5-Ma’ruza. Ob-havo va iqlim. Reja
Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar
Download 345.22 Kb.
|
5-mavzu.Ob-havo va iqlim
Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar
Meteorologik elementlarning (temperatura, bosim, havoning absolyut va nisbiy namligining) Havodagi bir qancha tabiiy hodisalar (jumladan, yog‘inlar, tuman, bulut, shamol, momaqaldiroq va boshqalar) bilan birga ro‘y berishi va vaqt davomida fazoda o‘zgarib turishi ob-havo deyiladi. Ma’lum joyda bir necha asr davomida ob-havoning ko‘p yillik harakterli rejimi iqlim deyiladi. Iqlim ko‘pgina tabiiy omillarning bir-birlariga murakkab ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. Bunda quyidagilar asosiy rol o‘ynaydi: 1)Quyoshdan keladigan nur energiyasi va uning sarf bo‘lishi. Bu-Er sharidagi iqlim farzlarining asosiy sababidir: atmosferaning va uning tagidagi er yuzasinnng issiqlik holati, barik relef, atmosfera sirqo‘lyasiyasi va namning aylanma harakati Quyoshning nur energiyasiga bog‘liqdir; 2)atmosfera sirqo‘lyasiyasi, issiqlik va nam atmosfera sirqo‘lyasiyasi yordamida qaytadan taqsimlanadi; 3)Erda namning aylanma harakati; bug‘lanish, bo‘lutlar, tumanlar, yog‘inlar namning aylanma harakatidir; namning aylanma harakatini amalda atmosfera sirqo‘lyasiyasidan ajratib bo‘lmaydi. Er sharida issiqlik natijasida vujudga keladigan atmosfera sirkulyasiyasi va namning aylanma harakati o‘z navbatida; Er sharining issizlik sharoitiga, binobarin, shu sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsaga ta’sir etadi. Bunda sabablar va natijalar bir-birlari bilan shu qadar chatishib ketganki, biz uchala faktorni birgalikda murakkab narsa deb qarashimiz kerak. Bu faktorlarning har biri joyning geografik kengligiga, dengiz sathidan balandligiga va er yuzasi harakteriga juda bog‘liqdir, chunki quyosh radiatsiyasining oz-ko‘p kelishi geografik kenglikka bog‘liq, joyning dengiz sathidan naqadar balandligiga qarab, nur energiyasining-kelish sharoiti, havodagi nam miqdori, havo bosimi, shamollar esish sharoiti o‘zgaradi, er yuzasining xususiyatlari (okean, quruqlik, iliq va sovuq dengiz oqimlari, o‘simlik va tuproq, qor va muz qoplami va hokazolar) esa radiatsiya balansiga va, binobarin, atmosfera sirkulyasiyasiga hamda namning aylanma harakatiga kuchli ta’sir etadi. Download 345.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling