Iqtisodiyotga kirish
Ehtiyojlar doimo o'zgarish va o'sib boorish
Download 252.5 Kb.
|
1мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi
Ehtiyojlar doimo
o'zgarish va o'sib boorish xususiyatiga ega. Iqtisodiy resurslar esa doimo kamayib borish xususiyatini ega. Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bodishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq nomoyon bo‘ladi. yuksalib borishini ko‘ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi. Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi. Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj. Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-maishiy madaniy sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi. Bunga oddiygina misol, dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining aniq yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqoza etadi. Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik va ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechishini ko‘rsatadi. Ehtiyojlarning cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli A.Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig‘imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim- kechak, uy sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo‘lmasa kerak» deb ta’kidlagan. Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya’ni Download 252.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling