. Vodiy ko'llarining, ayniqsa, suvsiz ko'llarning tog'larda ham, tekisliklarda ham asosiy gidrologik roli daryo suvlarining bug'lanishiga kamayadi. Suv omborlari suvni tartibga solishda katta ahamiyatga ega.
Tekisliklarda o ’rtacha yillik yog’in miqdori 1500-2000 mm ga teng. Hind va Tinch okeanlaridan esadigan mussonlarga ro’para bo’lgan tog’ yonbag’irlariga 4000-5000 mm dan 7000-8000 mm gacha yog’in yog’adi. Havo namligi o ’rtacha 80%, ayrim joylarda 95% gacha yetadi. Subekvatorial mintaqalarda mussonlaming sirkulyatsiyasida qishki qurg’oqchil va yozgi namlik davrlari aniq ifodalangan.
Janubi-sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarimorolida joylashgan. Gʻarbda Laos va Kamboja, shimolda Xitoy bilan chegaradosh, sharqiy va janubiy chegaralarini Janubi-Xitoy dengizi yuvib turadi.
Mamlakat hududining 80 foizdan ortiqroq qismini past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar egallagan. Eng yuqori choʻqqi Fanshipan togʻida – 3143 metr. Janubi-sharqiy Osiyodagi eng katta va sersuv daryolar Hongha va Mekong shu mamlakatda etaklab, Janubi-Xitoy dengiziga quyiladi.

Download 23.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling