15-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Texnologik mashinalarni ta’mirlash va texnik servis xizmat ko’rsatish asoslari bilan tanishish
Download 222.63 Kb. Pdf ko'rish
|
15-amaliy mashg'ulot
Ta’mirlashga tayyorlash
Jihozni ta’mirlashga tayyorlash tashkiliy va texnik tadbirlardan iborat. Tashkiliy tadbirlarga ta’mirlash murakkabligiga qarab, brigada tarkibini aniqlash; asosiy va qo’shimcha materiallarga buyurtma tayyorlash; tsexlarni ta’mirlashning boshlanish vaqti va davomiyligi haqida ogohlantirish; yeyilgan detallarni tiklash usullarini aniqlash; yangi detallar tayyorlash; ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun vositalarni tanlash. Texnik tadbirlarga chizma va sxemalarni o’rganish; kerakli instrument va moslamalarni, yuk ko’tarish va tashish vositalarini, ehtiyot qismlar va materiallarni tayyorlash kiradi. Ta’mir oldi davrida bosh yoki tsex mexanigi mashinaning umumiy texnik holatini aniqlash maqsadida tashqi ko’rik, mashinada ishlovchi operator va appratchilar bilan so’rov o’tkazish, mashinaning ishlashini eshitib ko’rish, detalning isishi, jihozning ish jurnalini o’rganish yo’li bilan kuzatuv o’tkazadi. Tashqi ko’rik alohida detalning yeyilish darajasini aniq lash, ularda yoriq va tirnalishlar, bolt, gayka, vint, shayba, shplintlar mavjudligini, rezbalar yaroqliligini, singan, egilgan qismlar mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Harakatlanadigan detallar holatini o’rganish uchun himoya va saqlanish qurilmalari olib tashlanadi, zazor, ilashma, birikmalarning holati tekshiriladi. Apparatchi va operatorlar so’rovini o’tkazish bilan uni ishlatishning turli bosqichlarida ishga tushirish, to’xtatish, turli tezlik va yuklamalarda mashina texnik holati, ish aniqligi, nosozligi aniqlanadi. Ushlab ko’rganda qo’l kuymasa (70 0 S gacha), detal normal ishlayapti. Bunda albatta mashina to’xtatilgan bo’lishi lozim. Shovqinning xarakteriga ko’ra tishli g’ildirak, podshipnik, vtulkalar holati haqida xulosa qilish mumkin. Mashinaning vibratsiya bilan ishlayotganini ham ushlab ko’rish yo’li bilan aniqlash mumkin. Aylanuvchi qismlar muvozanati buzilsa, mashinaning fundamentdagi holati susaysa, zo’riqish bilan ishlasa, vibratsiya kuchayadi. Download 222.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling