Mashinalarni yig’ish texnologiyasi referat
Yig’ishni tashkiliy shakllari
Download 165.11 Kb.
|
MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yig’ma o’lchamli zanjirlar hisoblari
Yig’ishni tashkiliy shakllari. Turli ishlab chiqarish turlarida va ishlab chiqarishni turli sharoitlarida yig’ishni tashkil etish turli shakllarga ega bo’ladi. Yig’ilayotgan mahsulotlarni siljishiga ko’ra yig’ish turg’un (statsionar) va harakatchan turlarga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga ko’ra-nooqim, guruhli va oqimli turlarga bo’linadi.
Nooqim turg’un yig’ish (yig’ma birliklarni) jarayonini bitta turg’un holatda: stendda, dastgohda, ishchi joyida bajarilishi bilan tasniflanadi. Barcha detallar, yig’ma birliklar va butlovchi mahsulotlar shu holatga kelib tushadi. Yig’ishni bu turi yig’ish ishlarini bo’laklamasdan, butun yig’ish, ya’ni boshidan oxirigacha ishchilaryig’uvchilar jamoasi tomonidan ketma-ket bajarilishi mumkin. Bu holda bir necha murakkab operatsiyalardan iborat yig’ishni konsentratsiyalangan texnologik jarayoni qo’llaniladi. Bu usulni afzalliklariga quyidagilar kiradi: -asosiy asos detalni o’zgarmas holatini saqlab qolinishi, bu yig’ilayotgan mahsulotni yuqori aniqligiga erishishga hizmat qiladi; -universal texnologik vositalarni (moslama va asboblar) qo’llanilishi, bu ishlab chiqarishni davomiyligini va narxini qisqartiradi. Bu usulni kamchiligi quyidagilardan iborat: -ketma-ket bajarilayotgan yig’ishni umumiy siklini uzunligi; -har qanday yig’ish operatsiyasini bajara oladigan yuqori malakali ishchilarga ehtiyoj bo’lishi; -katta yig’ish stendiari va baland yig’ish binolariga ehtiyoj bo’lishi. Turg’un qo’zg’almas yig’ish usuli asosan donalab va kichik seriyali ishlab chiqarishlarda (og’ir mashinasozlik, energomashinasozlik va hakozolar) ishlatiladi. Yig’ish ishlari bo’laklashtiriladigan nooqim turg’un yig’ish jarayonini qismli va umumiy yig’ishga differensiyalashni nazarda tutadi. Har bir yig’ma birliklar va umumiy yig’ish bir vaqtda turli va qo’plab yig’uvchilar tomonidan bajariladi. Yig’ilayotgan mashinalar bir stendda harakatsiz qoladi. Bunday tashkil etilishida yig’ish jarayoni vaqti keskin qisqaradi. Bu usulni afzalliklari quyidagilardan iborat: -yig’ishni umumiy siklini davomiyligi keskin qisqaradi; -ayrim yig’ish operatsiyalariga ketadigan mehnat sarfi, qismlarni yig’ish ishchi joylarini ixtisoslashuvi, ishchi-yig’uvchilarni ixtisoslashuvi, mehnatni yaxshiroq tashkil qilinish sababli kamayishi. -yuqori malakaga ega bo’lgan tanqis yig’uvchilarga bo’lgan extiyojni pasayishi; -binolar va yig’ish jihozlarini nisbatan muqobil ishlatish; -yig’ish tannarxini pasayishi. Ushbu yig’ish usuli iqtisodiy jihatdan seriyali ishlab chiqarishda ishlatiladi. Nooqim harakatchan yig’ish yig’ilayotgan mahsulotni bir holatdan boshqasiga ketma-ketlikda siljishi bilan tasniflanadi. Yig’ilayotgan ob’yektni bir ishchi holatdan boshqasiga siljishi erkin yoki majburiy bo’lishi mumkin. Bunda yig’ish texnologik jarayoni bir yoki bir nechta ishchilar bajaradigan alohida operatsiyalarga bo’linadi. Yig’ilayotgan ob’yektni erkin siljishi yig’ishda o’z operatsiyasini tugatgan ishchi mexanizatsiya vositasi yoki qo’lda yig’iladigan ob’yektni keyingi holatga siljitadi. Yig’ilayotgan ob’yektni majburiy sijishidagi yig’ishda yig’ish ob’yekti konveyerlar yordamida siljitiladi. Yig’ish ob’yekti konveyerlar yoki uni yonida yig’ish ishlarini bo’laklash asosida bajariladi. Nooqim harakatchan yig’ish donaviy mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishga o’tishda qo’llash iqtisodiy samara beradi. Oqimli yig’ish texnologik jarayonini qurishda alohida operatsiyalarni bir xil vaqt oralig’i yoki unga karrali mos bo’lgan vaqt oralig’ida bajarilishi bilan tasniflanadi. Texnologik operatsiyalarni bir xil davomiyligi ta’minlanadi va u sinxronlash deyiladi. Oqimli yig’ish erkin va majburiy maromda tashkil etilishi mumkin. Birinchi holda ishchi yig’ilayotgan mahsulotni keyingi operatsiyaga o’z ishini tugatgandan so’ng uzatadi, ikkinchi holda esa, ishchini mahsulotni keyingi operatsiyaga uzatishi signal yoki harakatdagi konveyer tezligi bilan aniqlanadi. Oqimli yig’ishni umumiy uzunligi T0=T*n0, Bu yerda; T-yig’ish vaqti; n0 –yig’ish va operatsiyalari soniga bog’liq oqimli chiziqdagi ishchi joylari soni. Oqimli yig’ish ishlab chiqarish siklini davomiyligini qisqartiradi va operatsiyalararo detallarni to’planib qolishini kamaytiradi, ishchilar ixtisoslashuvini va yig’ish operatsiyalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyatlarini oshiradi, bularning barchasi yig’ishdagi mehnat sarfini 35-50 % ga kamaytiradi. Oqimli yig’ishni tashkil etishni asosiy sharti- oqimli yig’ishga kiradigan ayrim detallar va yig’iladigan qismlarni o’zaroalmashuvchanligini ta’minlashdir. Yetkazish ishlarini bajarish majbur bo’linganda, ular oqim tashqarisida birlamchi yig’ish operatsiyalarida amalga oshiriladi. Bunda yetkazilgan detallar va qismlar oqimli chiziqqa to’g’rilangan va nazorat qilingan holda uzatiladi. Oqimli yig’ishni tashkil etishdagi muhim va murakkab masala-operatsiyalardagi yig’ish sifatini nazorat qilish va bunda aniqlangan nuqsonlarni yig’ish maromini buzmasdan bartaraf etishdir. Oqimda yig’iladigan mahsulotni konstruksiyasi texnologiyaviylikka yaxshilab tekshiriladi. Oqimli yig’ish yig’iladigan mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqarishda rentabellikka erishadi. Oqimli turg’un yig’ish tashkil etilishi ham mablag’ talab etiladigan oqimli yig’ish shakllaridan biri hisoblanadi. Yig’ishni bu turida hamma yig’iladigan ob’yektlar butun yig’ish jarayoni davomida ishchi holatda qoladilar. Ishchilar yoki ularni jamosi signal orqali, taktga teng vaqt oralig’ida, bir yig’ilish ob’yektidan boshqasiga o’tadilar. Har bir ishchi yoki ishchilar jamosi har bir yig’iladigan ob’yektda unga biriktirilgan bir xil operatsiyani bajaradi. Ushbu yig’ish usulini asosiy afzalligio’rnatilgan takt bilan ishlashdir, buning natijasida mahsulotni bir maromda chiqarilishi, yig’ishni qisqa sikli, yuqori mehnat unmdorligi, 1 m2 maydondan mahsulotni yuqori yechib olishni ta’minlaydi. Seriyali ishlab chiqarishda (samolyotsozlik, og’ir dastgohlar va mashinalar) qo’llaniladi. Oqimli harakatchan yig’ish mashinalari va ularni yig’ma birliklarini ishlab chiqarish keskin oshganda iqtisodiy maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu yig’ish turi to’xtovsiz yoki davriy siljiydigan yig’ilayotgan ob’yektlarda bajariladi. Oqimli harakatchan yig’ishni afzalligi-ishlarni talab etilgan taktda bajarilishi va ob’yektlarni yig’ishga ketadigan vaqti bilan ularni tashish operatsiyalari vaqti bilan bir –birini qoplashidir. 2. Yig’ma o’lchamli zanjirlar hisoblariMashina detallarini yig’ish jarayonida biriktirishda ularni o’zaro joylashuvini berilgan aniqlik darajasida bo’lishi ta’minlanishi kerak. Yig’ish aniqligi deyilganda mahsulotni yig’ish jarayoni mahsulot ko’rsatkichlari qiymatlarini konstruktorlik xujjatlarda berilganlariga mos keltirish xususiyati tushuniladi (GOST 23887-79). Yig’ish natijasida detallar va yig’ma birliklarni shunday o’zaro joylashuviga erishish kerakki, qachonki ularni ijrochi (funksional) yuzalari yoki bu yuzalar to’plami o’zlarini joizlik doiralaridan, nafaqat yig’ish jarayonida balki mashinani ekspluatatsiyasi jarayonida, chiqmasligi kerak. Ma’lumki, detallarga ishlov berishni va mashinalar yig’ishni iqtisodiy muqobil joizliklarini aniqlash o’lchamli zanjirlarni hisobi va tahlil hisoblanadi. O’lchamli zanjirlarni hisoblashda turli usullar qo’llaniladi, ularning tasniflari quyidagicha: 1.To’liq o’zaroalmashuvchanlik usuli Usulni mohiyati–bunda o’lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab etilayotgan aniqligiga barcha ob’yektlarda tashkil etuvchi zvenolarni tanlovsiz, ajratmasdan yoki ularni qiymatlarini o’zgartmasdan qo’shish orqali erishiladi. Qo’llanilishi–usul o’lchamli zanjirlar zvenolarini oz sonida va yetarlicha katta miqdorda yig’iladigan mahsulotlar bo’lgan sharoitlarda qo’llash iqtisodiy samara beradi. Noto’liq o’zaroalashuvchanlik Usulni mohiyati-bunda o’lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab etilayotgan aniqligiga oldindan belgilangan ob’yektlar qismida unga tashkil etuvchi zvenolarni tanlovsiz, ajratmasdan yoki ularni qiymatlarini o’zgartmasdan qo’shish orqali erishiladi. Qo’llanilishi- ko’pzvenoli o’lchamli zanjirlarda aniqlikka erishish, bunda tashkil etuvchilar joizligi oldingi usulga ko’ra yuqoriroq bo’ladi, bu esa yig’ma birliklarni olish iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Mahsulotlarni ma’lum qismida oxirgi zveno xatoligi joizlikdan chiqishi mumkin, ya’ni ma’lum darajada yig’ilmaslik holi bor. Guruhli o’zaroalmashuvchanlik Usulni mohiyati – bunda o’lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab etilayotgan aniqligiga ma’lum bir guruhga ajratilgan tashkil etuvchi zvenolarni o’lchamli zanjirlarga qo’shish orqali erishiladi. Qo’llanilishi-kam zvenoli o’lchamli zanjirlarni berkituvchi zvenolarni eng yuqori aniqligiga erishishda qo’llaniladi; detallarni guruhlarga aniq ajratish, belgilashni, saqlashni va tashishni talab etadi. Yetkazish Qo’llanilishi–ko’p sonli zvenolarga ega mahsulotlarni yig’ishda ishlatiladi; detallar iqtisodiy joizliklar bilan tayyorlanishi mumkin, ammo to’ldiruvchini yetkazish uchun qo’shimcha xarajatlar talab etadi. Usulning mohiyati-bunda o’lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab etilayotgan aniqligiga to’ldiruvchi zvenodan ma’lum qatlamni olib tashlash bilan o’lchamni o’zgartirish orqali erishiladi. Sozlash usuli Usulning mohiyati - bunda o’lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab etilayotgan aniqligiga to’ldiruvchi zvenodan materlal olib tashlamasdan, o’lchamini o’zgartirsh orqali erishiladi. Qo’llanilishi– yetkazish usuliga o’xshash, ammo yig’ishda qo’shimcha materlal olib tashlanmasligi hisobiga katta afzallikka ega; yuqori aniqlikni ta’minlaydi va mashinani ekspluatatsiya qilishda davriy ravishda uni tiklash imkonini beradi. To’ldiruvchi materlallar bilan yig’ish Usulning mohiyati – bunda o’lchamli zanjir berkituvchi zvenosini talab etilayotgan aniqligiga detallarni talab etilgan holatga o’rnatgandan so’ng ularni tutashuvchi yuzalari orasidagi tirqishga to’ldiruvchi materlal kiritish orqali erishiladi. Qo’llanilishi-tekisliklar bo’yicha asoslanuvchi birliklar va qismlar uchun qo’llash maqsadga muvofiqdir; ta’mirlash amaliyotida yig’ma birliklarni ishlash qobilyatini qayta tiklash, jihozlar tayyorlashda ishlatiladi. Download 165.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling