Iqtisodiyotga kirish


-rasm. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi harakati


Download 252.5 Kb.
bet2/14
Sana25.02.2023
Hajmi252.5 Kb.
#1229804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1мавзу

1-rasm. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi harakati.

Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste’molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.



Infratuzilma - bu
ishlab chiqarish va
ayirboshlashning bir
me’yorda ro‘y
berishi hamda
kishilar turmush
kechirishining
umumiy shart-
sharoitini tashkil
qiluvchi sohalar.

Shunday qilib, tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib, uzluksiz yangilanib turadigan jarayondir. Bu jarayonning amalga oshishida jamiyat infratuzilmasi muhim rol o‘ynaydi.
Infratuzilma - bu ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda ro‘y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalar.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari:

  • iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;

  • resurslar unumdorligini oshirish;

  • resurslardan foydalanishning turli hil muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash; jamiyat ehtiyojlarini cheklash.

Xohlagan vaqt oralig’ida, o’z resurslaridan to’liq foydalanayotgan iqisodiyot bir mahsulot ishlab chiqarish evaziga boshqa birini qurbon qiladi. Chunki resurslarning tanqisligi har ikkala mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyatlarini cheklaydi. Jamiyat alternativlardan birini tanlashga majbur bo’ladi. Sababi, hech qayerda bepul pitsa yoki bepul sanoat robotlari bo’lmaydi

2. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi



Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va
iqtisodiy resurslarga
bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.

Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.
Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. _Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bodga
Ixususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning ^ barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bodgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bodadi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bodgan ne’matlarni iste’mol qilishga bodgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bodgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb- ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va h. k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bodgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bodmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bodish, har xil xizmatlardan bahramand bodish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi ob’ektlar xususiyatiga bogdiq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bodishi zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sogdiqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bodish, sport o‘yinlari va ko‘ngil ochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bodadi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:
- jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan
orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi;
- jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;

  • tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;

  • tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;

  • aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;

  • xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi.

Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib boradi.

Download 252.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling