1. Mahinasozlik texnalogiyasi haqida Mashina va jihozlarda paydo bo`ladigan texnik nosozliklarni tuzatish
Download 0.67 Mb.
|
Foydalanish jarayonida mashina va jihozlarda paydo bo`ladigan texnik nosozliklarni tuzatish222
Mavzu: Foydalanish jarayonida mashina va jihozlarda paydo bo`ladigan texnik nosozliklarni tuzatish Reja: 1.Mahinasozlik texnalogiyasi haqida 2.Mashina va jihozlarda paydo bo`ladigan texnik nosozliklarni tuzatish 3. Dvigatel ta'mirlashMashina biror bir energiyani boshqasiga aylantiradigan yoki foydali ish bajaradigan maqsadli xarakat qiluvchi mexanizm yoki mexanizmlar majmuasidir. O`z vazifasiga asosan mashinalar ikki sinfga bulinadi: bir turdagi energiyani ikkinchi tur foydali energiyaga aylantiradigan mashina dvigatellar va ish ob'ektining shaklini, xossalarini va holatini o`zgartiradigan ishchi mashinalar.Mahsulotishlab-chiqarish korxonalarida buyumlardir. Mahsulotlar o`z vazifasiga binoan uch-turga bо‟linadi: asosiy,yordamchi va qо‟shimcha.Asosiy buyum deb, - ishlab chiqarish korxonasiga buyurtmachi tomonidan buyurtma berilib, korxonanada tayyorlanuvchi oxirgi tugallangan mahsulotgaaytiladi. Bu mahsulotomborhonalarga joylashtiriladi yoki buyurtmachiga beribyuboriladi.Yordamchi buyum deb, ishlab chiqarish korxonasining o‟z еhtiyoji uchun,asosiy buyumni tayyorlash texnologik jarayonida qo‟llash uchun tayyorlovchimahsulotiga aytiladi.Masalan:Кorxonaning asbobsozlik sexlarida tayyorlovchi turli maxsus moslamalar, qurilmalar, keskich va o‟lchagich asboblar Qo‟shimcha buyum deb,- ishlab chiqarish korxonasiga biriktirib qo‟yilgan xalq xo‟jaligida keng iste‟mol qilinuvchi mahsulotlarga aytiladi. Masalan: Agregat zavodi uchun qo‟shimcha buyumlar bolalar velosipedi va samokati; Tekstil mashinasozlik zavodi uchun go‟sht maydalagich, qozon, lagman ugrasini chiqaruvchi buyumlar va boshqalar. Standart buyicha mahsulotlarning quyidagi turlari mavjud: Detal - bir jinsli va bir markali materialdan yigish operasiyalarisiz tayyorlangan maxsulot. Yigish jarayonida ishtirok etadigan har bir detalning tutashadigan va tutashmaydigan sirtlari mavjud buladi. tutashadigan sirtlaridan biri boshqa detal sirti bilan tutashib, oldingi detalga yo`nalish bersa, bu sirt asosiy baza deyiladi, lekin keyingi qo`shilayotgan detalga yo`nalish beradigan sirt esa yordamchi baza deyiladi.Bazaviy detallar deb yigma birlikdagi boshqa detallarning tegishl iravishda nisbiy holatini belgilovchi, boglovchi zveno vazifasini bajaruvchi bazaviy sirtlarga ega bo`lgan detallarga aytiladi. Yigma birlik (uzel) - bu aloxida yigilib va keyinchalik yig`ish jarayonida yaxlit holda ishtirok etuvchi mahsulotning bir qismidir.Mahsulotni umumiy yigish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi uzellargabirinchi tartibli yigma birliklar deb ataladi. Birinchi tartibli yigma birlik tarkibiga kiradigan yigma birlik ikkinchi tartibli yigma birlik deyiladi va x.k. Ayrim hollarda alohida detallar ham bevosita har qanday tartibli yigma birliklar tarkibiga kirishi mumkin.Yigilgan mahsulot nolinchi tartibli yigma birlik bo`lib hisoblanadi. Yigma komplekt deb mahsulotni yoki uning tarkibiy qismini yigish uchun ish joyiga yetkazib beriladigan mahsulotning tarkibiy qismlari guruxiga aytiladi. Mashinasozlik korxonalarida aloxida mashinalar va ularning qismidan tashqari ishlab chiqarish ob'ekti hisoblangan mahsulotlarning kompleksi va komplekti bo`lishi mumkin. Kompleks - mahsulotning ikki yoki undan ortiq, ixtisoslashtirilgan qismlari bo`lib, ular ushbu mahsulotni tayyorlovchi korxonada yigish operasiyasi orqali bir- biri bilan biriktirilmaydi, biroq o`zaro bog`liq bo`lgan ekspluatasion funksiyani bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan: avtomatik oqim, sex - avtomat, SDB (sonli dastur bilan boshqariladigan) dastgoxdarning panellari va boshqalar. Komplekt - ikki yoki undan ortik, mahsulotdan iborat bo`lib, ular ishlab chiqarish korxonasida yig`ish operasiyasi orqali o`zaro biriktirilmagan buyumlar to`plamidan iborat bo`ladi va yordamchi xususiyatga ega bo`lgan umumiy ekspluatasion vazifani bajarish uchun muljallangan bo`ladi. Masalan: ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar, o`lchash vositalari to`plami va shunga o`xshashlar. Konstruktorlik yig`ma birlik deb mustaqil yig`ish sharoiti unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan, faqat funksional ish vazifasini bajarish holatiga asoslanib loyihalangan yig`ma birlikka aytiladi. Masalan, gaz taqsimlash mexanizmi, yonilg`i xom ashyosi, yuradigan va dvigatelning moy haydaydigan tizimlari va sh.k. Texnologik yigma birlik yoki uzel deb mahsulotning boshqa tarkibiy qismlaridan alohida holda yig`ilishi mumkin bo`lgan, lekin o`z vazifasini faqat mahsulotning boshqa tarkibiy qismlari bilan birgalikda yigilgandagina bajarishi mumkin bo`lgan yigma birlikka aytiladi. Masalan, dastgohlarning alohida qismlari (support, stol, tezliklar kutisi, surishlar kutisi, oldingi va ketingi babkalar va sh.k.).Mahsulotda o`z xizmat vazifasini bajarib va mustaqil yigish tamoyiligajavob beradigan yigma birlikning konstruksiyasi optimal hisoblanadi va u konstruktorlik-texnologik yig`ma birlik deb ataladi. Mahsulotlarni shunday yig`ma birliklar bilan loyihalash tamoyili agregatli yoki blokli yig`ma birlik deyiladi.Konstruktorlik-texnologik yig`ma birliklardan agregatlar tashkil topadi.Bularga nasoslar, uzatish yoki tezliklar kutilari va boshqalar kiradi. Agregat deb mahsulotning qismlari alohida yigilganiga qaramasdan to`la o`zaro almashuvchanlikka ega va shu bilan birga o`z vazifasini mahsulotda yoki mustaqil ravishda bajarish imkoniyatiga ega bo`lgan yigma birlikka aytiladi. Agregatlardan yigilgan mahsulot agregatli yoki modulli deyiladi. Agregatli (modulli)tamoyil asosida loyihalangan va tayyorlangan mahsulotlar, albatta, yuqori darajadagi texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Agregatli (modulli) mahsulotlar ekspluatasiya va ta'mirlash vaqtida kulaylikka ham ega, yigish muddati ularda ancha qisqa bo`ladi. Mashinalarning sifatini aniqlaydigan umumiy ko`rsatkichlar mavjud. Shular qatoriga mashinaning ishlash qobiliyati va mahsulotning belgilangan xizmat va- zifasining berilgan parametrlarini texnik me'yoriy hujjatlar chegarasida saqlangan holda ishlay olish imkoniyatlari kiradi. Shu bilan birga zamonaviy mashinaning asosiy tavsiflaridan biri uning puxtaligi hisoblanadi. Puxtalik deb mahsulotning vadt davomida o`z ish qobiliyatini saqlash xususiyatiga aytiladi. Buzilish deb mahsulotning ish qobiliyatini birdan yuqotishiga aytiladi. Mahsulotning buzilishiga qadar vaqt (soat hisobida) mahsulotning ishlash muddati bo`lib, u tasodifiy miqdordir. Mahsulotning xizmat muddati mahsulotning chegaralangan reglament holatiga yetishi (chetki yeyilish) orqali aniqlanadi va uni resurs deyiladi. Resurs mahsulotning ruxsat etilgan xizmat muddati bulib, soat bilan aniqlanadi. Resurs tasodifiy emas, aksincha, mahsulotning ruxsat etilgan ish muddati bo`lib, uning chidamliligini belgilaydi. Mahsulotning puxtaligi umumiy xossaga ega bo`lib, buzilmasdan ishlash va chidamlilik tushunchalarini o`z ichiga oladi. Chidamlilik deb mahsulotning ishlashi mumkin bo`lgan chegarali holatiga yetishigacha o`z ish qobiliyatini saqlay olish xususiyatiga aytiladi.Bunda mahsulotni ekspluatasiya qilish davrida belgilangan texnik xizmat va ta'mirlash tizimi asosida uning ish qobiliyati saqlab turiladi. Mashinaning sifatini ekspluatasiya ko`rsatkichlaridan tashqari ta'mirlashda, tayyorlashda va ekspluatasiya davridagi tejamlilik, iqtisodiy va texnologiyaviylik ko`rsatkichlar tizimi aniqlaydi. Bulardan biri ish hajmidir, ya'ni normalin tensivlikda mehnat qilib mahsulotni aniqlanishiga aytiladi.Mahsulotning barcha detallarini tayyorlash uchun dastgohlarning yoki boshqa jihozlarning band bo`lish davomiyligini dastgohlarning ishlash vaqti aniqlaydi. Mahsulotni ta'mirlash yoki tayyorlash jarayonining boshidan oxirigacha ketgan vaqt intervaliga ishlab chiqarish sikli deb aytiladi. Sermexnatlik deb mashinani yoki uning bironta detalini ta‟mirlash yoki tayyorlash tehnologik jarayonlarini bajarish uchun sarflanuvch barcha vaqtlaryiġindisiga aytiladi. Sermexnatlilikka qarab ishchilar soni aniqlanadi. Serstanoklik deb dastgohlarni ma‟lum muddat (vaqt) ichida tayyorlagan maxsulotlar soniga aytiladi. Serstanoklik bóyicha dastgohlar soni aniqlanadi.Zamonaviy mashinalar yoki uskunalarni tayyorlash va barcha ishlab chiqarish jarayonini aniq, tashkil qilish uchun ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash (IChTJT) talab qilinadi.Umumiy va qismlari bo‟yicha yig‟ish texnologik sxemalarini tuzish (prof.V.M.Кovan)uslubi.V.M.Кovan uslubi bo‟yicha, texnologik sxemalarini tuzish uchun mashina va mexanizmlarning har bir detali va qismi shartli ravishda chizmada to‟g‟ri to‟rtburchak bilan belgilanadi va bu to‟g‟ri to‟rtburchak chiziqlar bilan uch bo‟lak xonachalarga ajratiladi.Xonachalarning birinchisiga detalning nomi (korpus, bolt, vint va h.k.) yoziladi; ikkinchisiga-yig‟ma chizmadagi tartib nomeri yoki detal inventar nomeri yoziladi; uchinchisiga yig‟ma chizmada bir xil shunday detallarning soni yoziladi Umumiy texnologik yig‟uv sxema tuzish. Buning uchun mashina, mexanizm yoki qismlarning konstruktor tomonidan chizilgan yig‟ilma chizmasi berilgan bo‟ladi. Texnolog o‟z navbatida bu berilgan chizmani sinchiklab o‟rganib chiqishi qo‟yilgan texnik talablariga mexanizmlardagi xizmat vazifalariga ahamiyat berishi kerak, detal va qismlarni yig‟ish ketma-ketligini aniqlab, sxemada qanday tartibda joylashtirib chizishni rejalashtirishi kerak. Sxema tuzish uchun ma‟lum formatdagi chizma yoki millimetrovkali qog‟oz ishlatiladi. Qog‟ozning o‟rtarog‟i va chap chetrog‟iga to‟g‟ri to‟rtburchak (baza detalni bildiruvchi) chiziladi, buning to‟g‟risiga - o‟ng chetiga yana to‟g‟ri to‟rtburchak (mashina, mexanizmni yig‟ilgan holatini bildiruvchi) chiziladi va shu ikkala to‟g‟ri to‟rtburchaklar o‟rtasi to‟g‟ri chiziq bilan birlashtiriladi. Texnologik yig‟uv sxemani tuzishda baza detalga yig‟ilma birliklarni ketma-ket birlashtirish tartibida sxemadagi to‟g‟ri chiziqning ustiga alohida detallar to‟g‟ri to‟rtburchagi, to‟g‟ri chiziqning pastiga еsa birinchi tartibli yig‟ilma birliklarning (uzellarning) to‟g‟ri to‟rtburchaklari joylashtiriladi Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling