Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi erkayev Jasur bia-80


Download 115.26 Kb.
bet1/5
Sana31.03.2023
Hajmi115.26 Kb.
#1313852
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BANKLARDA BALANSDAN TASHQARI OPERATSIYALAR HISOBI

BANKLARDA BALANSDAN TASHQARI OPERATSIYALAR HISOBI

Erkayev Jasur BIA-80


1. Tijorat banklarida balansdan tashqari hisobvaraqlari tavsifi, ularning mazmuni va mohiyati
2. Tijorat banklarida kredit va lizing operatsiyalarga doir balans-dan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar
3. Banklarda qimmatbaho buyumlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarni balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinishi
Reja:
Yo.Abdullaev, T.Qoralievlar balansdan tashqari hisobvaraqlarga quyidagicha ta’rif bergan: “Balansdan tashqari moddalar balans aktivlari va passivlariga aloqasi bo‘lmagan boyliklar, hujjatlar, topshiriqnomalarni hisobga olish maqsadida qo‘llaniladi”. Ushbu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki balansdan tashqari hisobvaraqlarda bank balansiga aloqador bo‘lmagan operatsiyalar hisobga olinadi.
Korobova G.G.ning fikricha, balansdan tashqari hisobvaraqlar qat’iy hisobda turuvchi blankalar va qimmatli qog‘ozlar, to‘lov hujjatlari, kredit, lizing va xalqaro operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni hisobga olishga mo‘ljallangan, ya’ni balansning aktivi yoki passiviga kiritilishi mumkin bo‘lmagan qiymatliklar va hujjatlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgustda 773 17-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007 yil 17 iyuldagi 15/3-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining oxirgi 6 bo‘limi “Ko‘zda tutilmagan holatlar” deb ataladi. Bank balansining mazkur bo‘limida bank tomonidan barcha turdagi balansdan tashqari hisoblari amalga oshiriladi va aks ettiriladi.
1. Tijorat banklarida balansdan tashqari hisobvaraqlari tavsifi, ularning mazmuni va mohiyati
Bankning balansdan tashqari hisobvaraqlarida quyidagilar aks ettiriladi:
• to‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar;
• hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar; bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari;
• savdoga oid moliyalashlar;
• aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari; • bankning kredit va lizing majburiyatlari;
• qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari;
• hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaktsiyalar; • qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muddatli bitimlar;
• saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar;
• garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining 17.01.2011 yildagi №773-29-son o‘zgarishiga asosantijoratbanklariningko‘zdatutilmaganholatlarbo‘yichahisobvaraqlari
quyidagilardan iborat;
• 90100 To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilinganbanknot va tangalar;
• 90300 Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar;
• 90400 Bankning plastik kartalari, terminallari,bankomatlari va infokioskalari;
• 90900 Savdoga oid moliyalashlar;
• 91500 Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari; • 91800 Bankning kredit va lizing majburiyatlari;
• 91900 Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari;
• 92700 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaktsiyalar; • 92800 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muddatli bitimlar;
• 93600 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar;
• 94500 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar;
• 95400 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari; • 96300 Ko‘zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari.
Inkassatsiya qilingan pul tushumini qayta sanash vaqtida yoki taftish,
tekshiruv va boshqa hollarda ularning to ‘lovga yaroqliligiga shubha tug‘diradiganpul va tangalar ham aynan shu hisobvaraqqa kirim qilinadi.

Download 115.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling