Buxgalteriya hisobning milliy standartlari. Bxms asosida schotlar rejasi va ularning qo’lanilishi(bxms-21)
Download 2.66 Mb.
|
1 2
Bog'liqbxmss
Buxgalteriya hisobning milliy standartlari. BXMS asosida schotlar rejasi va ularning qo’lanilishi(BXMS-21)O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (BHMS №21) “XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI BUXGALTERIYA HISOBI HISOBOTLAR REJASI VA UNI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan qabul qilingan «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ning (№21-BHMSning 1-ilovasi) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi» 6ta qism va 9ta bo‘limdan iborat bo‘lib,1-8-bo‘limlar doimiy yoki balans schotlari so‘ngra 9-bo‘lim tranzit (vaqtinchalik) schotlar va alohida 6-qism balansdan tashqari schotlardan iborat. Doimiy schotlar deb nomlanishiga sabab, ular har hisobot davrining oxirida yopiladigan tranzit schotlardan farqli hamma vaqt qoldiqqa ega bo‘ladi. Doimiy schotlar balansda ko‘rsatiladi va shuning uchun ular balans schotlari deb ham ataladi. Bularga aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schotlar kiradi. Doimiy schotlarga aktiv, passiv va kontrar (kontr-aktiv va kontr-passiv) kiradi. Aktiv schotlar-bu aktivlarni aks etirishga moljalangan schot bolib unda iqtisodiy resurslarning qoldig’i va kopayishi schotning debetida kamayishi esa kridit bo’yicha aks etiriladi . Passiv schotlar-bu majburiyat va sarmoyani aks etirishga mo’ljallangan schot bo’lib unda majburiyat va sarmoyaning qoldig’I va ko’payishi schotning kriditi bo’yicha kamayishi esa debetda aks etiriladi . Doimiy schotlar- bu xisobot davri oxirida saldoga ega bo’lin buxgalteriya balansida aks etiriladgan aktivlar majburiyatlar sarmoyalar schyotidir Kontr aktiv schotlar-bu u bn bo’g’liq bolgan aktiv schotning schotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. Kontr passiv schotlar- bu u bn bo’g’liq bolgan passiv schotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruchi schyotdir Tranzit schyotlar- bu xisobot davrida foydalaniladigan lekin yopiladigan moliyaviy natijalar togrisidagi xisobotda aks etiriladigan hisobot davri oxirida qoldiqqa ega bo’lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotidir. Balansdan tashqari schyotlar- bu korxonaga qarashli bo’lmagan lekin vaqtinchalik tassarufida bolgan aktivlarning mavjudligi va xarakati xuquqlar va majburiyatlar xaqidagi axborotni umumlashtirishga mo’ljalangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o’zaro bog’lanmaydi va korxonaning hisobotida aks etirilmaydi Moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya xisobi schotlar rejasi moliyaviy hisobot elementlariga movofiq guruxlashtirilgan moliyaviy xisobot elementlarining yigindisini tashkil etadi: 1.Aktivlar 2.Mjburiyatlar 3.Kapital 4.Daromadlar 5.Xarajatlar Xo’jalik subyektlari moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya xisobi schotlar rejasi asosida xo’jalik operatsiyalari boyicha buxgalteriya xisobining ishchi schotlar rejasini tuzadilar va shu xo’jalik yurituvchi subyektning xisob siyosatida aks etiradi Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya xisobi schotlar rejasini qo’llash boyicha Yo’riqnoma xo’jalik operatsiyalarini xo’jalik yurituvchi subyektlarning schotlarida buxgalteriya xisobi yuritish qoidalariga muvofiq aks ettirish tartibini belgilab beradi Mazkur standart mulkchilik shaklidan qatiy nazar xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan, byudjet tashkilotlari, sug’urta tashkilotlari, banklar va boshqa kridit tashkilotlaridan tashqari ijro etilishi majburiy hisoblanadi. Schotlar rejasini qabul qilish va amaliyotda qo‘llash mamlakatimizda buxgalteriya hisobini xalqaro tan olingan hisob amaliyoti bilan yaqinlashtirish bo‘yicha faol va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish alohida dolzarb hisoblanadi Hukumat tomonidan O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi moliyaviy axborotlarni shakllantirish jarayonlarini sezilarli darajada o‘zgartirish zaruratini belgilab berdi. Buning natijasida milliy buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy hisobot xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish uchun yaroqli ma’lumotlarni tayyorlash, eng kamida ushbu standartlar asosida olingan ma’lumotlar bilan taqqoslashni ta’minlaydi Schotlar rejasi xos raqam (kod) belgilaridan foydalangan holda nazoratni amalga oshirish va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida korxona mulklari va kapitalining joriy buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ishlatiladigan, ilmiy asosda guruhlangan va bir tizimga solingan schotlar ro‘yxatidir. Schotlar rejasining tuzilishi schotlarni iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turkumlashga asoslanadi Schotlarga xos raqam berilishi (kodlashtirilishi) dastlabki hujjatlarga ishlov berishni tezlashtiradi. Hujjatlarga belgi qo‘yishda ularga debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlarning nomlari o‘rniga korrespondensiyalanuvchi schotlarning xos raqamlari ko‘rsatiladi SCHOTLAR REJASI 1-qism Uzoq muddatli aktivlar 2-qism Joriy aktivlar 3-qism Majburiyatlar 4-qism Xusisiy kapitlal 5-qism Moliyaviy natijalarnining shakilanishi ishlatilishi 6-qism Balansdan tashqari schyotlar 1-bo’lim Asosiy vositalar nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar 2-bo’lim Tovar va moddiy zaxira 3-bo’lim Kelgusi daavr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar-joriy qism 4-bo’lim Olinadigan schyotlar-joriy qism 5-bo’lim pul mablag’lari qisqa muddatli invistitsiyalarva boshqa joriy aktivlar 6-bo’lim Joriy majburiyatlar 7-bo’lim Uzoq muddatli majburiyatlar 8-bo’lim Kapital taqsimlanmagan foydava rezervlar 9-bo’lim Daromadlar va xarajatlaar
Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling