Qushlaming xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari Voha qushlari
Download 89 Kb.
|
Qushlaming xilma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho‘1 qushlari.
46-§. Qushlaming xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari
Voha qushlari. Shahar va qishloqlarimizdagi bog4 va xiyobon- lar, dalalar va o‘tloqlarda xilma-xil qushlar orasida chum- chuqsimonlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ch umchuqsimonlar turkumi. Bu tur- kumga qaldirg‘och, go'ngqarg'a, chug'urchiq, bulbul, chum- chuq va boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo'lishi, ovozi va boshidagi tojga o'xshash patlari bilan urg'ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o‘z ichiga oladi (91-rasm). 91-rasm. Chumchuqsimonlar turkumi: chug‘urehiq; 2 — hakka; 3 — qaldiig'och; 4 — zog'cha; qarg'a; 6 — chittak; 7 — chumchuq; 8 — go‘ngqaig‘a. Qaldirg'och tanasining orqasi ko‘kimtir-qora, qorin tomoni oq, peshana va bo'yni qizg‘ish-qo‘ng‘ir; qanotlari ingichka va uzun; uzun dumi ikkiga ajralgan bo‘ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan; yassi va qisqa tumshug'i juda keng ochiladi. Qaldirg'och tumshug'i yordamida havoda uchayotgan hasharot- larni tutadi. Qaldirg'och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to'sinlarga, ba’zan devorga ham so'lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 4—6 ta tuxum qo'yib, urg'ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Qaldirg'ochlar deyarli butun kunni havoda o‘tkazadi. O'ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg'och suv yuzasiga tegib o‘tib, cho'miladi va suv ichadi. Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go‘ngqarg‘a, zog'cha va olaqarg'a hisoblanadi. Go(ngqarg(a qishlash uchun shimoliy hududlar- dan o'lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish kezlari go‘ngqarg‘alar zog'chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi. Chumchuqsimonlarning ko'pchilik turlari — hamma narsalarni yeydigan parrandalar. Masalan, chug‘urchiqlar ko'pincha dala- lardagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor mevalarni cho'qiydi. Ko'pchilik donxo'r qushlar bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlar- dan ayniqsa hasharotxo'rlar qishloq xo'jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda ko‘p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg'ochning bitta oilasi yoz mavsumida 1 mln ga yaqin hasharotlarni qiradi. Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chug'urchiqlar) pishiqchilik davrida meva va don- larni yeb, birmuncha ziyon keltiradi. Kaptarsimonlar turkumi. Shahar va qishloqlarimiz ko'chalari va xiyobonlarida ko‘k kaptar va musicha ko‘p uchraydi. Ko‘k kaptar to'kilgan donlar, yovvoyi o'tlarning urug'ini terib yeydi; jarliklar, qoyalar, tashlandiq imorat va baland binolarning chordoqlariga uya quradi. Ko‘k kaptar xonaki kaptar zotlarining nasi boshi hisoblanadi. Musichalar ko'pincha oziq axtarib odamlar yashaydigan uy- larga ham kirib qoladi. Ular har xil don, sabzavot va mevalar- ning urug'lari bilan oziqlanadi; juft bo'lib yashaydi; yil davomida 5 marta bola ochadi. 92-rasm. Tuvaloqlar va tuyaqushsimonlar turkumi: 1 — yo'rg'a tuvaloq; 2 — tuyaqush. Cho‘1 qushlari. Ochiq dasht va cho'llarda pana joy topish qiyin. Bu joylarda yashaydigan qushlar yerdan oziq qidiradi; yerga tuxum qo'yib, bola ochadi. Cho‘l qushlarining oyoqlari va bo'yni uzun va baquvvat, patlari yer rangida bo'ladi. Bu hoi ularga dushmanlaridan oson qo- chib qutilishiga va ularni uzoq- dan payqashga yordam beradi. Tuvaloqlar turkumi. Tuvaloqlar — yirik, tez yuguradigan qushlar, 0‘z- bekistonda uchraydigan yo‘rg‘a tuvaloqning patlari yer rangida bo'lganidan uzoqdan ko'zga tashlanmaydi. U yovvoyi o‘sim- liklar bargi, novdasi, urug'lari, yer osti tuganaklari, har xil hasharotlar, kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi; juft bo'lib yashaydi. Urg'ochisi tuproq ustidagi chu- qurchaga bir nechta tuxum qo'yib bosib yotadi. Yo‘rg‘a tu- valoq (92-rasm) noyob qush sifatida O'zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Tuyaqushsimonlar turkumi. Tuyaqush- lar — eng yirik qushlar bo‘lib, qanotlari patlari yelpig'ich hosil qilmaydi; toj suyagi ham bo'lmaydi. Ular uchmaydi, ammo kuchli va uzun oyoqlari yordamida tez yuguradi. Oyoqlari ikki barmoqli. Tovoni qalin teri bilan qoplanganidan issiq qumda ham oyoqlari qizib ketmaydi. Tuyaqushlar yovvoyi o'simliklar urug‘i, yirik hasharotlar bilan oziqlanadi. Afrika tuyaqushining bo‘yi 3 m ga, vazni 100 kg ga boradi. U soatiga 60—70 km tezlikda yugura oladi. Tuyaqushlar Afrika dashtlarida kichik gala bo'lib yashaydi. Erkak tuyaqush tumshug'i bilan yerni kovlab uya yasaydi. Urg'ochisi uyaga 4—9 ta tuxum qo'yadi. Tuxumlarining vazni 1,5 kg ga yetadi. Tuxumlarni kunduzi urg'ochisi, kechasi erkagi bosib yotadi. Urg'ochisining patlari qo‘ng‘ir~kulrang tusda bo'lganidan cho‘l manzarasida uzoqdan ko'zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqush- ning patlari qora bo'lib, dumi va qanotlarining uchida oq patlar bor. Tuyaqushlardan Afrikada Afrika tuyaqushi, Janubiy Amerikada nandu, Avstraliyada emu tarqalgan. 01. Vohalarda qanday qushlar ko'proq uchraydi?
shiftga:
Qushlar nomi bilan ular uchun xos bolgan xususiyatlami juftlab yo- zing.
Lug* at daftaringizga у ozib oling. Chumchuqsimonlar, qaldirg'och, zog'cha, olaqarg'a, go‘ngqarg‘a, chug'urchiqlar, kaptarlar, tuvaloqlar, Afrika tuyaqushi, emu, nandu. Tasdiqlovchi javoblar: lb, 2a, 3d. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling