1. Banklarining vositachilik operatsiyalarning tamoyil va funksiyalari
Download 122.78 Kb.
|
Kurs ishi..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Banklarining vositachilik operatsiyalarning tamoyil va funksiyalari 2.Tijorat banklari vositachilik operatsiyalarning shaklanishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Banklarning vositachilik operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida KURS ISHI TOSHKENT -2023 Kirish 1. Banklarining vositachilik operatsiyalarning tamoyil va funksiyalari 2.Tijorat banklari vositachilik operatsiyalarning shaklanishi 3.Tijorat banklarning vositachilik operatsiyalarini takomillashtirish XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Bank deb, pul mablaglarini yig`uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.Banklar paydo bo`lishining asosi bo`lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo`lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo`lishini taqazo etadi.Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o`z bo`sh turgan mablag`laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag` zarur bo`lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.Bank so`zi italyancha «banka» so`zidan olingan bo`lib, «stol», «pullik stol» degan ma`noni anglatadi, chunki o`rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo`yib hisob-kitob qilganlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlaming moliyaviy xizmatlarga bolgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalami bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring, kredit - ijara (lizing), kontokorren(overdraft), forfeyting, trastkabi operatsiyalami kiritish mumkin.Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi. Birinchisi, faktor - vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bolimi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmatko'rsatuvchi), faktor - vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.Mijoz sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bolgan pul mablag'ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor - vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo'yicha shartnoma tuzadi. Faktor - vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, malum komission tolov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarga tolovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor - vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablaglami tolash bilan bogliq tolov hujjatlami komission tolov asosida “sotib oladi”.Faktor - vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo'yicha faktor - vositachi tomonidan mijozga tolagan summani tolay olmasa, ushbu zarar faktor - vositachining gardaniga tushadi.Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalami vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilami talddlash mumkin: - sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarga tolashi lozim bolgan mablaglami o'z vaqtida tolash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi; - tovar sotuvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablaglarga bolgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi - banklaming moliyaviy mablaglardan samarali foydalanish hisobiga qo'shimcha foydani shakllantirishga bolgan ehtiyojining mayjudligi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit - ijara (lizing)murakkab savdo - moliya - kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit - ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlami ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalami moliyalashtirish va ta’minotni faollashtirish hisoblanadi.Kredit - ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi: - ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bolajak lizing beruvchiga tegishli mashina va jihozlami sotuvchi yuridik shaxs; - lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlami sotib oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan malum muddatga va tolov evaziga mashina va jihozlami lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida etarli darajada moliyaviy mablag'ga ega bolgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi; - lizing oluvchi, lizing shartnomasiga malum muddat va tolovga asosan mashina va jihozlami oluvchi shaxs.Banklaming noa’anaviy operatsiyalaridan birikontokorrent operatsiyalari hisoblanadi. Kontokorrent operatsiyalarda mijozlaming banklardagi talabqilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaribo'yicha malum miqdorda debet qoldiq (overdraft) qolishigaruxsat beriladi. Albatta, bu iqtisodiy jarayon bank va mijozo'rtasida tegishli shartnoma asosida rasmiylashtiriladi,kontokorrent shartnomasiga binoan mijozning talab qilibolinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridam ablaglar mayjud bolmagan holda, unga tolovlamiamalga oshirish uchun tegishli summani debet qoldig'ihisobidan o'tkazilishiga yol qo'yiladi.Kontokorrent(overdraft) operatsiyalarida mijozningtalab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragl-ning aktiv qismida qolgan qoldiq asosida bank hisobigategishli foiz hisoblanadi. Mijoz tomonidan sotilgan tovarlarva ko'rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablaglaruning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozithisobvaragl tushishi orqali debet qoldiq (overdraft)summasi yopiladi. Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar vakompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatga, juda kattamiqdordagi moliyaviy mablaglami tolashda qollaniladiganoperatsiyalar hisoblanadi. Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagikabi uch tomon ishtirok etadi. Birinchisi, mol etkazibberuvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi,vositachi - bank yoki moliyaviy muassasa. Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalari-dan asosiy farqi sifatida ushbu operatsiyalar uzoqmuddatga (6 oydan 5 - 6 yilgacha) va yirik summalargatuzilishini talddlash mumkin. Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotibolish ma’nosida qollaniladi, uni so'ndirish tovar va xizmatlari sotib olish jarayonida kelgusida yuz beradi. “aforfait” so‘zi frantsuzchadan vujudga kelgan bolib,“huquqdan voz kechish” ma’nosini anglatadi. Forfeytingdapul mablag'ini olishga talabgor bolgan sotuvchiotkaziladigan veksel inodassamentiga 81 “tolovni qaytarishshartisiz” so'zini qayd etish orqali tolov regressidan 82 o'zinihimoya qiladi. Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirikeksporterlar hisoblanib, ular vekselni tolov hujjati sifatidaaktseptlab sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlamingsummasini diskont asosida zudlik bilan tolash hisobigabarcha risk va majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga(ya’ni vekseldagi summani tolab beruvchi va o'zida qaydetib boruvchi bankka) o'tkazadi. Agar importer birinchi darajali tolov qobiliyatiga vayuqori moliyaviy mavqiega ega bolmasa, har qandayforfetterlangan qarz summa aval83 shaklida kafolatlanganyoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bolishilozim. Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfetkrediti berilayotgan toliq muddatga diskont asosidaforfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi. Eksporter forfet krediti bo'yicha hech qanday majburiyatnio'ziga olmaydi, faqatgina u jo'natayotgan tovarlar vakoVsatilayotgan xizmatlarning sifati va tuzilayotganhujjatlaming qonuniyligi hamda haqoniyligini ta’minlashgamas’ul hisoblanadi.Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQShningBoing samolyotini ishlab chiqaradigan kompaniya bilanyirik avikompaniyalar o'rtasidagi o'zaro oldi - sotdilamikeltirish mumkin. Chunki, boeng samolyotlarining bahosijuda yuqori bolishi aviakompaniyalarga ushbumablaglami birdan tolash imkoniyatini bermaydi, biroq o'znavbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishlitolovni ololmagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlabchiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashdamuammolar vujudga keladi.Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: -vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish; -korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; -iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; -moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; -iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir.Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni aktiv, passiv, depozit, nodepozit va boshqa operatsiyalarga bo`lish mumkin.Bank resurslarini shakllantirish bilan boglik bo`lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol uynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo`lgan resurslarini tashkil etadi.Passiv operatsiyalar asosan quyidagi shaklga ega: 1. Qimmatli qog`ozlarni muomilaga chiqarish yo`li bilan resurslar yig`ish 2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar so`mmasini oshirish 3. Boshqa kreditorlarning mablaglarini jalb qilish 4. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish Tijorat banklarining resurslari bankning o`z mablag`lari, jalb qilingan va emitentlashgan mablag`lar hisobidan shakllanadi. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning dastlabki ikkitasida banklarning o`z mablag`lari yuzaga keladi va qolgan ikki shaklida kredit resurslarining jalb qilingan resurslar qismi yuzaga keladi.Banklarning o`z mablag`lariga – ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar (moddiy rag`batlantirish va boshqa tashkil etilgan fondlar) va taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning keyingi yillar balanslarida o`z mablag`lari tarkibida aksiyalar bo`yicha emissiya ustamasi, asosiy vosita va chet el kapitalini qayta baholash so`mmalari ham o`z aksini topgan.Amaliyotda bank passivlarining 20 foiziga yaqini banklarning o`z mablag`lariga to`g`ri keladi. Bank o`z mablag`lari ichida asosiy o`rinni bank ustav kapitali egallaydi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarilishining asosi bo`lib xizmat qiladi va u banklar tashkil qilinganda moddiy va pul mablag`laridan tashkil topadi. Bank kreditlari hamda chetdan boshqa pul mablag`larini jalb qilib uni tashkil qilish mumkin emas. Shu kabi banklarni zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydaga tegishli manbalar hisobidan shakllanadi va sarflanadi.Jalb qilingan mablag`lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bo`larga depozitlar, shuningdek kontokorrent va vakillik hisob varaqlaridagi mablag`lar kiradi.Banklarning emitentlashgan mablag`lari. Banklar mijozlar mablag`laridan yetarli darajada o`zroqroq foydalanishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo`li bilan o`z resurslarining miqdorini ko`paytirib boradilar.Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog`liq operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi. Banklarni aktiv operatsiyalarida asosiy o`rinni ularning kredit operatsiyalari egallaydi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag`larini bankga jalb qilish bilan bog`liq operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining 90 foizgacha passivlari tashkil qilinishi mumkin.Depozit operatsiyalarining suyektlari bo`lib bir tomondan tijorat banklari, ikkinchi tomondan korxona, tashkilotlar, moliya, sug`urta, investitsion va trast kompaniyalari, xususiy korxonalar, qo`shma, xissadorlik korxonalari, jamoa tashkilotlari, alohida jismoniy shaxslar hisoblanadi. Depozit operatsiyalarining obyekti bo`lib extiyojdan ortiqcha pul mablag`lari (quyilmalari) hisoblanadi.Pul quyuvchilarning toifasiga ko`ra depozitlar bo`linadi: - yuridik shaxslar (korxona, tashkilotlar va boshqalar) quyilmalari - jismoniy shaxslar quyilmalari Mablag`larni olish shakliga ko`ra depozitlar bo`linadi: - Muddatli depozit mablag`lar - Talab qilib olgunga qadar depozit mablag`lar - Aholini jamg`arma mablag`lari Muddatli depozit mablag`lar bo`linadi: - 3 oy muddatgacha - 3 oydan 6 oygacha - 6 oydan 9 oygacha - 9 oydan 12 oygacha - 12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag`lari Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankga utkazish, shu bilan birga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (mablag`larni bir bankdan ikkinchi bankga o`tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan. Masalan «A» bankdan dastlabki depozit 1000 birlikni tashkil etsa uning 20 % majburiy zahira sifatida Markaziy bankga o`tkazilsa bankni kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bankda depozitga aylanishi mumkin. Jumladan, ushbu berilgan kredit so`mmasi «B» bankning mijozi bo`lgan mahsulot yetkazib beruvchining hisob varag`iga sotuvdan tushum shaklida kelib tushadi. Bunda A bankning krediti B bankda depozitni vujudga keltiradi. B bank bu depozitdan kredit beradigan bo`lsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda uning miqdori 640 (800 – 160) birlikka teng bo`ladi.Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb tijorat banklarining yirik pul bozorlaridan pul mablag`larini jalb qilish, qimmatli qog`ozlar, obligatsiyalarni muomilaga qo`yish yo`li bilan mablag`larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi. Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag`larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllariga quyidagilar kiradi: - Banklararo bozordan qarz olish - Qimmatli qog`ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish (Repo operatsiyalari) - Bank akseptlarini sotish - Tijorat qog`ozlarini chiqarish - Yevro – dollarlar bozoridan qarz olish - Kapital notalar, obligatsiyalar chikarish va boshqalar Nodepozit operatsiyalar bozorda raqobatchilik asosida, vasitachilar (brokerlar) orqali sotib olinadi. Bunda birinchidan mablag`larni sotib olish g`oyasi bankning o`ziga tegishli, ikkinchidan bu g`oya bankning biror – bir mijozi bilan bog`liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish xuquqiga ega bo`lgan yirik banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablaglar yirik miqdorda sotib olinadi. Tijorat banklarining boshqa operatsiyalariga bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalarini kiritish mumkin. Bunda banklar mijozning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul utkazish bilan bog`liq. Shunday operatsiyalardan biri bo`lib faktorning (inglizcha vositachi) operatsiyasi bo`lib bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish qiymatining 80 foizi shu zahoti to`lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib to`lash sharti bilan sotib oladi. Vositachilik operatsiyalarining biri bo`lib trast (inglizcha ishonchli) operatsiyalari hisoblanib u mulkka egalik qilishning eng tarqalgan shakli – aksiya, obligatsiya va pul mablag`larining bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikga (shaxsga) o`tkazishni banklar orqali amalga oshirishni bildiradi. Bu mijoz bilan kelishilgan holda uni mablag`larini boshqarish ishonchini qulga kiritishdir.Banklar trast operatsiyalarining nafaqat jismoniy shaxslar bo`yicha balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar.Jismoniy shaxslar uchun trast bo`yicha merosni boshqarish ishonch va vosiylik bilan bog`liq operatsiyalar bajariladi. Shunday operatsiyalarga tratta (italiyancha utkazma veksel) operatsiyalarini ham kiritish mumkin. Bu kreditorning qarzdorga (odatda bankga) yozma buyrug`i. Bu tashqi savdodagi hisob – kitoblarda qullanilib unda bankning uchinchi shaxs (takdimchi) ga yoki trattani taqdim etganga muayyan so`mmani to`lash ko`rsatiladi.Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida “O`zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqaradi”- deyilgan. Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari O`zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to`g`risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunlar hamda banklar faoliyatiga tegishli boshqa me`yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Jumladan, “Markaziy bank to`g`risida”gi Qonunning 55-moddasida – “Markaziy bank va banklar bir-biri bilan bo`lgan majburiyatlari bo`yicha mas`uldir, agar ular o`ziga tegishli boshqa majburiyat olmagan bo`lsa” -deyilgan.Qonunning 56-moddasiga ko`ra Markaziy bankga banklardan depozitlar qabul qilib hisobvaraqlar yuritishga ruxsat berilgan.Qonunning 57-moddasida –“Markaziy bank banklarga banklararo hisob-klering xizmatini tashkil etishda ko`maklashadi”- deyilgan.Qonunning 58- moddasida –“Markaziy bank bank tizimi uchun axborot tarmog`ini tashkil etadi”- deyilgan. Markaziy bank o`z vakolati chegarasida tegishli tashkilotlar bilan statistik ma`lumotlarni to`plash, ishlov berish va tarqatish qoidalari va amaliyoti bo`yicha kelishuvlarda ishtirok etadi.Qonunning 59-moddasiga binoan Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldig`ni va boshqa aktivlari hisobiga talablarni qondirish ustunligi belgilangan va o`zaro munosabatlarga bag`ishlangan Qonunning 60-moddasida- “Markaziy bank qarori va harakati qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilininshi mumkin”- deyilgan.Shu kabi “ Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunning 44-moddasida Markaziy bank banklar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi deyilgan.Markaziy bank banklardan axborotlarni talab qilish va ushbu Qonunni bajarilishi yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.Tijorat banklari faoliyatini Markaziy banklari tomonidan nazorat qilish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bankning muhim rol o`ynashi bilan asoslanadi, chunki u iqtisodiyot bilan bank tizimi o`rtasida vositachi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Bank nazorati ikki maqsadni : 1. Mijozlar manfaatini har xil mumkin bo`lgan zararlardan himoya qilish; 2. Xatarlarni oldini ola turib moliyaviy bozorning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan. Markaziy bank tijorat banklar faoliyatini nazorat qilishi quyidagilarda ko`riladi: 1. Bank faoliyatini olib borishda litsenziyalar berish. 2. Banklar hisobotlarini tekshirish. 3. Joylarda tekshirishlar o`tkazish. 4. Bank operatsiyalarini bajarishda tegishli me`yorlarga rioya qilishnishi. Markaziy bank to`lov, hisob-kitob munosabatlarini tashkil qilish funksiyasini bajara turib moliya va to`lov tizimini barqarorligini ta`minlash, to`lov tizimini samarali bo`lishiga erishish, pul-kredit siyosatini o`tkazish kabi masalalarni hal qilishni o`z oldiga qo`yadi. Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog`onali bank tizimi bo`lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog`ini o`z ichiga oladi. Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi: - Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish - bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o`tkazilishi bilan mos kelishi - bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo`li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish - pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish - banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar. Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bo`lish mumkin: Birinchi davr – bu O`zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo`lgan davrdagi bank tizimi Ikkinchi davr O`zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi. Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o`z ichiga олади: - Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib bunda oldingi mavjud bo`lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos keluvchi tarmoq banklari, o`lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko`rsatgan. - Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to`g`ridan-to`g`ri kreditlashga o`tdi. Bunda banklar xalq xo`jaligi sohalari bo`yicha tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug`ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan. - Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bunda mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank - Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xo`jaligining barcha sohalariga (qishloq xo`jaligiga o`zoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Qurilish banki kapital quyilmalar bilan boglik operatsiyalarni bajargan. Tashki savdo banki mamlakatning eksport-import operatsiyalarini bajargan. - Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bo`lib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir qatorda ko`plab maxsus tarmoq banklari tashkil etildi. Bu davr bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ikki pog`onali bank tizimiga o`tish bilan ham bog`liq. Xalqaro amaliyotda ikki pog`onali bank tizimi Vengriyada 1987 yilda, SSSRda 1988 yildan, Polshada 1989 yildan, Bolgariya, Ruminiya va Chexoslavakiyada 1990 yildan joriy etilgan. Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini yig`uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag`larini samarali ishlatish asosida o`z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta`minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a`zolari farovonligiga zamin yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug`ildi. Download 122.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling