Заголовок Lorem Ipsum
Download 149.31 Kb.
|
SBHA-81 GURUH TALABASI Djumaniyazov Kudratbek Buxgalteriya Xisobi va audit (amaliy)
Bir maromda hisoblash usuli Soliq Kodeksiga to‘liq muvofiq keladi. Yillik amortizatsiya (eskirish) summasining 1/12 qismi har oyda harajatlar schetiga kiritib boriladi va u foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shilmaydi. Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda, avvalom bor, bir yillik ish hajmiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) summasi topib olinadi. Bizning misolimizda u 90 so‘mga teng (900000 : 10000 = 90). Avtomobilning xizmat muddati yillarida haqiqatda bajargan ish hajmiga proporsionlal hisoblanadigan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat qo‘yidagicha bo‘ladi:
Ushbu usulda ko‘rinib turibdiki, yillik hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab turlicha bo‘lgan. 1-yilda hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi Soliq Kodeksida belgilangan me’yorga mos keladi va u soliq solish bazasiga qayta kirmaydi. 2-yilda me’yordagidan 90000 so‘m (270000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa ikkinchi yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 3-yilda me’yordagidan 45000 so‘m (225000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa 3-yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 4- va 5- yillardan me’yordan mos ravishda 45000 so‘m (135000-180000) va 90000 so‘m (90000-180000) amortizatsiya (eskirish) kam hisoblangan. Ushbu summalar mos ravishda 4- va 5- yillarda soliq solish bazasidan kamaytirilishi maqsadga muvofiq yoki kelgusi yillarda avtomobildan qo‘shimcha ishlatishda soliq solish bazasiga 2- va 3- yillarda qayta kiritilgan 135000 so‘m (90000+45000) miqdorida amortizatsiya (eskirish) summasi soliqga tortilmasligi kerak. Yuqoridagi hol mavjud bo‘lganda soliqga tortilmaydigan amortizatsiya (eskirish) summasi miqdori asoslangan holda hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda xizmat yillari yig‘indisi topib olinadi va ularning hissasi teskari holda belgilanadi. Bizning misolimizda xizmat yillari yig‘indisi 15 ga teng (1+2+3+4+5). Yillar hissasi: 1- yil uchun - 5/15; 2- yil uchun - 4/15; 3- yil uchun - 3/15; 4- yil uchun - 2/15; 5- yil uchun - 1/15. Ushbu usulda hisoblangan va jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat xizmat yillari ichida qo‘yidagicha bo‘ladi:
Download 149.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling