Mavzu: Aholini evakuatsiya qilish usullar Reja


Download 22.77 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1289451
  1   2
Bog'liq
evakuatsiya



Mavzu:Aholini evakuatsiya qilish usullar


Reja:

1.Aholini evakuatsiya qilish qoidalari .

2.Evakuatsiya turlari va usullari .

3.Aholini moddiy manaviy boyliklarini evakuatsiya qilish .



1.Aholini evakuatsiya qilish qoidalari

Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda va harbiy harakatlar sharoitida aholini muhofaza qilishning eng samarali usuli aholini evakuatsiya qilishdir. Insoniyat aholini himoya qilishning samarali usulidan uzoq vaqtlardan beri foydalanib keladi.


Evakuatsiya masalalari ayniqsa, 1 va 2-jahon urushlarida keng rejalashtirilib, unda о'пmi11ionlab kishilar minglab chaqirim uzoqlikdagi xavfsiz joylarga ko'chirilganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida sobiq Ittifoqning front oldi hududlaridan 1500 dan ortiq muhim sanoat korxonalari o'zlarining ishchi-xizmatchilari, ularning oilaa'zolari bilan mamlakatning ichkarisiga ko'chirilganligi ma'lum.
ХХasrning 60-80-yillarida aholini evakuatsiya qilish masalasi yirik shaharlar aholisini ommaviy qirg'in
qurollaridan, birinchi navbatda yadro qurolidan muhofaza qilishning asosiy usuli sifatida o'rtaga qo'yildi. Oxirgi yillarda esa tabiiy va texnogen tusdagi FVlar sodir bo'lgan hududlardan aholini evakuatsiya qilish zarurati tobora ortib borayotir.
Masalan, Chernobil AESida sodir bo'lgan halokat, Armanistonning Spitak, Leninakan, Kirovakan va Stepanakert shaharlarida yuz bergan zilzila, O'zbekistonning Shohimardon va boshqa joylardagi yuz berganFVlar bunga yorqin misoldir. 1986-yilda Chernobil AESidagi halokat tufayli radiatsiya tarqalishi bois uning tevaragidan 200 mingdan ortiq kishi ko'chirildi. 1998-yilda Shohimardonda yиz bergan fojeaning dastlabki 2 kecha-kunduzida 14200 kishini, jumladan, 3150 bolalarni xavfsiz joylarga ko'chirishga to'g'ri keldi.
Texnogen, tabiiy, ekologik уаharbiy tusdagi fvyuz bergan hududlardan aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini rejalashtirish va o'tkazish aholini FV ning oqibatlaridan muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Muhandislik texnik tadbirlari va qoidalariga muvofiq,
O'zbekiston Respublikasi joylashgan mintaqa quyidagi hududlarga bo'linadi:

а) хаvfli hudud bu qattiq vayronagarchiliklar (zilziladan уаboshqa FV lardan), kimyoviy, radiatsiyaviy zaharlanish, halokatli suv toshqini, sel kelishi, yer, qor ko'chkilari уа boshqa hodisalar bo'lishi ehtimoli bor hududlar;


b) shahardan tashqari, xavfsiz hudud FV 0xavfi bor hududlardan tashqaridagi evakuatsiya qilingan aholini joylashtirishga mo'ljallangan yaroqli hudud. Aholini, moddiy уаmadaniy boyliklarni evakuatsiya
qilish bu tabiiy va texnogen turdagi FV yuz bergan, harbiy halokatlar boshlangan hududlardan aholini transportda va piyoda uyushgan tarzda olib chiqish va uni oldindan tayyorlab qo'yilgan xavfsiz joylarga vaqtincha joylashtirishtadbirlari majmuasidir.

Evakuatsiya tadbirlarini o'tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:


а) FV manbaining tavsifi;
Ь) FV manbaining ta'sir ko'rsatish mintaqasi уаvaqti;
d) transportda va piyoda olib chiqiladigan aholi soni;
е) tranport vositalarining mavjudligi va imkoniyatlari;
1) evakuatsiya tadbirlarini o'tkazish vaqti уаtezkorligi.

Evakuatsiya ikki xil bo'ladi:


1. Oldindan o'tkaziladigan evakuatsiyalar;


2. Shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) evakuatsiyalar.

Oldindan o'tkaziladigan evakuatsiyalar falokat yoki tabiiy ofat yuzaga kelishi va harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida shoshilinch ma'lumot olingandan keyin o'tkaziladi. Bunga bir песhlао'пdaqiqadan bir песhаkungacha bo'lgan davr orasida


FV sodir bo'lishi mumkinligi to'g'risidagi ma'lumot olingandan keyin taxminlashga asos bo'ladi. Shoshilinch (kechiktirib bo'lmaydigan) evakuatsiyalar aholi hayoti va salomatligiga xavf tug'iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi FV yuzaga kelgan yoki harbiy harakat1ar boshlanganda, aholining odatiy kun kechirish sharoiti buzilgan hollarda o'tkaziladi.

2..Evakuatsiya turlari va usullari


FV rivojlana borishi va harbiy harakatlarning tavsifiga


qarab, evakuatsiya qilinadigan aholi soniga qarab, evakuatsiyalar uсh xil bo'ladi:

1. Cheklangan evakuatsiyalar;


2. Маhalliуevakuatsiyalar;
3. Mintaqaviy evakuatsiyalar.

Cheklangan evakuatsiyalar shaharning bir qismi yokiqishloq chegarasidan chiqmagan, ko'chiriladigan aholi sonibir песhаming kishidan oshmagan FV larda o'tkaziladi.Bunday holda ko'chirilgan aholi, odatda, FV hududigatutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagantumanlariga joylashtiriladi.


Маhаlliуevakuatsiyalar o'rtacha kattalikdagi shaharlar,yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari FVhududiga tushib qolgan hollarda o'tkaziladi. Bundako'chiriladigan aholi soni bir песhаmingdan о'пminglabkishigacha yetishi mumkin bo'lib, odatda, FV hududi bilanyondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.
Mintaqaviy evakuatsiyalar shikastlovchi omillar kattahududlarga yoyilib, yirik shaharlarni Ьаm o'z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqahududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviyevakuatsiya FVуuz bergan hududdan transportda, piyodaolib chiqiladigan aholi o'zlarining yashab turgan joylaridananchagina uzoqqa ko'chirilishlari mumkin.

Aholining evakuatsiya tadbirlari bilan qamrab olinganligiga qarab, ikki turi bo'ladi:


а) yalpi evakuatsiya;


b) qisman evakuatsiya.

Yalpi evakuatsiyada FV yuz bergan hududdan hammaaholi olib chiqib ketiladi.Qisman evakuatsiyada esa asosan mehnatga layoqatsizaholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej,texnikum уаoliy o'quv yurtlari o'quvchi уаtalabalari olibchiqib ketiladi. Aholini, moddiy уаmadaniy boyliklarni evakuatsiyaqilish haqida qarorga kelish huquqi РМboshliqlariga berilgandir. Ular evakuatsiyaning umumiy rahbarligini olibboradilar.


Aholini evakuatsiya qilish ishlarini bevositatashkil etish va o'tkazishga esa viloyatlar, shaharlar,tumanlarning ma'muriyati уаaholini evakuatsiya qilish tashkilotlari rahbarlik qiladi.Aholini, moddiy уаmadaniy boyliklarni xavfsizhududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transportvositalarini, ularning yo'llarini, evakuatsiya qilinadiganaholi boradigan xavfsiz joylarni oldind'an tayyorlabqo'yilishini, shuningdek, aholining FV sharoitiga hartomonlama tayyorgarlik ko'rishlarini talab etadi.Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig'I bo'lgan rahbarlari tashkil etadilar va o'tkazadilar.

Aholini evakuatsiya qilish prinsipi bo'yicha ikki tur xildir:


а) ishlab chiqarish-hududiy;


b) hududiy bo'lishi mumkin.

Bunda, FV yuz bergan hududdan ishchilar, xizmatchilar,o'quvchilar, talabalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar,o'quv yurtlari bo'yicha, ishlab chiqarish уаxizmatko'rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turarjoydan foydalanish idoralari, shirkatlar orqali turar joylaribo'yicha transportda yoki piyoda olib chiqilishi nazarda tutiladi.Мuаууапhollarda aholini, moddiy уаmadaniyboyliklarni evakuatsiya qilish hududiy turiga ko'ra, bevositaaholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi.


Aholini evakuatsiya qilish usullariga qarab, uch turlibo'ladi:


а) transportda;


b) piyoda tartibda;
d) aralash holda.

Aralash usuli samarali уаeng maqbul usul hisoblanadi.U mavjud transportlar yordamida iloji boricha, eng ko'pishlovchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini hambirga qo'shib olib chiqishni nazarda tutadi. Bunda asosan,piyoda yura olmaydigan, yosh bolali ayollar, maktabo'quvchilari уаmaktabgacha tarbiya muassasalarining


tarbiyalanuvchilarini transportlarda olib chiqish rejalashtiriladi.Вu usul aholini, moddiy уаmadaniy boyliklarnievakuatsiya qilish tadbirlarini eng qisqa muddatda o'tkazishimkonini beradi.
Evakuatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsusbuyruq bo'lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi.Agar davlatlararo tegishli kelishuvlar bo'lsa, FV holatlarida O'zbekiston Respublikasining evakuatsiyaqilingan aholisi MDH qo'shni davlatlarida joylashtirilishiham mumkin. Shu jumladan, O'zbekiston respublikasihududi ham boshqa davlatlardan ko'chirib keltirilgan aholiuchun berilishi mumkin

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling