15-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Texnologik mashinalarni ta’mirlash va texnik servis xizmat ko’rsatish asoslari bilan tanishish
Download 222.63 Kb. Pdf ko'rish
|
15-amaliy mashg'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyot qismlar parkini rejallashtirish va ularni saqlash
15-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Texnologik mashinalarni ta’mirlash va texnik servis xizmat ko’rsatish asoslari bilan tanishish. Jihozni to’g’ri ishlatish, TXK va ta’mirlash ko’p jixatdan ushbu ishlarning o’z vaqtida to’liq hajmda moddiy - texnika vositalari bilan ta’minlanganligiga bog’liq . Ta’mirlash moddiy-texnika vositalarigi ta’mirlash instrumentlari, moslamalari, extiyot qismlar va materiallar kiradi. Moddiy texnika vositalari ish unumdorligining ortishiga, ta’mirni sifatli va tez amalga oshirishga yordam beradi. Moslamalarga ayrim detallarni va mexanizmlarni tozalash moslamasi, murakkab detallarni yig’ish va ajratish s’yomniklari, plastmassa maslenkalar, o’lchov tsilindrlari kiradi. Moslamalar detallarni tez va mustahkam qistirish, yig’ish - ajratish ishlarini mexanizatsiyalashga yordam beradi. TXK va ta’mirlashda qo’l tiskilari, trubalar qistirgichlari, shkiv, tishli g’ildirak, mufta, tebranish podshipniklari ajratish syomniklari kabi moslamlari ishlatiladi. Ehtiyot qismlar parkini rejallashtirish va ularni saqlash Jihozning ish qobiliyati yoki sozligini ta’minlash maqsadida almashtiriladigan tarkibiy qismlarga ehtiyot qismlar deyiladi. Jihozlarni ta’mirlashda yangi ehtiyot qismlardan yoki ta’mirlangan ehtiyot qismlardan foydalaniladi. Oldindan tayyorlab qo’yilgan ehtiyot qismlar parki TXK va ta’mirlashni tezlatish imkoniyatini tug’diradi. Detallar korxonaga tayyor holda yetkazilishi yoki ta’mirlab tayyorlanishi mumkin, ombor maydoni va vositalarini tejash maq sadida detallarni jadval asosida yil davomida tayyorlab borgan ma’qul. Kichik mahkamlash detal (bolt, gayka, shayba, shpilka)larini markazlashtirilgan holda, katta miqdorda sotib olgan ma’qul. Tez eskiradigan ehtiyot qismlar uchun buyutrma tuzishda tayyorlovchi- zavod mashina va apparatning ishlatish yo’riqnomasiga tez eskiradigan ehtiyot qismlar katalogi qo’shib uzatiladi. Katalogda detallar guruh va yig’ma birliklar bo’yicha joylashtirilgan. Buyurtma tuzishda detalning katalog bo’yicha to’liq raqami ko’rsatiladi. Ehtiyot qismlarni saqlashda ularni shikastlanishdan va zanglashdan himoyalashga alohida e’tibor berish lozim. Masalan: qadoqlash avtomatlarining asosiy detallari zich qog’ozga o’raladi, kichik detallar toza yashiklarga joylanadi. Zanglashdan himoyalash maqsadida ingibitor shimdirilgan qog’ozga o’raladi. Bo’yalmagan detallar zanglashga qarshi moylar bilan moylanadi. Ehtiyot detallar saralanib, turlari bo’yicha stellaj xonalariga joylashtiriladi, og’irroq detallar pastda joylashtiriladi. Podshipniklar raqami bo’yicha saralanadi, moylanadi, qog’ozga o’raladi va raqami bo’yicha joylashtiriladi. Zanjirlar moylanadi, qog’ozga o’ralib, qadami va uzunligi yozilgan yozuv bilan stellaj xonalariga joylashtiriladi. Ponasimon tasmalar, tipi bo’yicha saralanib, maxsus yozuvlar bilan birgalikda osib qo’yiladi. Download 222.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling