Mashinalarni yig’ish texnologiyasi referat


Download 165.11 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi165.11 Kb.
#1529106
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI




MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI
Reja:
1. Mashinaning tuzilishi
2. Mashinaning asosiy qismlari
3.Mashinaning texnologik ish jarayoni



1. Yig’ish jarayonlarini tasnifi

Mashinani tayyorlash jarayonida yig’ishni ahamiyati. Yig’ish jarayoni mashinani tayyorlashdagi yakuniy bosqich hisoblanadi va u mashinani asosiy ekspluatatsion sifatlarini katta darajada aniqlab beradi. Yuqori ekspluatatsion sifatlariga erishish shartlari uni muqobil konstruksiyasi yaratish yoki uni detallarni tayyorlash uchun yuqori sifatli materlallarni qo’llash bilan cheklanmaydi. Bu sifatlarini tutashgan yoki ishchi yuzalarini yuza qatlamlarini muqobil holati ta’minlangan yuqori aniqlikda tayyorlangan detallar ham kafolatlamaydi.
Mashinani tayyorlash jarayoni uni barcha talab etilgan ekspluatatsion ko’rsatkichlariga hamda uni ekspluatsiyasidagi ishonchlilik va uzoq ishlashini faqat mashinani yig’ishni barcha bosqichlarini (ya’ni alohida yig’ma birliklar qismlarini yig’ish va sozlash va tayyorlanayotgan mahsulotni umumiy yig’ish va sinash) yuqori sifatda o’tkazilishi shartlarida kafolatlay oladi.
Bu shu bilan bog’liqki, yetarlicha sifatga ega mahsulotlarni yig’ishda, turli xil sabablarga ko’ra, yig’ilayotgan mahsulotni aniqligini va xizmat sifatlarini sezilarli pasaytiradigan detallarni o’zaro joylashuvi xatoliklari paydo bo’lishi mumkin. Bunday xatoliklarini paydo bo’lishi sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:

  1. Yig’iladigan detallarni berilgan holatini belgilash va qayd etishdagi ishchi tomonidan yo’l qo’yiladigan xatoliklar (valga o’rnatilayotgan vtulkalar yonboshlari orasida yig’uvchi tomonidan yetarlicha zich yig’ilmaganligi sababli tegishili flanetslar va valni chiqishlari orasida tirqishlarni hosil bo’lishi; tutashuvchi yuzalar orasiga ifloslik yoki qirrindilarni tushib qolishi; vintli buramalarni qotirish ketmaketligini buzilishi, tortish kuchini doimiy emasligi va hakozolar.

  2. Yig’ishda qo’llaniladigan kalibrlar va o’lchov qurilmalarini o’rnatish xatoligi; yig’ishda erishilgan detalni mashinadagi joylashuv aniqligini nazorat qilish, sozlash va yetkazishdagi xatoliklar hamda o’lchov qurilmalarining xatoliklari.

  3. Talab etilgan holatga o’rnatish va bu holatga qayd etish vaqti oralig’ida detallarni nisbiy siljishlari.

  4. Detallarni tutashuvchi yuzalarida qirilishlarni hosil bo’lishi.

  5. Tutashuvchi detallarni o’rnatish va qayd etishdagi qayishqoqli deformatsiyalar va tutashmalar yuzalarini, ularni aniqligini buzuvchi plastik deformatsiyalar va birikmalar zichligi.

Boltni birlashma tortish kuchini javobgar boltli birikmani ishlash muddatiga ta’siri quyidagi 1 jadvalda misol tariqasida keltirilgan.

  1. 1-jadval

Tortish kuchini boltli birikma ishlashiga ta’siri

Boltni birlamchi tortuvchi kuchi, N

Ishchi yuklamani o’zgarish oralig’i, N

Boltni o’rtacha ishlash muddati, sikllarda

6320
26300
32100
37500

0-41000

5960
35900
214500
5000000

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, yig’iladigan bir xil detallarni turli yig’ish shartlarida yig’ishda ishlash muddatlari keskin o’zgarib ketadi.
Tayyor mashina ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfini sezilarli qismini yig’ish ishlari tashkil qiladi. Ishlab chiqarish turlariga qarab, ular foizda quyidagilarni tashkil etadi:

  • Ommaviy va katta seriyali ishlab chiqarishda -20-30 %

  • Seriyali ishlab chiqarishda -25-35 %

  • Donalab va kichik seriyali ishlab chiqarishda -35-40 %

Mashinasozlikni turli xil tarmoqlarida yig’ish ishlarini mahsulot tayyorlashdagi umumiy mehnat sarfidagi ulushi turlicha:

  • Og’ir mashinasozlikda -30-35 %

  • Dastgohsozlikda -25-30 %

  • Avtomobilsozlikda -18-29 %

  • Asbobsozlikda -40-45 %

Qayd etish joizki, chilangarlik –yig’ish ishlarini asosiy qismini (50-85 %) katta jismoniy mehnat va yuqori malakali ishchi talab qiladigan qo’l ishlari tashkil etadi. Chilangarlik yig’ishni katta mehnat sarfi nafaqat mashina tayyorlashni umumiy mehnat sarfini oshirishga, balki yig’ishda tayyor detali va qismlarni to’planib qolishi sababli korxona iqtisodiy ko’rsatkichlarini pasaytiradi.
Yuqorida keltirilgan sabablar yig’ishni sifatini va unumdorligini oshirish muammosini zamonaviy mashinasozlikni texnik taraqqiy etishini birinchi navbatdagi va muhim vazifalarga aylantiradi.

Download 165.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling