Laboratoriya mashg’uloti №2 Tuproqning namligini aniqlash
Download 3.76 Kb.
|
tuproq namligini aniqlash (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq namligini termostatda quritish usulini ishlash tartibi
MAVZU: Tuproq namligini aniqlash (Termostatda quritish usulida)Kerakli asbob va jihozlar: 1.Alyumin stakanchalar 2.Tuproq 3. Yer burg’usi analitik tarozi 4.Eksikator 5.Termostat Tuproqning namligi turli tuproqlarda va uning ayrim qatlamlarida har xil miqdorda bo’ladi. Shunga qarab u quruq, nam va sernam holatlarda bo’ladi. Tuproqning namligi o’simliklarning hosildorligiga katta ta’sir qiladi. O’simlikning maromida rivojlanishi uchun tuproqda namlik o’rtacha bo’lishi kerak.Tuproq namligini termostatda quritish usulini ishlash tartibi:1. Alumin stakanchalar (byukslar) olinadigan namunalar miqdoriga qarab kerakligicha raqamlanadi. Raqamlarni byukslarning qopqog'iga yozish ma'qul hisoblanadi.2 3 2. Raqamlangan byukslarning massasi aniqlanadi.
3. Namligi tekshiriladigan dala yoki joyga borib, maxsus tuproq burg'usi bilan namligi aniqlanadigan qatlamlardan tuproq namunalari olinadi. 4. Olingan tuproq namunasidan taxminan 30—35 g (0,01 g aniqlikda) alyumin byuks stakanga solib massasi aniqlanadi. 5. Nam tuproq solingan byukslar (alumin stakanlar)ning qopqog'ini ochib uni byuks ostiga qo'yib, termostatda 105°C haroratda 5—6 soat davomida quritiladi.105°C 6. Keyin eksikatorda 2—3 soat davomida sovitiladi. Quritilgan tuproq namunasi sovitiladigan eksikator 7. Sovigan byukslar tuprog'i bilan birga 0,01 g aniqlik tarzida tortish yo'li bilan ularning massasi aniqlanadi. 8. Yana 1—2 soat davomida termostatda quritiladi, sovitiladi.Massasi aniqlanadi. Massasi o'zgarmasa, demak, tuproq mutlaq qurigan hisoblanadi.Tuproqning namligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: (a-b) w= ----------- . 100, (b-c) bu yerda, W — tuproqning namligi; a — byuksning ho'l tuproq bilan massasi; b — byuks massasi; с — quruq tuproq massa 100 — foizga o'tkazish koeffitsienti. Download 3.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling