Заголовок Lorem Ipsum


Download 149.31 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi149.31 Kb.
#1240758
  1   2   3   4
Bog'liq
SBHA-81 GURUH TALABASI Djumaniyazov Kudratbek Buxgalteriya Xisobi va audit (amaliy)

Toshkent Moliya instituti SBHA-81 guruh talabasi Djumaniyazov Kudratbek- -ning buxgalteriya xisobi va audit fanidan yozgan musta- - qil ishi

Mavzu: Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi)

Asosiy vositalarning amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisobga olishda quyidagi atama va tushunchalar muhim rol o‘ynaydi. Amortizatsiya – bu asosiy vositalarning amartizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati ichida yangi yaratilgan mahsulot ( ish, xizmat ) qiymatiga kiritish ( BXMS №5, p.9). Eskirish –bu asosiy vositaning belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya summasi. Amortizatsiyalanadigan qiymat - asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatidan ko‘zda tutilayotgan likvidatsion qiymatni chegirgandan keyin qolgan qiymat ( BXMS № 5, p.8). Likvidatsion qiymat - bu asosiy vositalarni foydali xizmat muddati oxirida likvidatsiya qilish chog‘ida vujudga keladigan aktivlarning ularni olishga ketgan likvidatsiya harajatlari chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymati( BXMS № 5,p.14). Asosiy vositalarni likvidatsiyasi natijasida olinadigan aktivlarga xom-ashyo va materiallar, inventarlar, ehtiyot qismlar, tovarlar sifatida tan olingan, baholangan va qabul qilingan moddiy boyliklar kiradi. Likvidatsiya harajatlari – asosiy vositalarni buzish uchun sarflangan moddiy, mehnatga haq to‘lash harajatlari, ijtimoiy sug‘urta organlariga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmat harajatlari majmuasi. Sobiq hisob ta’limoti va amaliyotida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini aniqlashda likvidatsion qiymat e’tiborga olinmas edi. BXMS № 5 «Asosiy vositalar» respublikada birinchi marta amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlashda asosiy vositalarni ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lgan likvidatsion qiymatini hisobga olish tartibini belgiladi. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish mumkin bo‘lgan miqdorini BXMS ga muvofiq, korxonaning o‘zi mustaqil asosiy vositalarni qabul qilib olish vaqtida belgilashi mumkin. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish majburiy hisoblanmaydi. Shuning uchun bu qiymat bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday holda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati bevosita uning boshlang‘ich qiymatidan iborat bo‘ladi.


BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy vositalarni yillik amortizatsiya (eskirish) summasi (As) qo‘yidagicha aniqlanadi: Qoldiq qiymat ko‘zda tutilgan asosiy vositalar bo‘yicha Boshlang‘ich qiymat – Likvidatsion qiymat As = ------------------------------------------------------------- (1) Xizmat muddati Qoldiq qiymat ko‘zda tutilmagan asosiy vositalar bo‘yicha Boshlang‘ich qiymat As = ------------------------------ (2) Xizmat muddati
Barcha asosiy vositalar bo‘yicha likvidatsion qiymatni belgilangan miqdorlari yoki ularni belgilanmaganligi ham korxonalarning buyruq bilan tasdiqlangan hisob siyosatlarida to‘liq o‘z aksini topishi lozim.
Hisob siyosatida asosiy vositalar bo‘yicha foydali xizmat muddati ichida jamlanib boruvchi amortizatsiyani (eskirishni) hisoblash usullari ham belgilab olingan bo‘lishi kerak.
BXMS №5 «Asosiy vositalar» ga muvofiq (p.23,24) jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash qo‘yidagi usullar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin:
Bir maromda hisoblash; Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash; Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash (kumulyativ usul); Kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash. Hisob siyosatida amortizatsiya (eskirish) ni hisoblashning u yoki bu usulini doimiy tarzda tanlab olish yoki har to‘rtta usulni bir vaqtning o‘zida u yoki bu asosiy vositalar bo‘yicha belgilab olish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu usullarni qo‘llashda amortizatsiya (eskirish) summasi turlicha bo‘lishi va u Soliq Kodeksida ko‘zda tutilgan bir maromda hisoblab chiqildan miqdordan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Shuning hisob siyosatida kam yoki ko‘p hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasini soliqga tortish jihatlari ham aniq belgilab olingan bo‘lishi lozim.
Amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash usullarining moxiyatini, ularning solik solish bazasiga ta’sirini qo‘yidagi misol asosida ko‘rib chiqaylik. Aytaylik, avtomashinaning boshlang‘ich qiymati – 1000000 so‘m, korxona tomonidan ko‘zda tutilgan likvidatsion qiymat – 100000 so‘m, xizmat muddati – 5 yil, yillik eskirish me’yori – 20%. Texnik pasportida xizmat muddati davrida ko‘zda tutilgan ish hajmi (soatlarda) – 10000 soat. Mashinaning haqiqatda ishlagan vaqti hisob ma’lumotlari bo‘yicha 1-yilda – 2000 soat, 2-yilda – 3000 soat, 3-yilda – 2500 soat, 4-yilda – 1500 soat, 5-yilda – 1000 soat.
Download 149.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling